1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/11
tarix16.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#183229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘RQ-701 14.07.2021

litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
litsenziyalash — litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, litsenziyani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar majmui;
faoliyatning litsenziyalanadigan turi — O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan, qonun bilan belgilanadigan faoliyat turi;
litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlari — faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirish chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan, qonunchilikda belgilangan talablar hamda shartlar majmui;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) — faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni amalga oshiradigan, shuningdek maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qiladigan maxsus vakolatli organlar va tashkilotlar;
litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari — vakolatli organlarning tegishincha berilgan, uzaytirilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan va chaqirib olingan litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risidagi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolatli organlarga yuborilgan xabarnomalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari;

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin