1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati haqida ma’lumot bering? “Falsafa” tushunchasi yunoncha



Yüklə 15,62 Kb.
tarix07.05.2023
ölçüsü15,62 Kb.
#109163
1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati haqida ma’lumot


1.Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati haqida ma’lumot bering?
FALSAFA” tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‗zlaridan kelib chiqqan bo‗lib, mazkur atamaning dastlabki ma‘nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so„zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an‟analar orqali) avloddan avlodga o‗tuvchi bilim bilan inson o‗z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‗li orqali olishi mumkin bo‗lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Falsafa,avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqelikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Chunki behuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo‘lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro‘y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid’at va cheklanishlarga muxolif bo‘lgan hurfikrlikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo‘ldi. “Falsafatushunchasitorva kengma’nolarda qo‘llanadi.Xususan, keng ma’nodauni antik qadimiy falsafada «donishmandlikni sevish» deb, tor ma’nodamadaniyat, san’at, aqliy yoki hissiy bilish usuli, vositasitarzida ta’riflanadi.

2. Dunyoqarash va uning tarixiy turlari haqida nimalarni bilasiz?
Dunyoqarash - bu insonni o’rab turgan dunyo va uning unda tutgan o’rniga nisbatan
qarashlar majmuidir. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson
dunyoqarashini kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o’zini o’zi tashkil etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq
tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki,
tarixiy tiplari farqlanishiga olib keldi.
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo’lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko’nikmalar, tajriba vaoddiy bilimlar to’planishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga o’tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, to’plangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» etilgach,
boshqa har qanday murakkab tizimda bo’lganidek, dunyoqarashda ham o’zini o’zi tashkil etish
qonunlari amal qila boshlagan.

3. Falsafa fanining predmetiga ta’rif bering?
Falsafa predmeti uning rivojlanish davri mobaynida uzluksiz o’zgarib turgan, asosiy masala esa o’zgarishsiz qolgan, degan fikr real asoslardan xoli emas. Falsafa muammolari uning predmeti bilan belgilanadi. Ma‘lumki, falsafa predmeti tarixiy rivojlanish jarayoni mobaynida sezilarli darajada o‗zgargan. Falsafiy fanlarning har biri:
ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika, mantiq, siyosatshunoslik, falsafa tarixi ham o‗z alohida
predmetiga ega. Shu tufayli ham falsafa predmetini faqat o‗ta abstrakt tushunchalar yordamida belgilash mumkin. Shu ma‘noda «dunyo – inson» munosabatlari tizimidagi umumiylik falsafaning predmeti hisoblanadi, degan fikr mazkur talablarga javob beradi. Endi «Falsafa nimani o„rganadi?», degan savolni berishimiz mumkin. Insonda bilishga qiziqish uyg’otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‗ziga ma‘lum bilimlar va tajribaga, muayyan e‘tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‗diradigan har qanday ob‘ektiv va sub‘ektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson o‗z qiziqishi ob‘ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‗lishi mumkin bo’lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. Shu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to’g’risida so’z yuritish mutlaqo o’rinli bo’ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.

Yüklə 15,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin