26.Simpatik nerv tizimining adaptatsion-trofik funksiyalari. Para- va metosimpatik tizimlarning visseral funksiyalarni boshqaruvidagi ahamiyati.
Simpatik tizimning qo‘zg‘alishi ko‘z qorachig‘ini kengaytirsa, parasimpatik tizim uni aksincha toraytiradi. Ammo bu refleksda VAT bo‘limlari o‘rtasida qarama-qar-shilik ham, hamkorlik ham yo‘q. Gap shundaki, parasimpatik asab rangdor pardaning halqa mushaklarini, nervlaydi. Demak, bu asablarning effektori boshqa. Simpatik va parasimpatik tizimlar faqat bitta effektorni nervlagandagina, raqiblik yoki hamkorlik to‘g‘risida gap Yuritish mumkin.Simpatik chegara stvoli butunlay olib tashlangan hayvonlarda bir qaraganda ichki a’zolar faoliyati uncha o‘zgarmaydi. Ammo, issiq va sovuqqa, umuman boshqa muhit o‘zgarishlariga yaxshi moslasha olmaydi. Zararlovchi omillarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati susayib ketadi. Simpatoektomiya qilingan hayvonlarda xavf tugilganda Yurak urishini tezlashishi, qorachiqning kengayishi, skelet mushaklarining tomirlari kengayishiga o‘xshash ximoya reaksiyaalari kuzatilmaydi.
27.Retseptorlarning turlari. Retseptor potensiali, retseptorlarning adaptatsiyasi. Afferent signallarning o‘tkazuvchi yo‘llari. Signallarni ajratish aniqligi. Sezish. Og‘riq retseptorlari va og‘riq mexanizmlari. Analgetik tizimi.
Analizatorlarning umumiy fiziologiyasi. har qanday organizm o‘z hayotini va turini davom ettirish, xavf-xatarlardan o‘zini ximoya qilish, maqsadga erishish uchun vaqt va fazoni, tashqi muhitning asosiy hossalarini yaxshi xis etishni sensor tizimlar orqali amalga oshiradi. Sensor tizimining sodda yoki murakkabligidan qat’iy nazar uch qismga ajratiladi: 1) ta’sirotlarni qabul qiluvchi, ixtisoslashgan retseptor neyron; 2) retseptor neyronlar birligi yoki bir guruh birliklaridan kelgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi birlamchi markaz; 3) birlamchi markazlardan kelgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi bitta yoki bir nechta ikkilamchi va birlashtiruvchi markazlar. YUqori darajada rivojlangan organizmlarda birlashtiruvchi markazlar bir-biriga bog‘langan. Ularning o‘zaro munosabatlari orqali ichki va tashqi muhit o‘zgarishlari idrok qilinadi. Sensor tizim faoliyati ta’sirotlarni retseptorlardan qabul qilishdan boshlanadi. Ixtisoslashgan retseptorlar fizikaviy omillarni harakat potensialiga aylantiradi. harakat potensiallari yoki asab impulslari o‘z navbatida ma’lum sezgini shakilovchi markazga uzatiladi. Markazga etib kelgan impulslardan ma’lumot olinadi, ya’ni markazga impulslarni etib kelishini o‘zi mazkur tizimga daxldor o‘zgarish ro‘y berganidan darak beradi. Markazga o‘tkazilayotgan impulslar tezligi rag‘bat kuchi va idrok qilinayotgan jismning katta kichikligini ifodalaydi
28.Ko‘ruv sezgisi. Ko‘zning tuzilishi. Nurni sindiruvchi strukturalar. Akkomodatsiya. Fototransduksiya, To‘r pardasining tuzilishi. Kolbachalar va tayoqchalar. Fotokimyoviy jarayonlar. Elektroretinogramma. YOrug‘lik va qorong‘ilikka moslashish. Ko‘z akkomodatsiyasi, qorachiq.
Ko‘ruv sensor miyaga tashqi muhitdan olinadigan axborotning 90% ini etkazadi. SHox parda, gavhar va shishasimon tana ko‘zning optik tizimini tashkil qiladi. Ko‘zning optik tizimi narsalarni kichraygan va teskari aniq ta’sirini to‘r pardada hosil qiladi. Uzoqdagi narsalarga qaralganda ko‘z optik tizimining umumiy nur sindirish quvvati 59 dioptriya atrofida bo‘ladi, yaqindagi narsalarga qaralganda 70,5 dioptriyagacha ko‘payadi. Buning sababi shundaki, uzoqdagi narsadan nurlar ko‘zga paralel tushadi va ularni to‘r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish zaruriyati bo‘lmaydi. YAqin masofadagi jismdan ko‘zga tarqoq nurlar tushadi. Ularni to‘r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish kerak. Bunga gavharning qavariqligini oshirish yo‘li bilan erishiladi. Gavharni qoplagan kapsulaning chetlari Sinn boylamlarga o‘tadi, ular kipriksimon tanaga birikkan. Sinn boylamlari doim tarang turganidan kapsulani tortib, gavharni siqadi va yassiroq shaklda ushlab turadi. Ko‘zning to‘r pardadan turli masofada turgan narsalarni ravshan ko‘rishga moslashuvi akkomodatsiya deb aytiladi
29Rangni farqlash nazariyasi. To‘r pardaning nerv elementlari orqali xabarlarni qayta ishlashi. O‘tkazuvchi yo‘llar. Binokulyar ko‘rish. Ko‘z harakati. Po‘stloqning ko‘ruv jarayonlaridagi ishtiroki.
Ko‘ruv sensor miyaga tashqi muhitdan olinadigan axborotning 90% ini etkazadi. SHox parda, gavhar va shishasimon tana ko‘zning optik tizimini tashkil qiladi. Ko‘zning optik tizimi narsalarni kichraygan va teskari aniq ta’sirini to‘r pardada hosil qiladi. Uzoqdagi narsalarga qaralganda ko‘z optik tizimining umumiy nur sindirish quvvati 59 dioptriya atrofida bo‘ladi, yaqindagi narsalarga qaralganda 70,5 dioptriyagacha ko‘payadi. Buning sababi shundaki, uzoqdagi narsadan nurlar ko‘zga paralel tushadi va ularni to‘r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish zaruriyati bo‘lmaydi. YAqin masofadagi jismdan ko‘zga tarqoq nurlar tushadi. Ularni to‘r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish kerak. Bunga gavharning qavariqligini oshirish yo‘li bilan erishiladi. Gavharni qoplagan kapsulaning chetlari Sinn boylamlarga o‘tadi, ular kipriksimon tanaga birikkan. Sinn boylamlari doim tarang turganidan kapsulani tortib, gavharni siqadi va yassiroq shaklda ushlab turadi. Ko‘zning to‘r pardadan turli masofada turgan narsalarni ravshan ko‘rishga moslashuvi akkomodatsiya deb aytiladi. Ko‘zni harakatlan-tiruvchi asab tarkibidagi parasimpatik tolalar akkomodatsiyani ta’minlaydigan kipriksimon mushaklarni nervlaydi.
30.Eshitish va muvozanat sezgisi. Quloqning tuzilishi. Tovush to‘lqinlari. Tashqi va o‘rta quloqlarning funksiyasi. Kortiy organida tovushning transduksiyasi. Tovush chastotasi, tembri va balandligi. Eshituv o‘tkazuvchi yo‘llari. Vestibulyar apparat. Tana holati va harakat sezgisi.Kimyoviy sezgi.
Tovush gazlar, suYuqliklar va qattiq jismlarda kuzatiladigan zarrachalarning tebranishi to‘lqin sifatida tarqaladi va maxsus a’zolarga ta’sir qilib, uni shikastlashi mumkin bo‘lgan mexanik xodisalardan xabardor qiladi. Tovush bir turga va boshqa turga mansub hayvonlar uchun o‘zaro muloqat vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Odam eshituv a’zolarining fiziologik hossalarini xisobga olib tebranishlarni uch xilga; chastotasi 20 Gs dan kam bo‘lgan odamning qulog‘i eshitmaydigan infratovushlarga, chastotasi 20 gs dan 20ming Gs gacha bo‘lgan odamning qulog‘i eshita oladigan tebranishlarga va eshitib bo‘lmaydigan, chastotasi 20 ming Gs dan Yuqori bo‘lgan ultratovushlarga bo‘linadi. Tovush to‘lqinlari havoda 335m s tezlikda tarqalib, tovush bosimini hosil qiladi. Bu bosim detsebellarda o‘lchanadi. Vaqt birligida maydon birligiga to‘g‘ri keladigan tovush energiyasi tovushning kuchini belgilaydi. YAkka chastotali tovushlarni, ton deb ataladi. Odatda tovush bir nechta chastotali tebranishlar natijasida kelib chiqadi. Tovush eshituv tizimiga tashqi quloq orqali kiradi. Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Nog‘ora parda tashqi va o‘rta quloq chegarasidir. o‘rta quloqda bir-biriga bog‘langan uchta eshituv suyakchalari - bolg‘acha, sandon va uzangi bor.
31.Ta’m bilish va hid bilish. Ta’m bilish retseptorlari. Ta’m sezgisining transduksiyasi. Ta’mni farqlash. Hid bilish sezgisi. Hid bilishning transduksiyasi. Hidlarni farqlash. Muskul-bo‘g‘im sezgisi. Taktil va bosim sezgisi. Og‘riq sezgisi. Mikravorsinkalardaretseptorning turli ta’mga ega bo‘lgan moddalarni tanlab o‘ziga biriktiradigan streospetsifikqismlari joylashgan. Ta’m kurtaklarining soni odamda 10 minga yaqin. Bu sensor tizimining birlamchi retseptorlari Yuqori burun yo‘lida joylashgan ikkita o‘simtaga ega. hujayra tanasining tepa qismida kiprikchalar bilan tugaydigan dendrit, asos qismida esa akson boshlanadi. Dendritning uchi cho‘qmor shaklida bo‘lib, undan 6-12 dona, uzunligi 10 mkm li juda ingichka tolalar o‘sib chiqqan. Kiprikchalarni maxsus bezlarning suYuqliklari qamrab olgan. Kiprikchalarning ko‘pligi va harakatlanishi xidli modda molekulasi bilan uchrashish extimolini oshiradi. Xid bilish retseptorlarining soni odamlarda 10 mln atrofidabo‘ladi. Ular tayanch hujayralar o‘rtasida joylashgan. Sovuqni sezuvchi va issiqni sezuvchi retseptorlar bor. Termoretseptorlar quyidagi hossalarga ega: 1)teri haroratini barqaror bo‘lib tu-rishida bu retseptorlarning qo‘zg‘alish chastotasi teri haroratiga proporsional bo‘ladi; 2) teri harorati ko‘tarilsa yoki pasaysa bu impulslar chastotasi ham ko‘payadi yoki pasayadi; 3) harorat o‘zgarishidan boshqa narsalarga sezgir emas; 4) retseptorlarni sezgirligi teridagi harorat o‘zgarishlarini sezish bo‘sag‘asiga yaqin; 5) termoretsepsiyani ta’minlovchi afferent tolalar yakka yoki juda kichik guruxdagi retseptorlarga bog‘liq. Bu tolalardan impulslarning o‘tishtezligi retseptorlarga bog‘liq. Bu retseptorlarning boshqa retseptorlardan farqi adekvat ta’sirlovchilarning yo‘qligida. Xaddan tashqari kuchli ta’sirotlar to‘qimalarni shikastlaydi, ular paydo qilgan og‘riq xaf-xatardan darak berib, ximoya reflekslarini vujudga keltiradi, organizmlarni shikastlovchi ta’sirotlardan saqlaydi
Dostları ilə paylaş: |