San'atdagi ulug'vorlik teatr, kino va badiiy adabiyotdagi fojiaviylik bilan yonma-yon turadi. Bunday ulug'vorlik badiiy mazmun va shaklning barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g'oya o'ynaydi. Muhim ahamiyatli g'oya yuksak ruhlangan, mukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib, san'at asari darajasining yuksakligini belgilab beradi.
Tubanlik — insonda kuchli nafratlanish tuyg'ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir. Tubanlik mohiyatan insonga xos bo'lib, uning faoliyatida namoyon bo'ladi. Tabiatda tabiat, hayvonot va nabotot olamida uchramaydi. Tubanlik inson fe'1-atvoridagi yovuzlik maylining qo'zg'alishi natijasida yuzaga keladi.