21.Vegetativ nerv tizimi. Vegetativ refleksning refleks yoyi.Vegetativ va somatik refleks yoylarining farqi. Vegetativ nerv tizimi-ichki a’zolar, bezlar va limfa tomirlari, silliq va qisman ko‘ndalang-targ‘il mushaklar faoliyatini boshqarib turadi va odam idrokiga bo‘ysinmaydi. Somatik asab tizimi organizmning tashqi muhit bilan afferent va efferent aloqalarini ta’minlasa, VATning asosiy vazifasi ichki muhit barkarorligini saklashdir. VAT tuzilishi va faoliyatiga ko‘ra simpatik, metasimpatik va parasimpatik qismlariga bo‘linadi. Simpatik va parasimpatik tizimlar markaziy va periferik qismlardan tashkil topgan.Vegetativ reflektor yoylar ichki a’zolarda qon tomirlarda joylashgan turli retseptorlardan boshlanadi. Ichkia’zolaridan interoretseptorlar mexanik taassurotni, ichki muhit tarkibiy o‘zgarishlarini(suYuqliklarning rN, xajmi) osmotik bosimi, elektrolitlar tarkibi, kislorod va karbonat angidrittarangligini o‘zgarishini sezadi. Bu retseptorlarning faoliyatidagi muhim xususiyati shundakiular energiyaning faqat bir turiga sezgir. Masalan, rN o‘zgarganda qo‘zg‘aladigan retseptorbosim o‘zgarishiga befarq.