1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi


Qattiq oziqa muhitida o'stirilgan mikroorganizmlardan fer-



Yüklə 40,82 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü40,82 Kb.
#159049
1   2   3   4   5
1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari Tozalanmagan, ko (1)

Qattiq oziqa muhitida o'stirilgan mikroorganizmlardan fer-mentlarni ekstraksiya qilish. Barcha fermentlar asosan suvda cruv-chandir. Shuning uchun eng yaxshi ekstragent boiib suv hisob-lanadi. Mikroorganizmlardan fermentlarni ajratib olish uchun ular mayda qilinib, hujayra devorlari mexanik yoki avtomatik holatda buzilib, ekstraksiya jarayoniga jalb etiladi. Bu usulda ham ho'l holatdagi, ham quruq holatdagi mikroorganizmdan ferment erit-masini olish mumkin. Biomassadan ferment ekstraksiyasini to'liq amalga oshirish uchun harorat, pH, jarayonning davomiyhgi, ekstraksiya uskunasining konstaiktiv xususiyatlari, ajratilayotgan fermentning tabiati va boshqa bir qancha omillarning ta'siri batafsil o'rganib chiqiladi. Bu omillar har bir produtsent misolida alohida tadqiqotlar yordamida aniqlanadi va tavsiya etiladi. Masalan, harorat .ekstraksiya jarayoniga katta ta'sir ko'rsatadi, ya'ni juda ko'p fermentlar termoiabil bo'lib, hattoki 35—40°C da inaktivatsiya-ga uchraydi. Shuning uchun zavod sharoitida iloji boricha suvning harorati 22—25°C da ushlab turiladi va har xil begona mikroflora o'smasligi uchun antisepliklardan (formalin, benzol, toluol, xloro-form va h.lcdan) foydalaniladi. Ko'pchilik holatlarda fermentlarni pH 5-7 ko'rsatkichida to'liq ajratib olish mumkin.
Bioshrotdan ajratib olinadigan fermentlarning isrofgarchiligini kamaytirish maqsadida va quyuqlashtirilgan ferment ekstraktlarini olish uchun maxsus ekstraksii'a uskunalaridan foydalanish tavsiya etilgan bo'lsada, bunday qurilmada ekstraksiya qilinayotgan mikro-organizm fermenti nisbatan ko'proq faolligini yo'qotishi hamda bu usul ko'proq qo'l ishiga asoslanganligi uchun hozirgi vaqtda undan kamroq foydalanilmoqda.
Vakuum-bug'lantirish uskunalarida ferment eritmalarini quyuqlashtirish. Qattiq va suyuq oziqa muhitlarida o'stirilgan mik-roorganizmlaraing ekstraktlari saqlash uchun chidamsizdir. Bu csa tayyor texnik preparat formalarini (П2х va Г2х) olishni va ularni tezda quyuqlashtirishni talab qiladi. Quruq texnik yoki toza ferment prepapatlarini olishda vakuum-bug'lantirish usulidan foydalanish ham ferment ishlab chiqarish texnologiyasining bir bosqichi hisoblanadi.
Odatda, fermentlarbug'lantirish haroratigajudata'sirchan bo'-ladi. Shuning uchun quyuqlashtirishning asosiy sharti past haro-ratda qaynatish va jarayonni qisqa muddatda olib borish bilan birga, bug'lantiriiayotgan suyuqlikning qizib ketishini va ferment-larni inaktivatsiyaga uchrashining oldini olishdir. Agarda quyuq-lashtirilayotgan eritma qanchalik toza bo'lsa, shunchalik kam miq-dorda turli moddalarni kam tutadi va undagi ferment yuqori haro-ratga juda ham ta'sirchan bo'ladi. Qattiq oziqa muhitida o'stirilgan organizm ekstraktida juda ko'p miqdorda himoyalovchi birikmalar bo'ladi va ular quyuqlashtirish jarayonida ferment inaktivatsiyasi-ning oldini oladi, lekin kultural suyuqlikni quyuqlashtirishda buning aksini kuzatish murnkin, ya'ni ferment ko'p miqdorda faolligini yo'qotadi. Quyuqlashtirish jarayonida ferment eritma-laridagi moddalaming miqdori va mineral tarkibi birmuncha o'zga-radi, quruq modda hisobiga esa 11—20%ga kamayadi va quyuq-lashgan ekstraktning pH ko'rsatkichi ham o'zgaradi. Produtsent-ning turiga qarab ularning kultural suyuqliklari ham har xil kimyo-viy tarkibga va fermentlar kompleksiga ega bo'lganligi uchun vakuum-bug'lantirishning harorat rcjimlari tadqiqot yo'U bilan aniqlanadi.
Ferment faolligini quyuqlashtirish jarayonida yo'qotilishi na-faqat uni olib borilish rejimiga, balki uskuna yoki qurilmaning konstruksiyasiga ham bog'liqdir. Keyingi yillarda vakuum-bug'lan­tirish uskunalari ancha takomillashtirilmoqda. Ushbu uskunalar trubka shaklida (gorizontal, vertikal va qiya) bo'Ub, jarayonning o'tish muddatini 10 marotabaga yaqin qisqartirdi va fermentning faolligini yo'qolishini birmuncha kamaytirdi. Bular jumlasiga «Alfa-Laval» (Shvetsiya), «Edinstvo» (sobiq Yugoslaviya), «Lyuva» (Shveysariya), «APV» (Fransiya) va boshqa bir qancha firma-larning uskunalarini kiritish murnkin va ularning samaradorligi 2001/s dan 200001/s ni tashkil qihshini hamda fermentning faolligi atigi 10% atrofida yo'qolishini ta'kidlab o'tish zarur.

Yüklə 40,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin