22.Vegetativ gangilyalar. Vegetativ nerv tizimi tolalari va neyrotransmitterlarning xususiyatlari.VAT ning periferik qismini simpatik tugunlar va ularga aloqasi bo‘lgan afferent va efferent tolalar tashkil qiladi. Bosh chanog‘i asosidan dumg‘azagacha tushgan umurtqaning ikki yonida joylashgan umurtqa oldi tugunlar chegara smvollarini tashkil etadi. CHegara stvol tartibidagi tugunlar bir – birlariga komissurlar orqali, orqa miya asablari bilan oq va kulrang tarmoqlar orqali bog‘langan. Uzunchoq miyaning markaziy qismidan chiqqan preganglionar tolalar bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shliqlaridagi a’zolarga sayyor asab tarkibida o‘tadi. PAT ning dumg‘aza bo‘limi orqa miyaning dumg‘aza segmentlarini yon shohlarida joylashgan. Tolalar bu erdan chanoq asabi tarkibida chanoq a’zolariga yo‘naladi. PATning afferent yo‘llari sayyor asab tolalarining asosiy qismini tashkil etadi.