Markaziy nerv tizimi tomonidan vegetativ nerv tizimini boshqaruvi. Somatik nerv tizimi. Motoneyron. Somatik funksiyalarni boshqaruvi. Nerv-muskul kontaktlar
24.Markaziy nerv tizimi tomonidan vegetativ nerv tizimini boshqaruvi. Somatik nerv tizimi. Motoneyron. Somatik funksiyalarni boshqaruvi. Nerv-muskul kontaktlar. Tinchlik holatida hujayraning ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potensialga ega. Tinch holatda bo‘lgan nerv hujayrasi membrana potensiali taxminan 70-95 mV ga tengdir. Xodchkin va Xaksli nazariyalariga muvofiq, membrana potensialiningkattaligi bir necha omillarga bogiiq: har xil ionlar uchun hujayra membranasining selektivo‘tkazuv chanligi, hujayra sitoplazmasi va sirtida ionlar konsentratsiyasi har xil bo‘lishiga, (ionlar assimmetriyasi), ionlar faol transportini ishlash prinsipiga va h. k. Lekin bu omillar bir-biri bilan uzviy bog’ liqdir. Bu potensiallar farqi tinchlik potensiali yoki membrana potensiali deb ataladi
25. Atsetilxolin. Atsetilxolinesteraza.Noradrenalin, adrenalin. Boshqa mediatorlar. Ayrim moddalarning sinapslar o‘tkazuvchanligiga ko‘rsatadigan ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar.VATning sinapislari va mediatorlari. VAT tuzilmalari uch turdagi sinapslar – elektrik, kimyoviy va aralash sinapslar yordamida bir-biri bilan bog‘langan. Eng ko‘p tarqalgani kimyovmiy sinapsdir. VAT ning kimyoviy sinapslari somatik asab tizimi sinapslaridan uncha farq qilmaydi. Ammo VAT sinapslarining preganglionar va postganlionar tuzilmalari xilma –xildir. Somatik asab tizimi sinapslarida neyron bilan neyron, neyron biln ko‘ndalang targ‘il mushak to‘zilmalari ishtirok etsa, VAT sinapslari hosil bo‘lishida neyronlar, silliq mushaktolalari, Yurakning ko‘ndalang-targ‘il mushagi va bez xujayralari ishtirok etadi. VAT sinapslarida o‘ndan ortiq kimyoviy moddalar mediator vazifasini bajaradi. Atsetilxolin, serotonin va boshqa biogen aminlar, ATF va ba’zi aminakislotalar shular jumlasidan. Bu mediatorlarni ishlab chiqaradigan neyronlar xolinergik, adrenergik, serotoninergik, purinergik va xakozo neyronlar deb ataladi.Atsetilxolin. Bu modda barcha preganglionar tolalarning oxirlarida va skelet mushaklaridagi tomirlarni kengaytiruvchi va ter bezlarini nervlovchi simpatik post-ganglionar tolalar oxirlarida ajraladi. Demak, atsetilxolinga sezgir bo‘lgan postsinaptik membranadagi retseptorlar bir xil emas. Ulardan ba’zilari nikotin bilan ta’sirlaganda, xuddi atsetelxolin bilan bir qatorda qo‘ziqorin zahari-muskaringa sezgirligi sababli muskarin-xolinoretseptorlar deb ataladi.