1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi


Ferment eritmalarini membranalar yordamida quyuqlashtirish



Yüklə 40,82 Kb.
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü40,82 Kb.
#159049
1   2   3   4   5
1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari Tozalanmagan, ko (1)

Ferment eritmalarini membranalar yordamida quyuqlashtirish va tozalash. Membranali tozalash usuUga dializ va elektrodializ, baromembranali usulga esa qaytariluvchi osmos, ultrafiltratsiya, mikrofiltratsiya va nozik filtratsiya kabilar kiradi.
Eritmadagi moddalarni dializ usulida ajratish membrananing modda massasiga qarab tanlab, o'tkazuvchanlikxususiyatiga asos-langan. -Bu jarayon uchun yarimo'tkazgich membrananing har ikki tomonida eritmalar konsentratsiyasining farqi vujudga kelishi kerak. Dializ jarayonini ushbu tenglik bilan ifodalash mumin:
Q = DdSAC
bunda: Q — ma'lum vaqt ichida membranadan o'tgan modda miqdori; Dd - dializ koeffitsiyenti; S- membrana sirtining yuzasi; Л С - membrananing har ikki tomonidagi moddalar konsen-tratsiyasining farqi.
Dializ usulidan ferment preparatlarini kichik molekulali mod-dalardan tozalash maqsadida foydalaniladi. Masalan, ferment eritmalarini shakar, aminokislotalar, mineral tuzlar va boshqalardan 60-100% gacha bo'lgan miqdorda tozalashga erishish murnkin.
Ayniqsa, fermcntlar yuqori konsentratsiyali tuzlar bilan cho'k-tirilganda dializdan va elektrodializdan unumli foydalanish kerak. Lekin to'rtlamchi strukturaga ega bo'lgan fermentlarni va metallo-fermentlarni ajratishda elektrodializdan foydalanish mumkin emas, ya'ni ferment ushbu jarayonda o'z faolligini yo'qotadi.
Dializjarayonijuda sekin o'tuvchi jarayondir hamda eritmaning miqdori ko'p bo'lganda juda ko'p miqdorda membrana sarflanadi. Dializda quyidagi har xil ko'rinishdagi yarimo'tkazgich membra-nalar ishlatiladi: pergament, sellofanning har xil turlari, ultrafil-tratsiyada ishlatiladigan membranalar va boshqalar. Dializ usuli bir qancha kamchiliklarga ega bo'lganligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarishda ishlatilmaydi. Ba'zan ilmiy laboratoriyalarda fermentlarni yuqori tozalikda olish uchun ishlatilishi mumkin.
Baromembrana usuli ishlatiladigan membranalar tirqishlarining katta-kichikligiga qarab sinflanadi. Masalan, qaytariluvchan osmos («3X10-4 mkm); gelfiltratsiya (15x10,5 mkm); mikrofiltratsiya (0,2 mkm) va nozik filtratsiya (10 mkm)dir.
Quyuqlashtirish va tozalashning qaytariluvchan osmos va ultra-filtrasiya usullari kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, far-matsevtika va ferment sanoatlarida juda keng tarqalgan. Eng aso-siysi, jarayonning juda ham kam xarajatlar va energiya evaziga oUb borilishidir. Ultrafiltratsiya jarayonida fermentlarni harorat ta'siridagi inaktivatsiyasi umuman bartaraf qilingan bo'lib, bir vaqtning o'zida eritma bir qancha ballast birikmalardan xona haroratida tozalanadi. Ushbu jarayon yuqori bosim ostida o'tganligi uchun samaradorligi ham yuqoridir. Bu usulning ham asosiy ele-menti bo'Ub membranalar hisoblanadi. Hozirgi^kunda seUofandan, kauchukdan, polietilendan, polisteroldan, sellulozadan va boshqa birnechaxil materiallardan tayyorlangan membranalar ishlatilmoqda.
Membranalar xususiyatiga ko'ra, 0,05—0,2 mkm li bir qavatli — izotrop va ikki qavatli — anizotrop turlarga bo'linadi.

Yüklə 40,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin