Тадқиқот объекти олам унинг барча кўринишлари оламдаги нарса ва ходисалар. Илмий тадқиқот жамият тараққиёти талабларидан келиб чиқади ва уни муайян ижтимоий эхтиёж ва манфаатларни қондиришга йўналтирилган бўлади. Илмий тадқиқот билан бир қаторда илмий билиш воситалари ва усуллари ҳам ишлаб чиқилади.
ТАдқиқотчи илмий изланиш фаолиятининг ўзига хос жихатлари
1. бу жараён тадқиқот мавзуини аниқлаш ва тадқиқот объектини танлашдан бошланади.
2. Ўз фаолият мақсадини аниқ белгилашни талаб этади.
3. илмий муаммо доирасидан ташқарига чиқмаслик талаб этилади
4. илмий изланиш аввалнги илмий изланишларнинг асосига курулмоги лозим
5. фан доирасида илмий мактаб вакиллари томонидан ишлаб чиқилган илмий терминлардан фойдаланиш
6. илмий изланиш натижаларини илмий хисобот илмий маъруза макола рисола дис. Шаклларида расмийлаштириш
9.Ilmiy tadqiqotning asosiy ko`rinishlari.
Илмий тадқиқотнинг 2 асосий кўриниши мавжуд.
Индивидуал илмий тадқиқот
ЖАмоавий илмий тадқиқот
Алоҳида инсон (тадқиқотчи олим)нинг илмий изланишлари и Индивидуал илмий тадқиқот ҳисобланади. Фан шаклланишининг дастлабки босқичларида илмий изланиш индивидуал характерга эги бўлган. Жамоавий илмий тадқиқотда илмий қарашлардаги хилма хиллик баъзан қарама қаршиликларни мавжудлиги тадқиқотчидан асосланган ўз нуқтаи назарига эга бўлиши ва бу ҳолатнинг илмий жамоа томонидан эътиборга олинмоги талаб этилади.
10. Ilmiy tadqiqotda tafakkur uslubi. Tafakkur uslubining asosiy ko`rinishlari.
Tafakkur-fikr yuritish, (fikrlash)-ob`ektiv olamning inson ongida aks etishi. Tafakkurlash jarayonida insonda olam haqida fikr (mulohaza, faraz) kabilar shakllanadi.
Tafakkur uslubi – olamni, undagi narsa, hodisa, jarayonlarni anglash (bilish) usuli.
Tafakkur uslubi deganda sezgi va aqliy organlarning ko`rsatishlariga asoslangan holda voqelikni vositali in`ikos etish nazarda tutiladi.
Tafakkur uslubi 3 (uch) shaklda namoyon bo`ladi:
oddiy (kundalik) tafakkur; 2 ilmiy (professional) tafakkur; 3falsafiy tafakur.
Oddiy (kundalik) tafakkurlash uslubi. Inson o`z ongida narsalar olamini majhul empirik dalillarga tayangan holda so`z va jumlalalr orqali aks ettiriladi.
Ilmiy (professional) tafakkur uslubi. Inson voqea, hodisa, jarayonlar haqida muayyan ilmiy tamoyillar, g`oya, nazariyaga tayangan holda fikr yuritadi.
11.Falsafiy tafakkur uslubi, uning asosiy ko`rinishlari.
Falsafiy tafakkurlash uslubi. Inson moddiy olam, uning rivojlanish qonunlarini anglab olishda muayyan dunyoqarash va metodologik prinsiplarga aoslanadi.
TAFAKKUR USLUBINING TARIXIY SHAKLLARI
Sofistik taffakkur. Dogmatik taffakkur. Metafizik taffakkur. Eklektik taffakkur. Dialektik taffakkur. Sinergetik taffakkur. Formal-mantiqiy taffakkur.
Sofistik taffakkur uslubi qadimiy Yunonstonda shakllangan. Mohir, so`zamollar, donishmandlar sofistlar deya atalgan.
Sofistik tafakkur salbiy ma`noda ham qo`llanilgan. Sofistika atamasi, Forobiy ta`kidlashicha, “suf” (donolik) hamda “istiyas” (yolg`on) so`zlaridan olingan bo`lib, “soxta donolik” ma`nosini anglatadi. Bunday tafakkur insonni to`g`ri yo`ldan adashtiradi. Mantiq qonunlariga qat`iy rioya etish insonni sofistika(safsatabozlik)dan ozod qiladi. (Forobiy)
Metafizik taffakkur uslubi. Metafizika real voqelikidagi alohida narsalar haqida ko`p materiallar to`plash imkonini beradigan metod. Tabiatdagi narsalarni mukammal o`rganish, ularning mohiyatini chuqur anglash – metafizik tafakkur uslubining ijobiy tomonini tashkil qiladi. Uning asosiy kamchiligi tabiaatdagi narsa va hodisalarni bir-biridan ajralgan va harakatsiz holda olib qaraydi.
Dogmatik taffakkur uslubi. Bilimning biror bir tomoni, xususiyatini mutlaqlashtirish, unga ortiqcha baho berish – dogmatika deyiladi. Bu tafakkur uslubida voqelikdagi, ilm-fandagi o`zgarihlar inobatga olinmaydi; u yoki bu qarashlar mutlaqlashtiriladi. Bu aqidaparaslikda o`z ifodasini topadi.
Eklektik taffakkur uslubi. Eklektika yunoncha so`z bolib, “tanlayman” degan ma`no anglatadi. Bu tafakkur uslubida ob`ektga xos muhim va muhim bo`lmagan, asosiy va ikkinchi darajali xossa-xususiyatlar o`rtasidagi farq inobatga olinmaydi.
Dialektik taffakkur uslubi. Olamni qanday bo`lsa shundayligicha o`zgarishni, bunda 2 (ikki) narsani hisobga olishni talab qiladi. Birinchidan, narsa, hodisa, jarayonlarda uzluksiz kechadigan harakat, o`zgirish, taraqqiyotni; ikkinchidan, ular o`rtasidagi
aloqa–munosabatlarni hisobga olishni talab qiladi.
Sinergetik taffakkur uslubi. Har qanday eski tizim yangi tizim bilan almashinar ekan, beqarorlik, tartibsizlik (haos) holati yuz beradi. Bunday holatda qandaydir tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi, narsa va hodisani kutilmagan tomonga o`zgarishi mumkinligini inobatga olish talab qilinadi.
Formal-mantiqiy taffakkur uslubi. Ilmiy bilishdan ko`zda tutilgan maqsad – chin, ob`ektiv bilimlarni qo`lga kiritish. Chin bilimlar insondan mantiqiy qoununlarni bilishni talab qiladi. Mantiqning ayniyat qonuni bilimlarni aniq, ravshan, izchillikda bayon etishini ta`minlaydi. Manqitning ziddiyatsizlik /nozidlik/ qonuni tafakkurdagi ziddiyatni bartaraf etishni, etarli asos qonuni bilimning asoslanganligini ta`minlaydi.
OLAMNI ANGLASHDA DIALEKTIK TAFAKKURNING O`RNI
Olamni anglashda dialektik tafakkurning o`rni deganda:
dialektika qonunlari;
dialektika kategoriyalari;
dialektika tamoyillarini nazarda tutishni talab qiladi.
12.Dialektik taffakkur uslubi, uning o`ziga xos jihatlari.
Dialektik tafakkur- narsa va xodisalarning moxiyati, ularning bir-biri bilan aloqadorligi va rivojlanishi konuniyatlarini falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida ochib beradi. Dialektikaning konun va tushunchalari voqyelikdagi narsa va xodisalarning eng umumiy alokasini aks ettirib, insonda narsalarning moxiyatiga chuqur kirib borish, ularning taraqiyot konunlarni bilish va olamda yuz beradigan xodisalarni ongli taxlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Dialektik tafakkurning xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ixcham, xarakatchan, uzgaruvchan tushunchalardan foydalanish orqali obektiv borliq, narsa va xodisalar taraqqiyotining qonuniyatlarini inson ongida aks ettiradi.
Dialektik tafakkur sofistik xamda metafizik tafakkurga xos kamchiliklardan xolidir. Bunday tafakkur uslubi, turli munosabatlarda bilgan turli narsa va tushunchalarni tamoyilsiz va tasodifan birlashtiruvchi eklektik qarashga xam tubdan qarama- karshidir. Dialektik tafakkurda narsalar bilan ularning mantiqiy obrazlari bo’lgan tushunchalarning ayniligi bilishning tabiiy xarakat shakli bo’lib, bunda subektiv dialektika obyektiv dialektikaning in’ikosi sifatida namoyon buladi.
Dialektikaning narsa va xodisalarni xar tomonlama va uzaro munosabatda taxlil qilish talabi qandaydir xodisani yoki uning ayrim tomonini biryoqlama ajratib qabul qiluvchi sofistikaga tubdan qarama-qarshidir.
Dialektik tafakkurlash usulining yana bir muxim tamoyillari shundan iboratki, xar kanday narsa va xodisalarni taxlil qilishda, urganishda unga konkret tarixiy yondoshmokni takozo etadi. Narsa va xodisalarning mohiyatini bilish uchun uni tevarak-atrofidagi muhit, sharoit, joy, vaqtga bog’langan xolda o’rganish maqsadga muvofiqdir. Konkret — tarixiy yondoshishni e’tiborga olmaslik nazariya va amaliyotda bir tomonlamalikka olib kelishi muqarrar.
Dialektik tafakkurlash – analiz va sintez, induksiya va deduksiya sillogizmlaridan foydalanmog’i lozim.
Aynan dialektik tafakkurlash dilaktik metodning barcha xossalarini o’zida saqlagan va shu asosida tahlil qilinadi va boshqa usullardan farqlanadi.
13.Metod. Metodologiya. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Metod – muayyan amaliy yoki ilmiy faoliyatni amalga oshirish yo`li usuli. Ilmiy bilish metodlari – ilmiy bilimlarni qo`lga kiritish metodlari.
Metodologiya – 2 (ikki) ma`noda qo`llaniladi.
1. Metodologiya ilmiy bilish metodlari majmui.
2. Metodologiya ilmiy bilish metodlari to`g`risidagi ta`limot.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi:
a). xususiy fanlar metodologiyasi;
b). falsafiy metodologiya yoki ilmiy tadqiqot metodologiyasi – biz o`rganayotgan fan.
Ilmiy metod - bu ilmiy bilimni muttasil o’sgarishga yo’naltirilgan inson bilishining ob’ektiv jarayonlari, qonunlari va tendenstshgaarini aks etgiradigan hissiy bilimdir. Bu nuqtai nazardan ilmiy metod o’z mohiyatnga ko’ra ijodiy metoddir. Ilmiy ijod deganda avvalambor ilmiy bilishning har xil usullaridan yangi ilmiy bilim olish vositasi sifatida foydalanish tushuniladi.
«Metodologiya» atamasi ko’p mazmunli bo’lib, turli manbalarda turlicha talqin etiladi (usullar haqidagi nazariya, usullar majmui, falsafiy usul va h.k.). Mazkur kurs doirasida biz metodologiya – bu usul haqidagi ta’limotdir degan qarashlarga tayanamiz.
Metodologiya bilimning qaysi sohasida ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, barchasida u yagona boshlang’ich prinstiplarga bo’ysunadi, o’z mohiyatiga ko’ra bir turdagi, ya’ni: mazkur fan uchun yaroqli bo’lgan usullarni qidirish va nazariy jihatdan asoslash, ular ustidan amallar bajarish tartibini ishlab chiqish, ularning bilish imkoniyatlarini va qo’llash sohalarini aniqlash muammolarni hal etadi, bir xildagi vazifalarni bajaradi. Biroq, metodologiya yagona, yaxlit fan bo’lmay, u qaysi muayyan fanga xizmat qilishi va qanday usullarni, ya’ni umumiy, umumilmiy yoki xususiy usullarni ishlab chiqishiga ko’ra alohida tur va ko’rinishlarga bo’linadi. Har bir fan o’zining maxsus predmetiga ega ekan, u muqarrar ravishda o’zining tadqiqot usulini yaratadi. Bu usul talablari orqali uning predmeti xususiyatlari o’z aksini topadi. Demak, o’zining metodologiyasi ham vujudga keladi.
14.Ilmiy tadqiqot metodlari. Ularning asosiy turkumlari.
Qo’llanish usullariga kura metodlarning 3 yirik turkumi mavjud:
1. Umumfalsafiy metodlar. 2. Umumilmiy metodlar. 3. Xususiy ilmiy metodlar.
Xozirgi zamon fanida taraqqiyotida qo’llanilayotgan metodlarni 4 turkumga ajratish mumkin:
a) aloxida ilmiy soxada qo’llanadigan metodlar; b) fanlararo tadqiqot metodlari;
v) umummantiqiy metodlar; g) umumfalsafiy metodlar.
Ilmiy bilishning bir kator umumfalsafiy metodlari mavjud, ular orasida dialektika va metafizika aloxida o’rin tutadi. Falsafiy metodlar ilmiy tadqiqotning umumiy mantiqi va yo’nalishini aniqlashga yordam beradi, zotan falsafa ham ilmiy bilimlar tizimi, xam olamni bilishning umumiy metodologiyasi xisoblanadi.
Umum falsafiy metodlar bu barcha fanlarga taluqli bo’lgan eng umumiy (unversal) metodlar hisoblanadi.
Dialektika Metafizika Sinergetika Sofistika Elektika
Umum ilmiy metodlar bu ma’lum bir, bir-biriga yaqin bo’lgan fan sohalari uchun ta’luqli bo’lgan metodlar yoki bo’lmasa bir qancha fanlarga ta’luqli bo’lgan metodlardir. Bularga:
Empirik Nazariy Induksiya-deduksiya Analiz-sintez. Tarixiy- mantiqiy. Qiyoslash.
Analogiya. Formallashtirish. Ideallashtirish. Konkretlashtirish. Umumlashtirish. Aksiomalashtirish. Gipoteza. Modellashtirish. Miqdoriy eksperiment. Bashorat. Algoritmlash va bosh.
Xususiy ilmiy metodlar bu faqat ma’lum bir fan sohasigagina tegishli bo’lgan metodlardir. Bunday metodlarga umumiylik xos emas.
Fizika fani uchun usullar:
Optik. Akustik. Spektral. Radiatsion. Furespektroskopiya. Rentgen. Radiolokatsiya. Elektrofizik. Issiqlik- fizik. Lazer va boshqalar. Informatika fani misolidagi ayrim usullar:
Chiziqli algoritimik tahlil; Tarmoqlanuvchi algoritimik tahlil; Takrorlanuvchi algoritimik tahlil; Optimal algoritmlarning xususiy va umumiy qoyoslash; Algoritimik konstruksiyalash; Dasturni optimalshtirish; Ierarxik model Tarmoq modeli Relyatsion model;
15.Ilmiy bilishning umumfalsafiy metodlari. Dialektika metodi.
Илмий билимлар ривожида диалектика фалсафий методининг ўрни беқиёс. Диалектика атамаси фалсафа тарихида асосан уч маънода қўлланган: “Биринчидан, баҳс, мунозара юритиш орқали суҳбатдошларнинг фикридаги қарама-қаршиликларни фош этиб ҳақиқатга эришиш қуроли сифатида; иккинчидан, фалсафий фикрлаш қонун-қоидаларини ўзида мужассамлаштирган тафаккур шакли сифатида; ва учинчидан, фалсафа ва бошқа фанларда илмий-тадқиқот жараёнида нарса ва ҳодисаларни ҳар томонлама ва атрофлича билиш учун қўлланадиган илмий-тадқиқот усули сифатида”1
Диалектика табиат, жамият ва билиш тараққиётининг энг умумий қонунлари тўғрисидаги таълимот, айни вақтда оламни билишнинг энг умумий универсал методи ҳисобланади. Зотан олам тараққиёти қонунлари инсон тафаккурида ҳам амал қилади. Инсон оламни англаш жараёнида билмасликдан билишга, тўлиқ бўлмаган, номукаммал билимлардан мукаммал билимлар сари боради.
Диалектика илмий билиш усули, илм-фан тараққиёти қонунларини ўрганадиган фалсафий метод сифатида XVII-XVII асрлардан бошлаб кенг қўллана бошлади. Диалектика методининг марказида ривожланиш (тараққиёт ) ва нарса, ҳодиса, жараёнлар ўртасидаги узвий алоқадорлик ғояси ётади.
Ривожланиш деганда: а) янги сифатга эга объект (нарса ва ҳодиса)нинг пайдо бўлиши; б) ҳаракат, ўзгариш, тараққиёт борлиқдаги барча нарсаларнинг энг муҳим сифати эканлиги ва муқаррарлиги; в) тараққиётдаги илгариланма ҳаракат (прогресс) ва орқага қайташ (регресс)нинг ўзаро алоқадорлиги; г) унинг зиддиятли тарзда кечиши; д) тараққиётнинг спиралсимон характерда юз бериши назарда тутилади.
Оламнинг барча кўриниш (табиат, жамият, инсон)ларида кечадиган тараққиёт жараёнлари объектив диалектика, инсон билимлари ривожи субъектив диалектика тушунчаларида ифодаланади.
Диалектика илмий билишнинг энг умумий , универсал методи ва методологияси ҳисобланади.
Илмий билишнинг диалектик методи деганда:
а) диалектика тафаккурлаш (фикр юритиш) усули; б) диалектика категориялари;
в) диалектика қонунлари – ҳамда г) диалектика тамойиллари назарда
тутилади.
16.Ilmiy bilishning umumilmiy metodlari. Umummantiqiy metodlar. Xususiy fanlar metodlari.
Ilmiy bilishning bir kator umumfalsafiy metodlari mavjud, ular orasida dialektika va metafizika aloxida o’rin tutadi. Falsafiy metodlar ilmiy tadqiqotning umumiy mantiqi va yo’nalishini aniqlashga yordam beradi, zotan falsafa ham ilmiy bilimlar tizimi, xam olamni bilishning umumiy metodologiyasi xisoblanadi.
Umum falsafiy metodlar bu barcha fanlarga taluqli bo’lgan eng umumiy (unversal) metodlar hisoblanadi.
Dialektika Metafizika Sinergetika Sofistika Elektika
Umum ilmiy metodlar bu ma’lum bir, bir-biriga yaqin bo’lgan fan sohalari uchun ta’luqli bo’lgan metodlar yoki bo’lmasa bir qancha fanlarga ta’luqli bo’lgan metodlardir. Bularga:
Empirik Nazariy Induksiya-deduksiya Analiz-sintez. Tarixiy- mantiqiy. Qiyoslash.
Analogiya. Formallashtirish. Ideallashtirish. Konkretlashtirish. Umumlashtirish. Aksiomalashtirish. Gipoteza. Modellashtirish. Miqdoriy eksperiment. Bashorat. Algoritmlash va bosh.
Xususiy ilmiy metodlar bu faqat ma’lum bir fan sohasigagina tegishli bo’lgan metodlardir. Bunday metodlarga umumiylik xos emas.
Fizika fani uchun usullar:
Optik. Akustik. Spektral. Radiatsion. Furespektroskopiya. Rentgen. Radiolokatsiya. Elektrofizik. Issiqlik- fizik. Lazer va boshqalar. Informatika fani misolidagi ayrim usullar:
Chiziqli algoritimik tahlil; Tarmoqlanuvchi algoritimik tahlil; Takrorlanuvchi algoritimik tahlil; Optimal algoritmlarning xususiy va umumiy qoyoslash; Algoritimik konstruksiyalash; Dasturni optimalshtirish; Ierarxik model Tarmoq modeli Relyatsion model;
17.Qadimgi Yunon olimlari ilmiy bilish usullari haqida.
Дастлабки илмий билим ва уларни хосил килиш йуллари хакидаги карашлар кадимий Юнонистон (мил.авв. VII-Vасрлар)да шакллана бошлаган. Бу даврда илмий билимлар натурфалсафада уз ифодасини топди. Натурфалсафа табиатни яхлитликдан иборат, узаро богланган ва доимо узгариб турувчи бир бутун тизим деб талкин этади. Кадимий Юнон файласуфи Фалес (тахминан, м.а.624-547 йиллар) фикрларида оламдаги барча нарсалар намлик (сув) дан пайдобулган. Кадимий Юнон фалсафаси доирасида атомистик назариясининг ишлар тизимини олимлар Демокрит ва Левкипп номлари билан боглик. Демокрит (460-370 ) дунёдаги хамма нарсалар булинмас зарралар (атом)лардан ташкил топган; Хеч нарса бирон-бир сабабсиз пайдо булмайди, деган гояни илгари сурган.
Оламда руй берадиган хар бир вокеа, ходиса, атомлар харакати туфайли содир булади, уларнинг шакли ва микдори, жойи ва урни, бирлашуви ёки ажралиши туфайли нарсалар, дунё пайдо булади хамда халокатга учрайди.
Фалеснинг издоши ва шогирди Анаксимандр (эр.авв 610-540) узининг ‘Табиат хакида”ги асарида олам чексиз, ноаник бирламчи модда - апейрон билан тула; чексиз моддий апейрон - бутун мавжудотнинг ибтидоси; шу пайтгача вужудга келган ва келадиган нарсалар апейрондан ажралиб чиккан, деб хисоблайди. Анаксимен (эр.авв 588-525) фикрича, оламнинг асоси, бирламчи модда - хаводир. Хаво нафакат модданинг бирламчи асоси, у хаёт ва рухият манбаи хамдир. Инсоннинг рухи хаво эпкинидан узга нарса эмас. Хавонинг куюклашиши булутни, сувни, ерни, тошни келтириб чикаради; сийраклашиши — оловни.
Кадимий Юнон файласуфи Платон фалсафасининг асосий мохияти “гоя” (“эйдос”)ларг хакидаги маълумотда баён этилган. Унинг фикрича, табиат гоялар махсули. Гоялар узгармас, абадий. Оламдаги нарсалар эса гояларнинг сояси. Унинг фикрича, моддий дунё уткинчи.
Платоннинг билиш назариясида диалектика мухим Урин тутади. Олим диал мсти канн билиш воситаси сифатида талкин этади ва диалектика деганда савл-жавоб, сухбат оркали чин билимларни хосил килишни назарда тутади. У ижодий фикрлашни “диалектика санъати”, деб атайди.
Юнон олими Гераклит (м. а. тахм 544-483) фалсафа тарихида биринчи булиб содда, стихияли диалектикагоясини илгари сурган. Унга кура хамма нарсалар зарурият (логос) туфайли оловдан келиб чикади. Табиат узлуксиз харакатда, узгаришда: унда хамма нарса уз карама-каршисига айланади: совук — иссикка, иссик - совукка; хамма нарса узлуксиз Узгаришда. Хамма нарсалардаги узгариш уларнинг нисбийлигини келтириб чикдради. Царама- каршиликлар курашида уларнинг бирлиги, тенглиги намоён булади. Айнан бир
нарсанинг узи - юкори ва пастнинг, хаёт ва улимнинг ифодасидир. Барча
нарсалар ибтидоси курашдир. Хамма нарсада донишмандлик хукмрон. Донишмандлик хамма нарсани бошкарувчи аклни - “логос”ни билиш демакдир.
Кадимий юнон файласуфи Аристотель (мил.авв.384-322) табиат ва материяии билиш манбаи, деб хисоблайди. Билишда сезги ва тафаккуриинг урнига алохвда эътибор бердя. Унинг фикрича, сезгилар ёрдамида инсон айрим нарсаларни хис этса, тафаккур оркали унинг умумий томонларини идрок этади. Аристотель мантикни янги билимларни хосил килиш
усули деб билди ва “мантик” фанига асос солди. Аристотелнинг шогирдлари унинг мантикка оид асарларини жамлаб, унга “Органон” 1 деб ном берганлар
18.O`rta asrlar Markaziy Osiyo olimlarning ilmiy bilish va ilmiy bilish usullari haqidagi qarashlari.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850 y) Asarlari: “Xind hisobi”,
“Al-Jabr val – muqobala”, “Xorazmning mashhur kishilari”, “Kitob surat al-arz”…
Xorazmiy moddiy dunyoning abadiyligini, uning nihoyatda murakkabligini, doimo o`zgarib, rivojlanib turishini, shu bilan birga olam, inson bilimlarini manbai ekanligini asosladi.
“nol`”ni kashf qildi; 9 belgidan iborat xind raqamini mukammal sanoq tizimiga keltirdi.
Inson aqliy bilish yordamida narsa, hodisalarning mohiyatini, qonuniyatlarini bila olishini isbotladi; insoniyatga algebra fanini tortiq qildi. U kashf etgan “al-jabr” asosida algoritmlar nazariyasi ishlab chiqildi.
Abu Nasr Farobiy (873-950 y) Asarlari: “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi”, “Mantiqqa kirish kitobi”, “Qonunlar haqida kitob”, “Masalalar manbai”…
Inson hayvonot olamidan “aqliy quvvati” bilan ajralib turadi.
U aql yordamida er-zaminda sodir bo`layotgan hodisalarni bilib oladi, falakiy bilimlarni bilishga kirishadi. Inson o`zining barcha bilimlarini tashqi olam tufayli oladi. U sezgi, idrok, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, aql, nutq orqali voqelini bila oladi.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048 y) – buyuk qomusiy olim, u fanning ko`p sohalari bilan shug`ullangan. Asarlari: “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Xindiston”, “Geodeziya”, “Ma`danshunoslik”…
Olim astronomik kuzatishlar orqali Oy va quyoshning tutilishi, ularning erdagi hayotdagi ta`siri va boshqa ko`p ilmiy muammolarni o`rgangan. Olim ilmiy bilish muammolariga e`tibor qaratgan, kuzatuv, sinov-tajriba, aql-farosat tamoyillariga tayangan. Ilmiy bilish insonga Alloh tomonidan berilgan qiziqish, barcha narsalarning mazmun-mohiyatiga etishga intilishdan kelib chiqishi haqida fikr yuritgan.
Абу Али ибн Сино (980-1037) урта аср Марказий Осиёнинг энг машхур файласуфи, комусий алломаси. У умри давомида 450 дан ортик асар яратди. Улар фаннинг турли сохалари — тиббиёт ва фалсафа, мантик, кимё, физика, астрономия, математика, мусикашунослик, адабиёт ва тилшунослик сохапарига багишланган. Унинг “Тиб конунлари” китоби фундаментал асар хисобланади, унда тиббиёт фанлари тараккиётининг кейинги юз йиллар учун асосий йуналишлари олдиндан белгилаб берилган ва бу асар хозирда хам уз ахамияти ва долзарблигини йукотмаган: унда амалий тиббиёт ва фармокология сохаларининг энг мухим усулларига асос солинган. Бу китоб Европада XV асрда чоп этилган дастлабки китоблардан булиб, карийб 500 йил давомида тиббиёт илми шу асар асосида укитиб келинган. Олимнинг асарлари орасида “Тиб конуни”, “Шифо китоби”, “Инсоф китоби”, “Нажот китоби”, “Донишнома” алохнаа эътиборган лойик.
19.Dialektik va formal mantiq. Ularning ilmiy bilishdagi o`rni.
Формат ва диалектик мантикнинг асосий муаммоси - хакикатга эришишимуаммосидир.
Диалектик мантик инсон тафаккурининг ривожланиш конуниятлари тугрисидаги таълимотдир. Диалектик мантик. борликнинг ривожланиши рух, онг ва тафаккурнинг ривожланиши билан узвий Богликлигига таянади. Шунга кура диалектик мантик хакикатга билмасликдан билишга, тула ва аник булмаган билимлардан туларок, мукаммалрок билимларга караб бориш жараёни сифатида карайди. Диалектик мантик нуктаи назаридан илмий ижод узлуксиз равишда кечадиган илмий билимларнинг шаютланиши ва ривожланиш жараёнидир.
Диалектик мантикнинг мохиятини англамок учун диалектика, диалектик тафаккур услуби тушунчалари орасидаги бирлик, умумийлик, алокадорликни хисобга олмок лозим. «Диалектика» сузини биринчи марта антик давр файласуфи Сукрот (эр.ав. 469-399) куллаган. Бунда у диалектикани мулохаза юритиш усули сифатида таърифлаг ан. Диалектика деганда икки нарса назарда тутилади.
Биринчидан, диалектика олам ва тафаккур тараккиётининг энг умумий конунлари тугрисидаги таълимот; иккинчидан, диалектика тушунчаси диалектик фикрлаш услуби маъносини ифодалайди. Шу маънода у метафизика, софисктика, метафизика, догматика, эклектик тафаккур услублари дан фаркланади
Формал мантик хам, диалектик мантик хам оламни англаш, у асосда чин билимлар хосил килиш йулларини урганади. Лекин формал мантик тугри билимни хосил килишнинг конунлари хакида бахс юритса,диалектик мантик тафаккурда билимларнинг шаклланиши ва ривожланиши кай даражада ва кандай кечишини урганади
Диалектик мантик хакикатни билиш конунияглари тугрисидаги таълимотдир.
Формал мантик диалектик мантик билан чамбарчас боглик, алокадор. Оламни билиш, у хакида илмий билимларни хосил килишда уларнинг хар иккиси мухим урии тутади. Илмий ижодда формал ва диалектик мантикнинг урнини инкор этмаган холда, диалектик мантик хал килувчи ахамиятга эга эканлинини унутмаслик лозим. Диалектик мантик хозирги замон илмий билиш мантикидир. Диалектик мантик фаннинг хусусий, узига хос усуллари билан чамбарчас богликликда тадкикотчининг тадкикот объектини чукур урганишига имкон яратади.
Диалектика илмий билишнинг методологик асоси булиб хисобланади.
Диалектик мантикнинг марказида тараккиёт муаммоси туради. Диалектик мантик олам каби у хакдаги билимлар хам доимо харакат, узгариш, гараккиётда; бу жараён конуний, унинг натижасида олам хакида янгидан-янги билимлар хосил булади. Бунинг учун энг асосий шартга риоя килмок - олам, ундаги нарса ва ходисаларни диалектик (алокадорлик ва тараккиётда) урганмок лозим.
Диалектика оламни билишнинг энг умумий, универсал усуллари хакидаги таълимогидир. Шу маънода диалектиканинг конунлари, категориялари, тамойилларини чукур англаш, илмий ижодда улардан фойдалана билиш илмий билимларни хосил килишга имкон яратади. Фанлар сохасидаги янгиликлар, кашфиётларнинг шаклланишига диалектика муайян даражада таъсир курсатган.
Диалектиканинг илмий ижоддаги урни унинг конунларида намоён булади. Диалектиканинг уч конуни: диалектик зиддиятлилик, микдор ва сифат узгаришларининг узаро бир-бирига утиши, инкорни инкор конуни оламни билиш конунлари хамдир.
Диалектик зиддиятлилик конунига кура оламдаги хар бир нарса, ходиса карама-карши томонлар бирлигидан иборат, уларнинг бири иккинчисини такозо этади, бири иккинчисисиз мавжуд була олмайди. Айни вактда улар узаро бир-бирларини инкор этадилар, улар орасидаги кураш тараккиётнинг ички импульси хисобланади; у туфайли эскилик емирилади, янгилик пайдо булад
Микдор ва сифат узгаришларининг узаро бир-бирига утиши конуни нарса ва ходисалардаги узгаришлар мохиятини англашга ёрдам беради. Унга кура нарса ва ходисалардан сезиларли булмаган узгаришлар аста- секин туплана бориб, маълум бир боскичида меъёрни бузади ва туб сифат узгаришларига олиб келади, яъни тараккиёт содир булади
Диалектик мантикнинг бу конуни илмий билиш ва амалиёт учун методологик ахамиятга эга. Тадкикотчи урганилаётган предметнинг микдорий томонлари, сифат хусусиятларини урганиш билан бир каторда улар орасидаги муносабатга уз диккатини каратмоги лозим булади. Бу уз навбатида фикр юритишда бир ёкламаликдан, субъективизмдан холи булиш имкониятини яратади.
Илмий билишда диалектиканинг инкорни инкор конуни талабларини инобатга олиш мухим урин тутади. Инкорни инкор конунига мувофик объектив вокеликдаги нарса ва ходисалардаги тараккиёт узлуксиз тарзда кечадиган эскининг янги томонидан инкор этилиши тарзида руй беради. Хдр бир нарса, жараён инкор этилиш жихатига эга. Ички зиддиятлар туфайли тараккиёт жараёни содир булади: эски нарса емирилади ва янги нарса вужудга келади. Вужудга келган янги нарса эскининг инкор килинишидир. Эскининг янги томондан инкор килиниши натижасида нарса ва ходисаларнинг илгарилама харакати содир булади. Тараккиёт бир-бири 'билан алмашиб турадиган боскичлардан иборат булиб, бир боскич иккинчиси томонидан, у хам уз навбатида кейинги боскич томонидан инкор этилади.
Диалектика илмий билишнинг энг умумий , универсал методи ва
методологияси хисобланади.
Илмий билишнинг диалектик методи деганда:
а) диалектика тафаккурлаш (фикр юритиш) усули;
б) диалектика категория лари;
в) диалектика конунлари - хамда
г) диалектика тамойиллари назарда тутилади.
Dostları ilə paylaş: |