MUNDARIJA KIRISH……………………………………….…………………………….……2
ASOSIY QISM 1.FIZIKA O‘QITISH METODIKASI KURSINING ASOSIY BO‘LIMLARI VA MUAMMOLI TA'LIM TЕXNOLOGIYASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI……………………………………………………………….…………...…. 2. FIZIKANI O’QITISHDA O’QUVCHILAR BILIMINI TEST SAVOLLARI BILAN NAZORAT QILISH……………………………………………………... 3. FIZIKA FANIDAN TEST TURLARI…………………...……………….……… 4. MARKAZLASHTIRILGAN FIZIKA TESTI……………………….……………. XULOSA.………………………………………………………………………………………. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………
KIRISH Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq ta’limi tizimida tub o'zgarishlar sodir bo'ldi: jamiyat taraqqiyotini yoshlarning hayot, ishlab chiqarish, milliy hamda umuminsoniy munosabatlarga sadoqati bilan o`lchash imkoniyatlari kengaydi; yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bilan mashg'ul ijtimoiy institutlar son va sifat jihatidan o'sdi. Litsey, kollej, magistratura, universitetlar ko'paydi; Zamonaviy o'quv dasturlari, darsliklar, o`quv qollanmalari yaratildi; Davlat ta’lim standart (DTS)lari tanlanib, pedagogik amaliyotga tatbiq etila boshlandi; o'qituvchilarning bahs va mushohadalarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlari munosib o'rin egalladi. Hozirgi sharoitda pedagogik texnologiya g`oyalarini maktab amaliyotiga olib kirish davlat buyurtmasi hisoblanadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb yozgan edi: «Yangi darsliklami, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o'z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur». Istiqbolga yo'nalgan bu zalvorli vazifani hal etish an’anaviy ta’lim tizimini yaxshi ma’noda taftish qilishni, ta’lim jarayoni qobig'ida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish va ishga tushirishni, XXI asr maktab in ing tabiati va mohiyatiga, xalqimizning milliy mintalitetiga, o'quvchilarining real bilish imkoniyatlariga mos ta’lim tizimini asoslashni taqozo qiladi. Ilm fan axborotlarining hozirgi davr o`sish tezligi va hajmi ulami o`tgan 15-20-yildagi holatidan keskin farq qiladi. Shu bois talab zamonaviy talablarga ko'proq moslashgan shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalarini yaratishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin; shaxsga yo`naltirilgan o'qitish texnologiyalari; avtoritar va shaxsga yo`naltirilgan o'qitish texnologiyalari; ishbilarmonlik o‘yinlar texnologiyasi; individuallashtirish o'qitish texnologiyasi; tabaqalashtirilgan o'qitish texnologiyasi; dasturlashtirilgan o'qitish texnologiyasi; kompyuterli o'qitish texnologiyasi; o'qitishning modul tizimi; masofali o'qitish texnologiyasi; ta’limning davriylik texnologiyasi. Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotidagi ana shunday dolzarb, markaziy masalalardan biri fizika ta’limining davriyligi muammosidir.
Fizika ta’limning davriyligini o'rganmasdan ta’lim jarayonining modul xarakterini, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish texnologiyasini tushunish qiyin. Fizika ta’limi jarayonini davrlarga ajratish, ulami atroflicha tahlil qilishning qator afzalliklari bor: fizika ta’limini davrlarga ajratish o'quvchilarning o'quv faoliyatlarini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishni osonlashtiradi, fizika ta’limi amal qiladigan qonuniyatlami belgilash hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Har bir davrga mos maqsad, vosita, natijalarni qayd etish fizikaviy ta’limining optimal amal qilishi uchun shart - sharoit yaratishga olib keladi. Xocp, shunday ekan, fanda, tegishli adabiyotlarda ta’limning davriyligi qay darajada o'rganilgan? Rus olimi M.A.Danilov «ta’lim jarayoni logikasi», «ta’lim jaravonining harakati antiruvchi kuch lari», «ta’lim jarayoni zvenolari» kabi qator atamalarni fanga olib kirgan edi. Uning yozishicha, «ta’lim jarayoni logikasi o‘quv predmeti mazmuni va uni o‘zlashtirish psixologiyasining o'zaro qo‘shilib ketishidan iborat». Ta’lim jarayonida o`quvchilar oldiga qo‘yiladigan topshiriq, muammo, mustaqil ish, intellektual va amaliy ishlar o‘zining murakkabligi, qiyinligi bilan o‘quvchilar ongida bilish ziddiyatlarini keltirib chiqaradi. Qiyinchiliklami sezish, ulami bartaraf etishga intilish ofcquvchilami mustaqil fikrlash, ijod qilish, tafakkur va xotiraga zo'r berib aqliy va amaliy muammolarni yechishga yetaklaydi. Ta’lim jarayonidagi ziddiyatlar ta’lim rivojining harakat lantiruvchi kuchidir.
Keyingi yillarda respublikamizda pedagogik texnoiogiya muammolariga oid qator ilmiy anjumanlar o`tkazilib, maqola va risolalar chop etildi. Garchand, ta’limning davriyligi pedagogik texnoiogiya muammolaridan biri bo`lsa-da, biz kuzatgan asarlarda ta’lim davrlari xususidagi fikrlar juda oz. Xususan, fizika ta’limi davrlariga bag`ishlangan tadqiqot yoki adabiyot mavjud emas. Barcha mehnat jarayonlari sikllarga ajratilgan. Sikllari ajratilgan jarayonlarda mehnat ilmiy asosda boshqariladi, ishlab chiqarish uzluksiz, konveyer shaklida takrorlanadi. Har bir takrorlanishning oxirida moddiy ne’matlar qabul qilingan etalon darajasida ishlab chiqariladi. Ta’lim jarayonida ham, shubhasiz, shunday imkoniyatlar mavjud. Ushbu o`quv qo'llanmada ta’lim sikllarini ajratishda o `quv maqsadlari asosiy mezon sifatida belgilanadi. O’qish va o`qitish faoliyatlarining o’zaro aloqaga kirishuvidan fizika ta’limining davriy harakati boshlanishi, davrdan-davrga o`tgan sari o `quvchilar bilimining takomillasha borishi, fizikaviy ta’lim davrlarini o'quv-tarbiya jarayonini ijodiy tashkil etish muammosi bilan daxldorlikda o`rganish zarurligi qayd etiladi. Pedagogik texnoiogiya g‘oyalarini respublikamiz sharoitida ishlab chiqishda l.Ismoilov, M.Mamadazimov, B.M.Mirzahmedov, E.N.Nazirov, Yu.PoMatov, D.Shodiyev, Yu.Mahmudov, E.Turdiqulov, K.Tursunmetov kabi usuliyatshunos, fizik olimlaming katta xizmatlari mavjud. Fizika ta’limi jarayoni davriyligini nazariy va sinov-tajriba tariqasida o'rganish juda zarur didaktik hamda metodik muammo bo`lsa-da, haligacha alohida tadqiqot predmeti sifatida o’rganilgan emas. Bu ta’lim davriyligining o‘ta murakkab va shu bilan birga, qiyin, keng qamrovli muammo ekanligi bilan izohlanadi. O’zbek maktablarining hozirgi taraqqiyot bosqichida umumiy o`rta ta’lim, litsey va kollej o'qituvchilari fizika ta’limining davriyligi qonuniyatiga, ta’lim davrlari xususidagi bilimlarga ehtiyoj sezishmoqda. Mazkur o'quv qo‘llanma fizikadan ta’lim jarayoni mohiyatini tahlil qilish, uning qobigida yashirinib yotgan imkoniyatlami izlab topish, ularni ishga tushirish uchun fizikadan ta’lim jarayoni davriyligi, ta’lim davrlarini o‘rganish, talimni davrlarga ajratish mezonlari – o’lchovlarini aniqlash, ta’limning daviiy harakatini nazariy va amaliy jihatdan asoslashga xm nat qiladi. Agar fizika ta’limi jarayonini sistemali tahlil qilish yo‘li bilan ilmiy asoslangan o'lchovlarga rioya qilib ta’lim davrlari ajratilsa, o'quv-tarbiya jarayonining modul xarakterini olishi ta’minlanadi, samaradorligi oshadi, o'quv mavzularini to`liq o'zlashtirish imkoniyatlari kengayadi. O’quv qo`llanmada fizika ta’limi jarayoni fizika ta’limining davriy harakati sifatida qaralib, asosiy maqsad fizika taTimining davriylik qonuniyati va unga muvofiq fizika ta’limi davrlarini asoslashdan iborat. O'quv qo‘llanmada nazariy va amaliy isbotni taqozo qiladigan ilmiy taraz, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadiga muvofiq quyidagi tadqiqot vazifalari hal qilinadi: - fizika ta’limiga oid didaktik va metodik adabiyotlami o’rganish fizika ta’limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning hozirgi amaliyotini tahlil qilish; - ilg‘or pedagogik g'oyalarni umumlashtirish, pedagogik amaliyot qobig'ida yashirinib yotgan imkoniyatlami aniqlash; - fizika ta’limi davrlarini ajratish mezonlarini tanlash va ularga rioya qilib ta’lim davrlarini asoslash; - fizika ta’limi davrlarini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish tamoyillari, vositalari, tashkiliy shakllarini tavsiflash; - fizika ta’limining davriy harakatini pedagogik tajribada o'rganish va nazariy asoslarini bayon qilish; - fizika ta’limini davriy o'tkazishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Prezident I.A.Karimovning maktab-maorif to'g'risidagi ko'rsatmalari, O'zbekiston Respubiikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi», «2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummiliy dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni, «Q'zbekiston Respubiikasining umumiy o'rta ta’lim Konsepsiyasi», faylasuf, pedagog va fizik usuliyatshunos olimlaming ta’lim to'g'risidagi qarashlari tadqiqotning metodologik asoslari sanaladi.
O’quv qo'llanmada tadqiqotning nazariy va amaliy yo'nalishini belgilash maqsadida sistemali tahlil, tarixiylik va mantiqiylikning birligi, abstraktlikdan konkretlikka ko'tarilish kabi metodologik izlanish usullaridan foydalaniladi: sistem tahlil talablariga ko'ra fizika ta’limi ijtimoiy institutning yaxlit, alohida tipi sifatida qaraladi. Shunday yondoshuvga ko'ra «ta’lim va o'qituvchi», «ta’lim va o'quvchi», «o'qituvchi va o'quvchi» o'rtasidagi munosabat, bog'lanish aloqalari tasnif qilinadi; muammoni sistem tahlil qilish jarayonida tarixiylik va mantiqiylikning birligi usulidan ham foydalaniladi. Tarixiylikda fizika ta’limi jarayoni mohiyatini tahlil va tadqiq qilishda fizik, pedagog olimlar fikrlashining kelib qolgan nuqtasini, mantiqiylikda esa o'zim iz o'tkazayotgan tadqiqotni mutaxassis olimlar kelib qolgan joydan - ular fikrlashining eng rivojlangan nuqtasidan boshlashni tasavvur qilamiz. Ta’lim jarayoni mohiyatini o'rganishda olimlar kelib qolgan nuqta - bu fizika ta’limining davriyligi haqidagi g'oyalardir. Tadqiqotni fizika ta’limi davriyligini tavsiflashdan boshlash tarixiylik va mantiqiylikning birligini o'zida aks ettiradigan holat sanaladi; ishda sistem tahlil, tarixiylik va mantiqiylikning birligi metodlari abstraktlikdan konkretlikka ko'tarilish usuli bilan ham to'ldiriladi. Shu usulga ko'ra «ta’lim akti» fizika ta’limi jarayonining genetik hujayrasi, ta’limning elemental- bo'lagi sifatida ajratiladi. Ajratilgan genetik hujayra elemental* bo'lakcha vositasida ta’lim aktlarining rivojlanib, ta’lim bosqichlariga, bosqichlaming taraqqiy etib, ta’lim davrlariga aylanishi kuzatiladi.
Tadqiqot predmetiga shu yo'sinda yondoshuv haligacha to'liq anglab olinmagan tasavvurlardan fizika ta’limi davrlari, fizika ta’limining davriy harakati to'g'risidagi aniq bilimlarga ko'tarilish imkoniyatini beradi. Tadqiqot bazasi sifatida o'rta maktabda fizika ta’limining davriylik texnologiyasini amaliy jihatdan asoslash maqsadida Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlaridan maktablar, litsey-intematlar tanlanib, tajriba natijalari tahlili berildi. Izlanishini samarali o'tkazishga oid qator tashkiliy-metodik tadbirlar amalga oshirildi: maktab fizika muammolari uchun ta’limni davriy o'tkazishga oid metodik mashg'ulotlar tashkil etildi; har bir fizika o'qituvchisi ta’limni davriy o'tkazishga mo'ljallab tayyorlangan metodik tavsiyalar bilan ta’minlandi; barcha o'qituvchilarga metodik ishlanmalar tarqatildi; maktab o'qituvchilari ilmiy tadqiqot mavzusi, uning maqsad, vazifalari bilan tanishtirildi; o'qituvchilar bilan hamkoiiikda fizika ta’limi davrlarini ajratish o'lchovlari aniqlandi; pedagogik tajribani tashkil etish va boshqarishga oid o'zgaruvchan miqdorlar tizimi tanlandi1. O'tkazilgan tajribalar natijasida tadqiqot yunalishi aniqlandi. Mavzuga oid adabiyotlar, ilg'or tajribalar o'rganilib, tadqiqotning maqsad, vazifalari aniqlandi, fizika ta’limi davrlarini tasavvur etish va ajratish mezonlari belgilandi. Maktablar tajribasini o'rganish va uni umumlashtirish shuni tasdiqlaydiki, umumiy ta’lim maktablarida ta’lim jarayonining davriyligiga rioya qilinmaydi. Buning asosiy sababi maktablarda fizika o'qitish tajribasida ta’lim jarayonining davriyligi maxsus o'rganilmaganligidir. Umuman, didaktikada, shu bilan birga fizika metodikasi sohasida haligacha ta’lim jarayonining davriyligi muammosi nazariy va amaliy jihatdan o'rganilmagan.
Fan va pedagogik amaliyotdagi bo'shliqni to'ldirish ijodiy izlanishni taqozo qiladi. Pedagogik nazariya va pedagogik amaliyotdagi kemtik joyni to'ldirish maqsadida o'qituvchi faoliyati bilan daxldor qator o'zgaruvchan maqsadlar aniqlandi: fizika ta’limi davrlarini ajratish mezonlarini aniqlash va o'quvchilarga o'rgatish; o'qituvchilarda fizika ta’limi davrlarini ajratish layoqatini shakllantirish; o'qituvchiiarga fizika ta’limi davrlari, ularni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish yo'llarini o'rgatish. 6-sinf fizikasidan «Massa va uning birliklari», «Zichlik», «Diffuziya» mavzulari misol tariqasida o'tkazildi. Tajribaning maqsadi o'qituvchilarda fizika ta’limi davriyligining ta’limni an’anaviy tashkil etishga nisbatan samaradorligiga ishonchni hosil qilish edi. Bu yerda o'quvchilar faoliyati bilan aloqador qator o'zgaaivchan miqdorlarga rioya qilindi: o'z maqsadlarini berilgan yoki aytilgan o'quv holatlarida mustaqil belgilash; u yoki bu topshiriqni bajarishda qo'llangan usulni tavsiflash; o'zlari erishgan natijalami aytib berish; mavzu mazmunini metodik entememadan foydalanib so‘zlash. Pedagogik tajribada tekshirish uchun tanlangan ta’limning sifat ko‘rsatkichlarmi o'zgaruvchan miqdorlar deviladi. Ushbu tadqiqot matnida o‘zgaruvchan miqdorlar ikki guruhga ajratildi: fizika ta’limiga daxldor o'zgaruvchan miqdorlar. Bularga ko‘ra eksperimental ta’lim nazorat sinflardagi ta’limdan farq qiladi; o ‘quvchi faoliyatiga taalluqli o'zgaruvchan miqdorlar. Bunday o'zgaruvchan miqdorlar vositasida tajriba va nazorat sinflarida o'qiydigan o ‘quvchilar faoliyatidagi tafovutlar qayd qilinadi. O’quv qollanmada keltirilgan misollaming barchasi tajriba o ‘tkazilgan o‘quv yilida qo’llanilgan 6-sinf darsligidan olindi. Bunda tadqiqot obyekti qanchalik tor bo’lsa, uning tahlili shunchalik chuqur boMadi, degan nuqtayi nazarga toydanildi. Holbuki, bu g ‘oya va ulaming printsiplaiini o lrta maktablaming barcha sinflarida qollash mumkin. Tajribaning birinchi bosqichida to'plangan materiallar asosida muallifda umumiy o'rta ta’lim maktablarda fizika o'quv predmetini o'qitishning davriyligi xususidagi dastlabki tasavvurlar hosil bo'ldi, o'qituvchilar esa fizika ta’limi davriyligiga ishonch hosil qilishdi. Shu bilan birga, tajribaviy izlanishga monelik qiladigan qator omillar aniqlandi: o'qituvchilaming faoliyatida an’anaviy pedagogik amaliyotning mustahkam o ‘rin olganligi, ulaming ta’limni davriy o `tkazishga atroflicha tayyor emasligi, fizika o`qitishda amaliyotga, o'rta maktabda fizika o'qitishning amaliy yo'nalishiga yetarli e’tibor qilmaslik, o `quvchilarm mustaqil fikrlashga o'rgatish ishining zaif tashkil etilishi, fizikani o'qitishda o'quvchilarning ijodiy ishlarining epizodik xarakteri ana shunday salbiy omillar qatoriga kiradi. Bu kamchiliklami bartaraf etish maqsadida tajribaning navbatdagi bosqichi o'tkazildi. Ikkinchi bosqich 1997 - 2000-yillarda o'tkazildi. Bu bosqichda ham pedagogik sinov ikki marta tashkil etildi: 1997/98 o'quv yilida tayyorlangan metodik ishlanma, tavsiyalar asosida tajriba izlanish davom ettirildi. Bajarilgan ishlar 1998/99 o'quv yilida yana bir bor takrorlandi. Bu davrda o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatiga aloqador o'zgaruvchan miqdorlar aniqlanib, pedagogik amaliyotda sinab ko'rildi.
O'qitish faoliyatiga daxldor o'zgaruvchan miqdorlar: fizika mavzulariga oid materiallami o'quv elementlariga ajratib o'qitish metodikasini egallash; mavzu yoki bo'lim bo'yicha o'quv maqsadlari taksonomiyasi tuzib o'quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil etish; fizika ta’limini ta’lim etaloni vositasida loyihalash; fizikadan testlarni o'zlashtirish darajalariga moslab tayyorlash; o'quvchilarning individual, guruh va jamoaviy ishlarini qo'shib o'tkazish; yangi bilimlarni bayon qilish jarayonida fizikaviy bilim manbalarini o'zaro uyg'unlashtirish; fizika ta’limi natijalarini ogohlantiruvchi ishoralar (biladibilmaydi, o'zlashtirgan - o'zlashtirmagan) va yakuniy ballai' bilan baholash. O'qish faoliyatiga aloqador o'zgaruvchan miqdorlar: aqliy faoliyat usullari (dalillardan xulosa chiqarish, bilimlarni yangi sharoitga ko'chirish, bir fizik hodisani ko'p dalillar bilan isbotlash, birliklami keltirish, berilgan bir necha fizikaviy dalil uchun umumiy xususiyatni ko'rsatish)ni egallash; fizikadan o'quv mehnati usullarini o'z so'zlari bilan (guruhlash, tasniflash, sabab va oqibat bog'lanishlarini ajratish va sh.k.) erkin aytib berish; fizikaga oid o'quv materiaii ustida ishlashning mantiqiy usullari (tahlil qilish, qayta birlashtirish, tatbiq qilish, o'zi va o `zgalar erishgan natijalami baholash)ni ongli o'zlashtirish; fizik mavzuiar bo'yicha laboratoriya mashg'uloti o'tkazish taitibini aytib bera olish; fizikadan yechilgan misol, masala, bajarilgan muammoli topshiriqda foydalanilgan bilim va faoliyat usulini tavsiflash; aytilgan fizikaviy qonun, ta’rifga misollar o'ylab topish, keltirilgan fizik misol, dalillarda qonun va ta’riflami ko`ra bilish. O'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga mansub o'zgaruvchan miqdorlarni yanada aniqlashtirish uchun tajribaning navbatdagi bosqichi o'tkazildi. Uchinchi bosqich 1999 - 2003-yillarda tashkil etildi. Bu bosqichda birinchi va ikkinchi bosqich uchun ajratilgan o'zgaruvchan miqdorlar to'liq saqlangan holda to`rt marta takrorlandi. Tajribani tashkil etishda mavzular inobatga olindi: 1999 / 2000 o`quv yilida «Mexanik harakat», 2000 / 2001 o‘quv yilida «Massa va zichlik», 2001 / 2002 o`quv yilida «Energiya» va «Jismlarning muvozanati», 2002 / 2003 o‘quv yilida «Modda tuzilishi haqida boshlang'ich ma’lumotlar» mavzusida izlanishlar o'tkazildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi umumta’lim maktablari fizika ta’limining davriyligi pedagogika va metodikada ilk bor alohida tadqiqot predmeti sifatida ajratildi, o'qitish materiallarida fizika taTimining davriy harakati muhim qonuniyatlardan biri sifatida asoslandi, ta’limni davriy tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish nazariy va amaliy jihatdan bayon qilindi. Shu bilan birga, fizika ta’limi davrlarini ajratish mezonlari keng tahlil qilinib, fizika ta’limi davrlariga tavsif berildi. Bular yana bir yangilikka - fizika ta’limini davriy tashkil etish amaliyotiga zamin yaratdi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizikadan o`quv materialini to`liq o`zlashtirish texnologiyasining ilk tamal toshi qo‘yildi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati sifatida tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan fizika ta’limini boshqarish yo’llari - davriylik texnologiyasidan o`rta maktab fizika ta’limida foydalaniladi. Taklif etilayotgan fizika ta’limining davriylik texnologiyasidan didaktik adabiyotlar, darslik va o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda foydalanish mumkin. Fizika ta’limida davriylik texnologiyasi g'oyalarini umumiy o`rta maktabdagi boshqa o’quv predmetlarini o`qitishda va ta’limning boshqa bosqichlarida ham qo`llash mumkin. Tadqiqotda ilgari surilayotgan g`oyalardan mustaqil va masofaviy ta’limning yangi shakllarini yaratish va o`qituvchilar malakasini oshirish tizimida foydalaniladi. Pedagogik muammolami, ayni holatda, fizikadan ta’lim davriyligini o `rganish - tadqiqotchi tanlagan konsepsiyaga ko`p jihatdan bog`liq.
Biz ta’lim jarayoni aktini «genetik hujayra» - fizika taTimining elementall bo’lagi sifatida ajratib, aktlardan bosqichlaming, bosqichlardan ta’lim davrlarining shakllanishini kuzatishni mo`ljalga oldik. Hozir didaktik hodisalaming o`rganishning aksariyat tadqiqotchilar tan olgan ikkita yetakchi konsepsiyasi mavjud:
1) an’anaviy qarash. Ta’limni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning an’anaviy konsepsiyasi va unga oid pedagogik amaliyot o'quvchini, uning faoliyatini ta’limning predmeti sifatida tasavvur etishga asoslangan bo`lib, unda ta’lim asosan o`quvchilar xotirasiga m o`ljallab o`tkaziladi. Bu qarash pedagogik nazariya va pedagogik amaliyotga shunchalar singib ketganki, hatto zamonaviy pedagogik texnologiya namoyandalari ham, ilg`or o`qituvchilar ham, turli didaktik loyiha - konsepsiya, dastur, darslik mualliflar ham shu g’oya doirasidan chiqib ketisha olmayapti;
2) zamonaviy qarash. Zamonaviy konsepsiya va unga oid pedagogik amaliyotda o'quvchi va uning faoliyati - o‘qish, o‘rganish ta’lim subyektlaridan biri deb qaraladi. Bunday qarashda koordinatsiya – o`qitish va o'qish faoliyatlarining o'zaro muvofiqlashuvi, hamohangligi ta’limni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning yetakchi prinsipiga aylanadi. Zamonaviy konsepsiyada fizika ta’limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish o'quvchilaming ham xotirasi, ham tafakkuriga mo'ljallab o'tkziladi. Shunday yo'l bilan mustaqil fikrlay oladigan, o'quv predmetini o'rganishga astoydil intiladigan, o'z bilimi, malakasi, ijodiy faoliyatini uzluksiz rivojlantiradigan yoshlami, komil insonlami tayyorlash mumkin.
O'quv qo'llanmada mazkur konsepsiya g'oyalari asosida ta’lim jarayoni davriyligi o'rganilgan va natijalari keltirilgan
O‘quvchilar o‘quv jarayonida fizik hodisa, jarayonlarni va ulardagi qonun va qonuniyatlarni o‘rganish bilan birga, olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay bilish, nazariyani amalda sinab ko‘rish maqsadida ma‘lum qonunlar va formulalarga bog‘liq bo‘lgan fizik nostandart masalalarni yechishga o‘rganib, ko‘nikma va malakalar hosil qilishlari va ularni rivojlantirib bormoqlari zarur. Darsning asosiy qismi yangi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bu jarayon ko‘proq amaliy xarakterdagi yangi bilimlarni olish bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Nostandart masalalar tuzilmasini o‘rganilgan material bo‘yicha bilimlarni takrorlash va baholashni, yangi malakalarni shakllantirishni va mavjudligini rivojlantirishni, bilim va malakalarni yangi sharoitda qo‘llashni, uy vazifasini o‘z ichiga oladi. Fizikadan masalalar yechish darsi tuzilmasini quyidagicha havola etib kelingan:
1 Ishning maqsadini aniqlash.
2 Ishni bajarish tartibini nazariy asoslash.
3 Ishni bajarish namunasi (o‘qituvchi tomonidan mazmuni mos masalani namuna sifatida yechib ko‘rsatish).
4 O‘quvchining mashqlari (mustaqil masala yechish)
5 Xulosa chiqarish va yakunlovchi suhbat.
6 Uyga vazifa berish.
Masala yechish darsi mazmunining o‘ziga xos hususuyati nazariy bilishning ikkita
yakunlovchi bosqichi: nazariy natijalarni keltirib chiqarishga va nazariy xulosalarni amaliy qo‘llashga mos keladi.
Dars boshlanishidagi takrorlash nazariyaga kiruvchi muhim elementlarni: faktlarni, modellarni, fizik kattaliklarni, qonunlarni aniqlab olish bilan bog‘liq bo‘lgan takrorlash jarayonining ikkinchi bosqichida tegishli nazariy bilimlarni dolzarbligini oshiradi va keyingi bosqichlarga (nazariy natijalar va amaliy qo‘llashlar, tajriba) ularni yana rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Shuni takidlab o‘tish lozimki, o‘qituvch qo‘lida mazkur darsning reja - konspekti bo‘lishi shart, unda mazkur dars rejasi, blits so‘rov savollari, echiladigan masalalarning echimlari va natijaviy xulosalar bo‘lishi shart bo‘lib, masala yechish darsining asosiy uslubini belgilaydi.
Ilm va texnikaning yutuqlari, vatanimiz olimlarining ilmiy kashfiyotlari, ilg‘or
g‘oyalari va ilmiy qarashlari bilan o’quvchilarni tanishtirishda, masala ishlash muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masala ishlashning tarbiyaviy jihati shundaki, u o’quvchilarni mehnat qilishni sevishga, irodali bo‘lishga, maqsadga intilishga tirishqoqlik bilan kelajakda yosh avlodni o‘qitish uchun o‘zlarining metodik tayyorgarligini yetarli darajada bo‘lishini ta‘minlashdan iborat. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida fizikani o‘qitishda har bir mavzu nazariy tushuntirilgan so‘ng, o‘quvchilarga mavzuni mustahkamlash sifatida turli xildagi va shakldagi topshiriqlarni bajartirish orqali amaliy tatbiqini ko‘rish, o‘quvchilarning o‘tilgan
mavzu mazmun-mohiyatini chuqurroq tushunishlariga olib keladi. Bunda o‘qituvchining topshiriqlarlarni tuzishga kreativ yondoshuvi, topshiriqlarni nostandart va turli shaklda bo‘lishi, o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini va faolliklarini ortishiga zamin yaratadi.