1. Fiziologiya fanining predmeti, vazifalari, mohiyati



Yüklə 42,7 Kb.
səhifə24/25
tarix28.12.2021
ölçüsü42,7 Kb.
#48234
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Fizo javoblar

49. Nafasni boshqarilishi. Miya sopidagi nafas markazlari. Xemoretseptorlar va mexanoretseptorlarning nafasni boshqaruvidagi ahamiyati. Nafas chastotasini boshqarilishi. XIX asr oxirlarida N.A.Mislavskiy nafas markazi uzunchoq miyaning IV qorincha tubida joylashganini aniqladi. U bu markazning juftligi, har yarmi tananing o‘z yarmidagi nafas mushaklarini boshqarishi, har qaysi nafas markazi nafas olish va chiqarishni boshqaruvchi qismlardan iborat ekanini aniqladi. Uzunchoq miyada bir necha guruh nafas neyronlari joylashgan. Ularning impuls-larni Yuzaga chiqarish faolligi nafas bosqichlariga bog‘liq xolda o‘zgaradi. Nafas olinganda impulsni Yuzaga chiqarish faolligi ortadigan inspirator neyronlar va bu faollik nafas chiqarilganda oshadigan ekspirator neyronlar tafovut qilinadi. Bundan tashqari, nafas bosqichlari almashganda (nafas olish to‘xtab, nafas chiqarish boshlanganda yoki nafas chiqarish to‘xtab, nafas olish boshlanganda) qo‘zg‘aladigan neyronlar ham bor. Nafas neyronlarining deyarli hammasi ikkita yadrolar guruhida joylashgan. Bu uzunchoq miyaning dorsal va ventral yadrolaridir. YAdrolarning dorsal guruhini tashkil qiluvchi neyronlarning ko‘p qismi inspirator neyronlar. Ularning aksonlari diafragma asabini hosil qiluvchi motoneyronlarda tugaydi (orqa miyaning bo‘yin segmentlarida).

Yüklə 42,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin