1. Fonemika Fonemalarning differensial va integral belgilari


Fonemalarning integral belgilari



Yüklə 20,62 Kb.
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü20,62 Kb.
#198263
1   2   3
1. Fonemika Fonemalarning differensial va integral belgilari-fayllar.org

Fonemalarning integral belgilari
Fonemalarning integral belgilari ularning o'zaro farqlanmaydigan
alomatlaridir. Masalan, «к» va «g» undoshlarining har ikkalasi portlovchi,
har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema artikulatsiya
usuli va artikulatsiya o'rniga ko'ra farqlanmaydi.

Fonologik oppozitsiya
Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta farqlanish belgisi asosida o'zaro zidlanish hosil qilishidir. Masalan, «р» (jarangsiz) va «b» (jarangli) undoshlari jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi: p-b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) - b (lab-lab), p (portlovchi) - b (portlovchi) kabi. Demak, undosh fonemalarga xos bo'lgan uchta fonologik belgidan - artikulatsiya o'rni, artikulatsiya usuli va jarangsizlik-jaranglilik belgilaridan faqat bittasi (so'nggisi) p-b oppozitsiyasiga asos bo'lgan. Shuning uchun u «birlik oppozitsiya» sanaladi. Prof. A. Abduazizovning ta'kidlashicha hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bor :
1. Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi va to'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra: a) labial-til oldi (dental, alveolyar) undoshlar oppozitsiyasi: (p-t) + (b-d) + (m-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + (v-I)+ (v-r); b) labial-til o'rta undoshlari oppozitsiyasi:(f-y) + (v-y); d) labial-til orqa undoshlari oppozitsiyasi: (p-k) + (b-g) + (f-x) + + (v-g'); e) labial bo'g'iz undoshlari oppozitsiyasi: (f-h) + (v-h); d) til oldi-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: (t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g‘) + (nng); f)til oldi- bo'g'iz undoshlari oppozitsiyalari: (s-h) + (z-h) + (sh-h)+ (j-h) + (ch-h) + (dj-h); Bunda ch-h va dj-h zidlanishlari «ikkilik oppozitsiya bo'ladi», chunki ularda «til oldi-bo'g'iz undoshi» belgisidan tashqari, ikkinchi differensial belgi ham bor: ch (qorishiq portlovchi) - h (sirg'aluvchi), dj (qorishiq portlovchi) - h (sirg'aluvchi) kabi.
2. Artikulatsiya usuli va to'siqning qanday hosil bo'lishiga ko'ra:
a) portlovchi-sirg'aluvchi undoshlar oppozitsiyasi: (p-f) + (b-v) + (t-s) + (d-z) + (t-sh) + (d-j) + (k-x) + (g-g‘) + (q-x) + (k-h) + (g-h); b) portlovchiaffrikatalar oppozitsiyasi: (t-ch) + (d-dj); d) sirg'aluvchi-affrikatalar oppozitsiyasi (sh-ch) + (j-dj); e) portlovchi-burun sonanti oppozitsiyasi: (b-m) + (d-n) + (g-r|); f)sirg'aluvchi-sonantlar oppozitsiyasi: (z-1) + (j-r); g) shovqinli sonant-burun sonanti oppozitsiyasi: (v-m) + (1-n) + (r-n); j) yon sonant-titroq sonant oppozitsiyasi: (l-r)
3. Jarangsiz-jaranglilik belgilariga ko'ra: (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch-dj) + (х-g'). Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmi tarkibida quyidagi oppozitsiyalar bor:
1. Tilning uch darajali ko'tarilish belgisiga ko'ra: a) i (yuqori tor unli)- e (o'rta keng unli) = i-e oppozitsiyasi ; b) e ( o'rta keng unli) - a (quyi keng unli) = e-a oppozitsiyasi ; d ) i ( yuqori tor unli) - a (quyi keng unli) = i- a oppozitsiyasi; e) u (yuqori tor unli) - o' (o'rta keng unli) = u-o‘ oppozitsiyasi; f) o' (o'rta keng unli) - о (quyi keng unli ) = o‘-o oppozitsiyasi; g) u (yuqori tor unli) — о (quyi keng unli ) = u-o oppozitsiyasi.
2. Lablanish-lablanmaslik belgisiga ko'ra; a) i (lablanmagan) - u (lablangan) = i-u oppozitsiyasi; b) e (lablanmagan) - o' (lablangan) =e-o‘ oppozitsiyasi; d) a (lablanmagan) - о (lablangan) = a-о oppozitsiyasi.
Eslatma: prof. A.Abduazizov va prof. A.Nurmonovning ta’kidlashicha, tilning yotiq (gorizontal) harakatiga asoslangan belgilar (unlilarning so'z shakllari tarkibidagi pozitsiyasiga bog'liq bo'lgan old va orqa qator ko'rinishlari) fonologik jihatdan ahamiyatsiz bo'lib, fonemaning asosiy belgilari qatoriga kirmaydi. Fonologik oppozitsiya turli til tovushlarini qarama-qarshi qo'yishga asoslanmaydi, chunki u muayyan bir tilning struktural birligidir va shu tilning o'zigagina xizmat qiladi, qolaversa, fonologik oppozitsiyalar hozirgi (amaldagi) tilning strukturaviv
birliklari sanaladi,ular tarixan o'zgarib turishi ham mumkin. Masalan, qadimgi turkiy va eski turkiy tillarda unli fonemalar tilning yotiq (gorizontal) harakatiga ko'ra old qator va orqa qator zidlanishlariga ega bo'lgan: (i-ы) +(y-u) + (e-o) + (э-а)kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa bunday zidlanish o'zining fonologik xususiyatini yo'qotgan – fonemalar konvergensiyasi natijasida i-ы unlilari bitta «i» ga, y-u unlilari bitta «u» ga, e-o unlilari bitta «o'»ga, э-а unlilari esa bitta «a»ga birlashgan. Demak, fonologik oppozitsiyalar til taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan belgilanadi, ayni shu bosqichda bir fonema boshqa fonemaga bir xil pozitsiyada qarama-qarshi qo'yiladi: hozirgi o'zbek adabiy tilidagi «i» va
«u» unlilari so'z boshida (ich va uch) yoki bir xil fonetik qurshovda (bir va bur, qish va qush) bir-biriga qarama-qarshi qo'yilgani kabi. Demak, «oppozitsiya» tushunchasi «fonema» va «pozitsiya» tushunchalari bilan uzviy bog'liqdir: fonemaning bo'lishi oppozitsiyaning bo'lishini, oppozitsiyaning bo'lishi esa pozitsiyaning bo'lishini taqozo qiladi.
Eslatma: «pozitsiya» kategoriyasini birinchi bo'lib hamyurtimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850) kashf etgan. U o'zining «Hind arifmetikasi haqida kitob» («Hisob al-hind») asarida o'nlik sistemasi raqamlaridan (0, I, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) foydalanib, katta sonlarni yozish tizimini ishlab chiqqan.Bu tizimga ko'ra raqam birinchi pozitsiyada birlikni, ikkinchi pozitsiyada o'nlikni, uchinchi pozitsiyada yuzlikni (to'rtinchi, beshinchi, ... pozitsiyalarda yanada kattaroq sonlarni) ifodalaydi: 0 (nol),1 (bir), 10 (o'n), 100 (yuz); 2 (ikki), 20 (yigirma). 200 (ikki yuz) kabi. Keyinchalik «pozitsiya» tushunchasi til tizimiga ham tatbiq etilgan va fonologik oppozitsiya tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Fonologik oppozitsiyalar dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlariga tayangan holda shakllanadi, ularning strukturaviv birlik sifatidagi mohiyati ham shu qonunlarga asoslanadi.



Yüklə 20,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin