50. O‘pka ventilyasiyasiga ta’sir etuvchi kimyoviy vositalar. Nafasni nerv va gumoral boshqarilishi. Nafas markazi. Turli sharoitda nafasning o‘zgarishi.
Varoliy ko‘prigida ham nafasni boshqarishda ishtirok qiladigan neyronlar bor. Bu neyronlar yig‘indisi pnevmotaksik markaz, deb ataladi. Uning vazifasi nafas bosqichlari almashishini ta’minlashdan iborat. Pnevmotaksik markazning shikastlanishi nafas olishni juda cho‘zib Yuboradi, nafas nihoyatda chuqur-lashadi. Nafas markazining faolliliga xemoretseptorlardan va nafas tizimining mexanoretseptorlaridan keladigan afferent impulslar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu impulslar nafas olish oxirida bu faollikni to‘satdan tugashini ta’minlaydi. Xemoretseptorlardan keladigan impulslar qanchalik kuchli bo‘lsa, inspirator neyronlarning qo‘zg‘alishi va nafas olish shunchalik tez rivojlanadi va natijada nafas olish, bosqichi ana shunchalik tezlikda nafas chiqarish bosqichiga o‘tadi. Natijada nafas olish chuqurlashib, tezligi ortadi. Nafas olish va chiqarish neyronlariga o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alish, ya’ni avtomatiya xos. Ammo nafas markazining avtomatiyasi Yurak avtomatiyasidan farq qiladi. Nafas markazlari neyronlari o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib turishi uchun birinchidan ular o‘rtasidagi aloqadorlik saqlangan bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, nafas neyronlarning retseptorlarga aloqadorligi saklangan xolda, ularga afferent impulslar kelib turishi darkor.