1. Fiziologiya fanining predmeti, vazifalari, mohiyati


Uyqu va tush ko‘rish. Gipnoz. Adaptatsiya asoslari



Yüklə 42,7 Kb.
səhifə17/25
tarix28.12.2021
ölçüsü42,7 Kb.
#48234
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Fizo javoblar

36.Uyqu va tush ko‘rish. Gipnoz. Adaptatsiya asoslari.

Uyqu va tush ko'rish.gipnoz.Adaptatsiya asoslari Uyqu. Uyqu vaqtida odam xushini yo‘qotadi, MAT ning xususan miya po‘stlog‘ining faolligi pasayadi, mushaklar tonusi va sezgirligi susayadi. Ichki a’zolar faoliyati ham sekinlashadi. Uyquning bir necha turi bor: 1) kecha kunduzgi davriy uyqular. Bu uyqu oddiy sharoitdagi fizalogik xolat; 2) gipnotik uyqu. Bu maxsus sharoitda gipnozchi tomonidan ishontirish yo‘li bilan paydo qilinadi; 3) faslga bog‘liq davriy uyqu; 4) narkotik uyqu Buni maxsus narkotik moddalar chaqiradi va 5) patalogik uyqu. Bunday uyqu ayrim xastaliklar tufayli paydo bo‘ladi. Tush kurish. Uyquda ma’lum ta’sirot va obrazlarni idrok qilish xolatlari uchrab turadi. Ongning o‘zigagina xos bo‘lgan bu xolatni tush kurish deyiladi. Tush ko‘rish uyquning tez davrida sodir bo‘lishi, uning po‘stloq hujayralari faoliyati natijasi ekanligini bildiradi. Bu faoliyatni doimo mavjud bo‘lgan kuchsiz ta’sirotlar kuchaytiradi.Ular turli tuyg‘ularni Yuzaga chiqaradi, bu tuyg‘ular ko‘rilayotganda tushga aralashib ketadi.


37.Yurakning tuzilishi. Yurakning joylashuvi. Yurak - nasos sifatida. Yurak klapanlari, Yurak devorlari. Yurakning elektr faolligi.. Yurak muskullarining xususiyatlari. Peysmarkerlarning faolligi.

Yurak fiziologiyasi. Qon harakatini Yurak ta’minlaydi. Yurakni “chap Yurak” va “o‘ng Yurak” larga ajratiladi. Ularning har biri bo‘lim va qorinchadan iborat. Qon kislorodni to‘qimalarda qoldirib, o‘ng Yurakka oqib keladi va o‘pka tomon yo‘l oladi. qon o‘pkada kislorodga to‘yinib, chap Yurakka qaytadi, u qonni yana butun organizmga tar-qatadi. Qonning o‘pka qon tomirlari orqali o‘ng Yurakdan chap Yurakka harakati o‘pkada qon aylanishini, ya’ni kichik qon aylanish doirasini tashkil qiladi. Qolgan boshqa a’zolarning qon bilan ta’minlanishini (va ulardan qonning qaytib kelishi) tizim qon aylanishi, yoki katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Bu ikkala bo‘lim birlashib, yagona qon aylanish tizimini tashkil qiladi, chap va o‘ng Yurakda qonga kinetik energiya beriladi. YUrakning qon xaydashi birin-ketin bo‘shashishi (diastola) va qisqarishiga (sistola) bog‘liq. Diastola vaqtida bo‘lmalar va qorinchalar qonga to‘ladi, sistola vaqtida esa qon qorinchalardan yirik arteriyalarga - aorta va o‘pka arteriyasiga otilib chiqdi. Bu arteriyalar Yurakdan chiqadigan joyda yarim oysimon qopqoqlar bor, ular qonning Yurakka qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bo‘lmalar va qorinchalar o‘rtasida ham ikki (chap tomonda) va uch (o‘ng tomonda) tavaqali qopqoqlar bor. Ana shu qopqoqlar qorinchalar sistolasida qonni qorinchalardan bo‘lmalarga qaytishiga to‘sqinlik qiladi


38.Yurakda qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi. Yurak muskullarining membrana potensiali. Refrakterlik davri. Elektrokardiografiya.Yurak sikli mexanikasi. Sistola va diastolada elektr jarayonlari, qonning hajmi va bosim o‘rtasidagi bog‘lanishlar.

YUrak mushagining qo‘zg‘aluvchanligi. Asab hujayralari, ko‘ndalang-targ‘il mushaklardagi kabi, kardiomiotsitlarda ham harakat potensiali membrana potensialini tez o‘zgarishidan boshlanadi. U tinchlik potensiali darajasidan (-90 mV) harakat potensialinikiga (30 mV) etadi. Buni tez depolyarizatsiya bosqichi 1 - 2 ms ni tashkil qiladi. Kardiomiotsitlar membranasining depolyarizatsiyasi sust natriy-kaliy kanallarni faollaydi. hujayra ichiga qaratilgan kalsiy oqimi harakat potensialida yassilik (plato) rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Plato davomida natriy kanallari inaktivatsiyaga uchraydi va hujayra mutloq refrakterlikda bo‘ladi. Bu davr 270 ms davom etadi. Ayni payt kaliy kanallari faollashadi va tashqariiga qaratilgan kaliy oqimi membranani tezda repolyarizatsiyalaydi. Kalsiy kanallarning yopilishi bu jarayonni tezlashtiradi. Membrananing repolyarizatsiyasi kaliy kanallarining asta-sekin yopilishi va natriy kanallarining faollashuviga olib keladi. Miokard hujayralarning qo‘zg‘aluvchanligi tiklanadi. Bu nisbiy refrakterlik davri 30 ms davom qiladi. Potensiallar oralig‘idagi davrda membrana potensiali deyarli bir doimiy miqdorda (-90 mVatrofida) saqlanib turadi. Ritm etakchisi bo‘lmish sino-atrial tugun hujayralarda sodir bo‘ladigan elektr xodisalar boshqacha.


39.Yurak tonlari. Yurak ishini boshqaruvi. Yurak ishini ko‘rsatkichlari. Yurak urish chastotasi. Yurakning sistolik va minutlik hajmlari. Yurak muskullarining ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi.

YUrak ishlab turganda o‘ziga xos tovushlar eshitiladi, bu tovushlar, Yurak tonlari deb
ataladi. Ularni stetaskop yordamida eshitish va fonokardiograf yordamida magnit tasmasiga
yozib olish mumkin. YUrakning birinchi toni qorinchalar sistolasida eshitiladiganligi sababli uni sistolik ton, deb ataladi. Bu ton cho‘ziqroq, bo‘g‘iq va past bo‘ladi. Tavaqali qopqoqlar bilan pay iplari tebranishining va qorinchalardagi mushaklarning qisqarishidan birinchi ton kelib chiqadi. YUrakning ikkinchi toni qorinchalar diastolasiga mos kelganligi uchun diastolik ton deb ataladi. Ikkinchi ton kalta va baland bo‘lib, yarim oysimon qopqoqlar yopilganda paydo bo‘ladi. YUrak qopqoqlari faoliyatini alohida-alohida eshitish mumkin. Ikki tavakali qopqoq Yurak cho‘qqisida yaxshi eshitiladi. 4-5 qavurg‘alar to‘sh suyagiga yopishgan joy o‘r-tasida uch
tavaqali qopqoqni faoliyatini eshitgan qulay, to‘sh suyagining o‘ng tomonida 2 qovurg‘alar oralig‘da aorta qopqog‘i, shu qovurg‘a oralig‘ida, chap tomonda, o‘pka arteriyasi qopqog‘I faoliyat toni yaxshi eshitiladi

Yüklə 42,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin