1. Fiziologiya fanining predmeti, vazifalari, mohiyati



Yüklə 42,7 Kb.
səhifə23/25
tarix28.12.2021
ölçüsü42,7 Kb.
#48234
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Fizo javoblar

Antigenlar-murakkab organik moddalar bo'lib,ular organizmda o'ziga qarshi ixtisoslashgan javob reaksiyasi kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Mikroblar,viruslar, turli xil parazitlar,yot hujayralar to'qimalar,bazida esa organizmning genetik jihatdan o'zgargan hujayralari antigenlik xususiyatiga ega.Bundan tashqari yot hujayralar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda sun'iy yo'l bilan sintezlangan yuqori molekulali moddalar ham antigen rolini o'ynashi mumkin. Odam organizmida antitelolardan tashqari, yana bir qator gumoral immunitet omillari bor. Ko‘pgina to‘qima va suyuqliklarimizda lizotsim uchraydi. U hujayra membranasini emirib, xalokatga olib keladi. Sog‘lom odamning qon plazmasida oqsilsimon omil - properdin uchraydi. U bakteritsid xususiyatga ega va viruslarga qarshi kurashadi. hujayralarimiz interferon degan suvda eruvchi oqsil ishlab chiqaradi. Interferon organizmda viruslarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Antitelolar gemoral immunitetning spetsifik omillari bo‘lsa, lizotsim, properdin, interferonlar bu tizimning nospetsifik omillari xisoblanadi.

47. Nafas tizimining tuzilishi. Hujayra va hujayradan tashqaridagi nafas. Nafas tizimining tuzilishi. Ko‘krak qafasi va plevra. Nafas mexanikasi. Nafas muskullari. O‘pka va plevra bosimi. Nafas sikli. Nafas yo‘llarining qarshiligi. O‘pkaning elastikligi. O‘pka hajmlari. O‘pka va alveolalar ventilyasiyasi.

Organizm hujayralariga uzluksiz ravishda kislorod etkazib berib, ularda hosil bo‘lgan korbonat angidridni chiqarib turish kerak. Bu nafasning moxiyati xisoblanadi. Inson va hayvonlarning hujayralari atmosfera xavosidan bevosita kislorod olib, karbonat angidrid ajrata olmaydi. Bu jarayon nafas a’zolari va qon faoliyati tufayli Yuzaga chiqadi. Kislorodning to‘qimaga etkazilishi: 1) atmosfera xavosining o‘pka avleolalariga nafas yo‘llari orqali etkazilishi; 2) kislorodning alveoladagi xavodan o‘pka kapillyarlaridagi qonga diffuziyalanib o‘tishi; 3) kislorodni qon tarkibida to‘qima kapillyarlariga etkazilishi; 4)kislorodni bu kapillyardan to‘qimaga diffuziya yo‘li bilan o‘tishi orqali amalga oshiriladi. Karbonat angidridni chiqarib tashlash ham shu to‘rt bosqichda bo‘ladi. Ammo bosqichlar tartibi aksincha bo‘ladi. Bu bosqichlar uzluksiz ravishda va ayni bir vaqtda sodir bo‘ladi. O‘pka alveolalari bilan tashqi muhit o‘rtasida xavo almashinishi tashqi nafas deb ataladi. Uni ko‘krak qafasining bir me’yordagi harakatlari Yuzaga chiqaradi. Nafas harakatlari ikki bosqichdan: 1) nafas olish – inspiratsiya va 2) nafas chiqarish – ekspiratsiyadan iborat. Nafas olinganda kislorodga boy atmosfera xavosi alveolalarga kiradi, nafas chiqarganda esa karbonat angidridga boy xavo tashqariga chiqadi. Nafas olib, nafas chiqarishdagi xavo harakatlari ko‘krak kafasi xajmining oldin kattalashib, keyin kichiklashishiga bog‘liq
48. Gaz almashinuvi. Parsial bosim. Aerogematik barer. O‘pkada gaz almashinuvi. Kapillyarlarda gaz almashinuvi. Gazlar transporti. Kislorod va karbonat angidridning qon bilan tashilishi. Qondagi gaz tarkibining izdan chiqish holatlari. To‘qimalarda gaz almashinuvi.

Ochiq joydagi atmosfera havoning gazlar tarkibi: 20,94% kislorod, 0,03% karbonat angrid va 79,03% azotni tashkil qi-ladi. Nafasdan chiqqan xavoda 16,3% kislorod, 4% karbonat angrid va 79,7% azot bo‘ladi. Alveolyar xavo tarkibida 14,4% kislorod, 5,6% karbonat angrid va 80% azot bo‘ladi. Alveolar yo‘llar devorining yarim sharsimon bo‘rtig‘i diametri 150-300m km. Odamning har bir o‘pkasida 400mln atrofida alveolalar bo‘ladi. Alveola devorining tashqi Yuzasi kapillyar bilan qoplangan. YUzasining umumiy satxi 90-100m2. o‘pka kapillyarlardagi qonni alveolalar ichidagi xavodan aerogematik to‘siq ajratib turadi. Bu to‘siq al-veolalarining ichi Yuzasini qoplagan surfaktant qavatidan, alveolalar epiteliyida ular orasidagi asosiy membranadan, kapillyarlarning asosiy membranasidan va endo-telial xujayralar qavatidan iborat. Gazlar almashuvi jarayoni ana shunday 5 qavat to‘siqdan va eritrotsit membranasidan o‘tish kerak. Alveolar xavoning bosimi 760mm s.u ga teng bo‘lib shundan 47mm s.u suv bug‘iga to‘g‘ri kelsa, qolgan 713mm s.u. kislorod, azot va karbonat angridga to‘g‘ri keladi. Alveolar xavoda kislorodning porsial bosimi 102mm s.u. ga karbonat angridniki 40mm s.u. ga teng. To‘qimalarda kislorodning porsial bosimi 20-40mm s.u. ga teng, karbonat angridniki 60mm s.u. ga teng arterial qonda bu gazlarning tarangligi 100 va 40mm s.u. ga teng. Kislorodning porsial tarangligidan 60-80mm s.u. ga teng farq to‘qimaga qaratilgan.

Yüklə 42,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin