T/r
|
Xabarnomaning nomi
|
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakat) turlari (kichik turlari)
|
Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar
|
1.
|
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Shaxsiy buyurtma asosida aholi tomonidan taqdim etilgan materiallardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini ta’mirlash. O‘z ishlab chiqarishidan hosil bo‘lgan chiqindilarni mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlarini qo‘llash yordamida qayta ishlash va ularning tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish (aholi buyurtma�iga asosan zargarlik buyumlari yasashda hosil bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash huquqiga ega emas);
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi
|
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish. O‘z ishlab chiqarishidan hosil bo‘lgan chiqindilarni mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlarini qo‘llash yordamida qayta ishlash va ularning tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish (aholi buyurtmasiga asosan zargarlik buyumlari yasashda hosil bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash huquqiga ega emas).
|
2.
|
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni, shuningdek qimmatbaho toshlarni baholash;
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi
|
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni baholash, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni gemmologik tekshirish;
|
qimmatbaho metallardan yasalgan laboratoriya idishlaridan, katalizatorlar, katalizator setkalaridan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan uskunalardan, termopar, termorele, termoqarshilikdan foydalanish va ularni saqlash;
|
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan tashqi qoplamalar tayyorlash va/yoki surkash (kimyoviy, elektrokimyoviy, purkash va boshqa usullar bilan);
|
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan moddalarni (tibbiy preparatlar, tuzlar, reagentlar, kimyoviy birikmalar va boshqalarni) ishlab chiqarish, qo‘llash, saqlash;
|
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan tish yasashga mo‘ljallangan mahsulotlar uchun disklar, elektrodlar, anodlar, kontaktlar va kavsharlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash;
|
tibbiyot, oziq-ovqat, alkogol va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda qimmatbaho metallardan, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalaridan foydalanish;
|
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish, ularni sayqallash. Tabiiy olmosdan yasalgan filyerlar, voloklar, olmos uchliklardan, tabiiy olmosdan yasalgan olmos asbobdan va burg‘ulash olmos asbobidan foydalanish hamda ularni saqlash. Olmos asbobini rekuperatsiya qilish ishlarini amalga oshirish;
|
qimmatbaho metallarni, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tahlil qilish hamda ularning asillik darajasini nazorat qilish ishlari;
|
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan maishiy texnika, tashkiliy texnika, tibbiyot texnikasi va boshqa buyumlarni qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, turlarga ajratish, bosma platalarni utilizatsiya qilish;
|
uzellarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratish hamda utilizatsiya qilish, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratishdan va utilizatsiya qilishdan olingan chiqindilarni qayta ishlash korxonalariga topshirish;
|
tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni keyinchalik qayta ishlash (affinaj) korxonalariga topshirish uchun to‘plash (tayyorlash), qismlarga ajratish, saralash, ularga dastlabki (birlamchi) qayta ishlov berish;
|
qimmatbaho metallardan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasini ?a’mirlashda foydalanish, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasi chiqindilarini saqlash va ulardan foydalanish;
|
harbiy va/yoki aviatsiya texnikasidan tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan radiodetallar va elementlarni ajratib olish, harbiy va/yoki aviatsiya texnikasining tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan chiqindilarini to‘plash va qayta ishlash korxonalariga topshirish;
|
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bo‘lgan buyumlar hamda predmetlarni ko‘rgazmalarga qo‘yish, saqlash va restavratsiya qilish;
|
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlarni, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan predmetlarni (davlat organlarining qarorlariga ko‘ra davlat daromadiga o‘tkazilgan) restavratsiya qilish (ta’mirlash);
|
tarkibida kumush mavjud bo‘lgan va yorug‘likka ta’sirchan materiallardan, kinofotorentgen-plyonkalar, kinofotorentgen-plastinkalar va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan xuddi shunday materiallardan foydalanish.
|
3.
|
Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan chakana savdo qilish (shu jumladan, xorijiy davlatlardan sotish uchun olib kelingan), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bilan vositachilik savdosi;
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi
|
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (onlayn-do‘konlardan) foydalangan holda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning chakana savdosi;
|
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bilan bojsiz savdo zonalarida chakana savdo qilish (duty free);
|
qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlarni sotib olish, qimmatbaho metallarning parchalari va chiqindilarini sotib olish;
|
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan ulgurji savdo qilish (shu jumladan, xorijiy davlatlardan sotish uchun olib kelingan).
|
4.
|
Investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Investitsiya maslahatchisi faoliyati.
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
|
5.
|
Lombard faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Lombard faoliyati
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
|
6.
|
Naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani olib kirganlik haqida xabarnoma
|
Banklar tomonidan naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani olib kirish
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
|
7.
|
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik va tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Bank filialini ochish;
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
|
bank xizmatlari ofisini ochish.
|
8.
|
To‘lov tashkilotini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) haqida xabarnoma
|
To‘lov tashkilotini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish).
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
|
9.
|
Elektron pullar emitentining elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risidagi xabarnomasi
|
Elektron pullar emitentining elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyati.
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
|
10.
|
Mikromoliya tashkilotining filialini ochganlik yoki yopganlik haqidagi xabarnoma
|
Mikromoliya tashkilotining filialini ochish
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
|
101.
|
Lombardning filialini ochganlik yoki yopganlik haqidagi xabarnoma
|
Lombardning filialini ochish
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
|
11.
|
Maktabdan tashqari ta’lim faoliyatini boshlaganlik yoki tu�atganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Nodavlat maktabdan tashqari ta’lim, shu jumladan chet tillarini o‘rgatish faoliyati.
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
|
12.
|
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyati.
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
|
13.
|
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati.
|
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
|
14.
|
Yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Yong‘inni avtomatik tarzda o‘chirish va yong‘in signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati yoki uning bir qismi.
|
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
|
15.
|
Qo‘riqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga tex�ik xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Qo‘riqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyati yoki uning bir qismi.
|
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
|
16.
|
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning bir qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyat.
|
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
|
17.
|
Umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obyektlarning tungi vaqtda faoliyat yuritishni boshlaganligi yoki tugatganligi to‘g‘risida xabarnoma
|
Umumiy ovqatlanish korxonalarining soat 23.00 dan 06.00 gacha faoliyat yuritishi;
|
Tuman va shahar ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)
|
ko‘ngilochar obyektlarning soat 23.00 dan 06.00 gacha faoliyat yuritishi.
|
18.
|
Avtovokzalning (avtostansiyaning) faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnoma
|
Avtovokzalning (avtostansiyaning) faoliyatini amalga oshirish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
|
19.
|
Qurilish-montaj ishlarini boshlaganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Qurilish-montaj ishlarini olib borish.
|
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyalari
|
20.
|
Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Veterinariya davolash-profilaktika faoliyati.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari
|
21.
|
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik �oylar va moylash materiallarini), bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno, sotish faoliyatini, boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi (bundan neft bitumining yo‘llarga mo‘ljallangan markalari mustasno), shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini sotish bo‘yicha faoliyat.
|
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
|
22.
|
Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Geodeziya faoliyati turlari;
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi
|
kartografiya faoliyati turlari.
|
23.
|
Pivo va pivo ichimliklari (bundan tabiiy vino mustasno,) ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish faoliyati.
|
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
|
24.
|
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish.
|
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari
|
25.
|
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish.
|
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari
|
26.
|
Noshirlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Ijtimoiy-siyosiy nashrlar faoliyati;
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
|
adabiy-badiiy nashrlar faoliyati;
|
bolalar va o‘smirlar nashrlari faoliyati;
|
ma’naviy-ma’rifiy nashrlar faoliyati;
|
ilmiy nashrlar faoliyati;
|
ilmiy-ommabop nashrlar faoliyati;
|
o‘quv adabiyotlarini nashr etish faoliyati;
|
ensiklopedik (ma’lumotnoma) nashrlar faoliyati;
|
rasmiy nashrlar faoliyati;
|
diniy nashrlar faoliyati;
|
axborot-reklama nashrlari faoliyati;
|
ishlab chiqarish sohasidagi normativlarni nashr etish faoliyati.
|
27.
|
Matbaa korxonalarini tashkil etganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Matbaa mahsulotlarining qoliplarini tayyorlash faoliyati;
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
|
ofset usulida chop etish faoliyati;
|
flekso usulida chop etish faoliyati;
|
mabtaa qoliplarisiz chop etish faoliyati;
|
trafaret yoki shoyitrafaret usulida chop etish faoliyati;
|
brayl usulida chop etish faoliyati;
|
tayyor mahsulotlar va materiallarga bosish faoliyati;
|
chop etishdan keyingi jarayonlar va muqovalash faoliyati.
|
28.
|
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmat vazifalarini amalga oshirish;
|
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
|
mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish;
|
mehnatni muhofaza qilish sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
|
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasida audit o‘tkazish.
|
29.
|
Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni boshlash va tugatish to‘g‘risida xabarnoma
|
Yuqori chastotali qurilmalardan metallarni eritish, metallarga ishlov berish va boshqa sohalarda foydalanish.
|
O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan radiochastota organlari
|
30.
|
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati.
|
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari
|
31.
|
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma
|
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasiga (optikaga) doir faoliyat.
|
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy bo‘linmalari
|
32.
|
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
|
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat.
|
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi
|
33.
|
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazganlik haqida xabarnoma
|
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish;
|
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi
|
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish.
|