1.Fiziologiya fanining predmeti, vazifalari, mohiyati..
Fiziologiyaning asosiy maqsadi organizmda kechayotgan turli fiziologik - biokimyoviy jarayonlarni a’zo, to‘qima, hujayra, membrana vaorganella darajalarida chuqur o‘rganish va ularga faol ta’sir qilib, hohlagan tomongayo‘naltirishdan iborat. Fiziologiyani umumiy, qiyosiy va xususiy qismlarga ajratiladi. Umumiy fiziologiya muhit ta’siriga tirik materiya javob berishining umumiy qonuniyatlarini, har bir organizmgaxos bo‘lgan asosiy hayotiy jarayonlarni o‘rganadi, tirik tabiatni o‘liktabiatdan farqlovchi sifat jihatidan o‘ziga xos xodisalarnitekshiradi. Xujayra fiziologiyasiumumiy fiziologiyaning bo‘limlaridan biridir. Maxsus vazifalariga ega bo‘lgan patologik fiziologiya fiziologik fanlarning alohidabo‘limidir. Normal fiziologiya sog‘lom organizmdagi hayotiy jarayonlarni o‘rgansa, patologikfiziologiyaorganizmda patologik jarayonlarning ro‘y berishi, rivojlanishi va o‘tishining umumiyqonuniyatlarini, ya’ni kasalorganizmhayot faoliyatining maxsus belgilarini o‘rganadi, kasalorganizm shu belgilari bilan sog‘lom organizmdan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |