1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə4/11
tarix16.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#183229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O‘RQ-701 14.07.2021

“yagona darcha” prinsipi — xizmatlar ko‘rsatish tartibi bo‘lib, bunda talabgorga tegishincha litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun vakolatli organga boshqa davlat organlari yoki tashkilotlar tomonidan beriladigan turli boshqa hujjatlarni olish talab qilinadigan hollarda mazkur vakolatli organ ko‘rsatilgan hujjatlarni talabgorning ishtirokisiz mustaqil ravishda so‘raydi va oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 3-bandi.
4-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi asosiy prinsiplar
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida vakolatli organlar faoliyatining ochiqligi;
inson huquqlari va erkinliklarining, jismoniy va yuridik shaxslar qonuniy manfaatlarining, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining shaffofligi;
litsenziyalashning va ruxsat berish tartib-taomillarining “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshirilishi.
LexUZ sharhi
Litsenziyalashning va ruxsat berish tartib-taomillarining “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshirilishi. “Yagona darcha” prinsipi — xizmatlar ko‘rsatish tartibi bo‘lib, bunda talabgorga tegishincha litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun vakolatli organga boshqa davlat organlari yoki tashkilotlar tomonidan beriladigan turli boshqa hujjatlarni olish talab qilinadigan hollarda mazkur vakolatli organ ko‘rsatilgan hujjatlarni talabgorning ishtirokisiz mustaqil ravishda so‘raydi va oladi. Ushbu prinsip bilan jismoniy va yuridik shaxslarning ortiqcha byurokratik to‘siqlardan va ovoragarchiliklardan xalos bo‘lishi mustahkamlab qo‘yilgan.
5-modda. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini joriy etish uchun asoslar
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]

Agar jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan faoliyatning (harakatlarning) ayrim turlarini amalga oshirish fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga ziyon, jamoat xavfsizligiga ziyon va (yoki) atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari joriy etiladi.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini belgilaydi;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining hamda boshqa davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
vakolatli organlar tomonidan litsenziyalash tartibi, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi amaliyotini o‘rganadi hamda uning tahlilini amalga oshiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan litsenziyalash tartibi, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi, shu jumladan maxsus elektron tizim orqali amalga oshiradi;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikni hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Maxsus elektron tizim
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish, vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlari bajarilishining monitoringini o‘tkazish jarayonlarini qamrab oladigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq bo‘lgan “Litsenziya” axborot tizimi maxsus elektron tizimdir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 3-bandi to‘qqizinchi xatboshisi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi maxsus elektron tizim operatoridir.
Maxsus elektron tizimda quyidagilar aks ettiriladi:
1) quyidagilarni o‘z ichiga oladigan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish jarayonlari:
litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni topshirish;
vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish hamda litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish;
QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron shakldagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish;
vakolatli organni faoliyat boshlanganligi yoki tugatilganligi haqida xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish;
arizani ko‘rib chiqish uchun davlat bojining, yig‘imlarning elektron to‘lovini amalga oshirish;
litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish hamda ularni bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish;
2) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish chog‘ida davlat organlari va tashkilotlar hamkorligining quyidagilarni o‘z ichiga oladigan jarayonlari:
boshqa davlat organlari va tashkilotlardan qo‘shimcha hujjatlar hamda axborotni mustaqil ravishda olish, shuningdek ular bilan “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha kelishish;
litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritish;
litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek xabarnomalar bilan bog‘liq axborotni tegishli davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalari orqali tekshirish;
3) litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlarining bajarilishi monitoringini o‘tkazishning quyidagilarni o‘z ichiga oladigan jarayonlari:
litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan vakolatli organlar tomonidan masofaviy monitoringni amalga oshirish;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tishning har bir bosqichida arizalar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish;
litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish chog‘ida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda vakolatli organlarning sudlarga murojaat qilishi;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
vakolatli organlarning avtomatik tarzda shakllantiriladigan reytingini yuritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati (harakatlari) ustidan nazorat qilishning muayyan mezonlarini aniqlagan holda, vakolatli organlar tomonidan berilgan litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, “xavfni tahlil qilish” tizimini joriy etish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-sonli “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 9-bandi.
Maxsus elektron tizimda qonunchilikka muvofiq boshqa jarayonlar ham aks ettirilishi mumkin.
9-modda. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini davlat muassasalari tomonidan amalga oshirish
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat muassasalari, basharti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, faoliyatning ushbu turlarini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Mazkur qoida ko‘rsatilgan davlat muassasalarini litsenziya talablari va shartlarini bajarishdan ozod etmaydi.
10-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari tomonidan amalga oshirish
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar]

Yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalar uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi. Bunda yuridik shaxslar tomonidan avval olingan litsenziyalarda va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarda vakolatli organlar tomonidan mazkur hujjatlarga o‘zgartishlar kiritilgan holda filiallar va vakolatxonalarning manzillari ko‘rsatiladi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]

Filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslar filiallar hamda vakolatxonalar tomonidan faoliyat (harakatlar) turlarini xabardor qilish tartibida amalga oshirish boshlanguniga qadar bu haqda vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) orqali xabardor qilishi kerak. Bunda vakolatli organ ko‘rsatilgan filiallar va vakolatxonalar to‘g‘risidagi axborotni xabarnomalar reyestriga kiritadi.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar;

4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Filiallar va vakolatxonalar faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirayotganda yoki faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirayotganda litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etishi kerak.
11-modda. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor);

4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]

Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari faoliyatning har bir turi bo‘yicha alohida-alohida maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yuritiladi. Reyestrlardagi axborot ochiqdir.
Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarida quyidagilar aks ettiriladi:
yuridik shaxs uchun — nomi, joylashgan eri (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), faoliyat (harakatlar) amalga oshiriladigan manzil;
xabardor qilish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshiruvchi filiallar va vakolatxonalar to‘g‘risidagi axborot;
berilgan litsenziyalarning, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning va xabarnomalar sanasi va tartib raqamlari;
cheklangan amal qilish muddatiga beriladigan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun — litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat talab qilinadigan, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turi (kichik turi);
litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini uzaytirish, to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari;
litsenziyalarni chaqirib olish asoslari va sanalari;
xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirishga doir taqiqning muddati to‘g‘risidagi axborot;
litsenziyaga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) o‘zgartirish haqidagi xabarnomani yuborish asoslari hamda sanalari;
faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirishga doir taqiqning qolgan muddati.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 8-bobi.
12-modda. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritish
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari litsenziatlarning, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olgan shaxslarning hamda xabardor qiluvchilarning davlat tomonidan hisobga olinishini ta’minlash, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga mazkur shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yuritiladi.
Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini doimiy asosda yuritish hamda ularga tegishli o‘zgartishlar kiritish vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
2-bob. Litsenziyalash
13-modda. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]

Ushbu Qonunning 1-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat turlari faoliyatning litsenziyalanadigan turlaridir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-sonli “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandi to‘rtinchi xatboshisi.
Litsenziya faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi uchun alohida beriladi. Litsenziya talabgorning arizasiga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turiga (kichik turlariga) berilishi mumkin.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat turi (kichik turi) faqat litsenziya olgan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat, agar litsenziya talablari va shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin.
14-modda. Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar:
talabgorlarning murojaatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi;
litsenziyalar beradi yoki ularni berishni rad etadi, litsenziyalarning amal qilishi muddatini uzaytiradi;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtiradi;
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turadi, qayta tiklaydi;
litsenziyalarni bekor qiladi yoki ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
litsenziyalarni o‘zgartiradi;
litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar qonunga, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash haqidagi nizomlarga va ularning pasportlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar ushbu vakolatli organlar tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni tashkil etishga yoki ularning faoliyatida muassislar, aksiyadorlar yoxud ishtirokchilar sifatida ishtirok etishga haqli emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-sonli “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 6-bandi.
15-modda. Litsenziyalarning turlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]

Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibda bo‘lishi mumkin.
Agar cheklanmagan miqdordagi talabgorlar faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan yagona litsenziya talablari va shartlariga javob bersa, ushbu shaxslarga beriladigan litsenziyalar namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga kiradi.
Talabgorlarga alohida litsenziya talablari va shartlari asosida beriladigan, faoliyatning muayyan turini amalga oshirishda litsenziatlarga mutlaq huquqlarni taqdim etadigan litsenziyalar yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat obyekti bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa asoslarga ko‘ra soni jihatidan cheklanadi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan tanlovlarni (tenderlarni) o‘tkazish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
16-modda. Litsenziyaning amal qilish muddati
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;

3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash;

4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]

Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi, bundan quyidagilarni amalga oshirish uchun litsenziyalar mustasno:
tibbiy faoliyat;
farmatsevtika faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
mineral o‘g‘itlarning, o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyat;
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 24-maydagi O‘RQ-771-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 03/22/771/0448-son — 2022-yil 26-avgustdan kuchga kiradi)
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat;
tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati;
ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish hamda ularning xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat;
neftni, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat;
affinaj faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-sonli “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan faoliyat turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalarning amal qilish muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda va ularning pasportlarida belgilanadi, lekin bu muddatlar besh yildan kam bo‘lmasligi kerak.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 24-maydagi O‘RQ-771-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 03/22/771/0448-son — 2022-yil 26-avgustdan kuchga kiradi)
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga topshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
17-modda. Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o‘zgartirganlik uchun undiriladigan davlat boji
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji to‘lovchilar va undiriladigan obyektlar]

Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o‘zgartirganlik uchun davlat boji undiriladi.
Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o‘zgartirganlik uchun davlat boji miqdorlari hamda uni to‘lash tartibi “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilanadi.
Litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun qonunda davlat boji stavkalarining kamaytirilgan miqdorlari belgilanishi mumkin.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]

Faoliyatning quyidagi turlari bo‘yicha litsenziyaning amal qilishi uchun yillik davlat bojlari belgilanadi:
konsert-tomosha faoliyati;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi sohasidagi faoliyat;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish.
18-modda. Litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turiga litsenziat tomonidan litsenziya olish tartibi
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]

Litsenziat litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatni litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirishi mumkin.
Muayyan sohada faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziat xuddi shu sohadagi faoliyatning kichik turiga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, u vakolatli organga faqat faoliyatning tegishli kichik turiga qo‘yiladigan qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan axborotni taqdim etadi. Bunda vakolatli organ litsenziat tomonidan ilgari olingan litsenziyaga litsenziyalanadigan faoliyat turining tegishli kichik turiga taalluqli o‘zgartishlar kiritadi.
3-bob. Ruxsat berish tartib-taomillari
19-modda. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]

Ushbu Qonunning 2-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlaridir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-sonli “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandi to‘rtinchi xatboshisi.
LexUZ sharhi
Bunday hujjatlarga ruxsatnoma, guvohnoma, sertifikat kabi hujjatlar kiradi. Misol uchun, yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya olinishi talab etilsa, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya emas, balki bu sohada vakolatli organ hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lish talab etiladi.
20-modda. Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar:
talabgorlarning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, uni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish to‘g‘risidagi murojaatlarini qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi;
ushbu Qonun talablariga va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq belgilangan muddatlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni beradi yoki uni berishni asosli ravishda rad etadi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning reyestrini yuritadi;
ruxsat berish tartib-taomillari masalalari yuzasidan talabgorlarning og‘zaki yoki yozma, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so‘roviga ko‘ra bepul asosda to‘liq axborot va malakali maslahatlar (tushuntirishlar) beradi;
talabgorlar ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi bilan moneliksiz tanishib chiqishi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar moneliksiz taqdim etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni elektron shaklda beradi;
ushbu Qonunning 32 va 33-moddalarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki ularni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi va (yoki) ushbu masalalarni sud tartibida ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqadi.
Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar qonunga, shuningdek ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga va ularning pasportlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
21-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati, qoida tariqasida, cheklanmaydi, bundan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda va ularning pasportlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek bir martalik harakatni bajarish uchun beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugagach, u talabgorning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga topshiriladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishning soddalashtirilgan tartibi belgilanishi mumkin.
Agar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ruxsat berish talablari va shartlariga lozim darajada rioya etgan talabgor ushbu hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. Agar ruxsat berish talablari va shartlariga lozim darajada rioya etgan talabgorning taklifi tanlovda (tenderda) ishtirok etuvchi boshqa talabgorning eng maqbul taklifiga teng qiymatda bo‘lsa, ushbu ustuvorlik qo‘llaniladi.
22-modda. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘im
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilangan hollarda hamda miqdorlarda yig‘im undiriladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘im summasi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
4-bob. Litsenziyalashning va ruxsat berish tartib-taomillarining o‘ziga xos xususiyatlari
23-modda. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar, shuningdek ularning pasportlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda quyidagilar nazarda tutiladi:
litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning, shuningdek ularni berish zimmasiga yuklatiladigan vakolatli organning nomi;
litsenziyalashdan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishdan maqsad;
litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning tugal ro‘yxati;
talabgorning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, hujjatni berish yoki uni berishni rad etish tartibi va muddatlari, shu jumladan agar mazkur hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun tanlov (tender) o‘tkazish tartibi;
litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari;
litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni maxsus elektron tizim vositasida berishda litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlarning boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi;
litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini qayta rasmiylashtirish, to‘xtatib turish, qayta tiklash, ularni bekor qilish tartibi;
tegishli litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat cheklanmagan muddatga berilishi mumkin bo‘lmagan hollarda, litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati;
agar talabgor tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida vakolatli organ yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlarning yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning tugal ro‘yxati.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash haqidagi va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ushbu Qonunga muvofiq boshqa normalar ham ko‘rsatilishi, shuningdek litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning soddalashtirilgan tartibi belgilanishi mumkin.
Litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar pasportlarida talabgor tomonidan litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish va faoliyatini davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan axborot ko‘rsatiladi.
24-modda. Litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.02.00 Baholash faoliyatini litsenziyalash;

5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]

Litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turining va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turining har biri bo‘yicha ko‘rsatiladi. Bunda raqobatni cheklovchi talablar va shartlarni joriy etish taqiqlanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida quyidagi litsenziya hamda ruxsat berish talablari va shartlari ko‘rsatiladi:
litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi shartligi;
faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini amalga oshirishga talabgor shaxslarga nisbatan aniq malaka talablari, shu jumladan maxsus tayyorgarlikka doir talablar;
faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini amalga oshirishning maxsus shartlariga doir tugal talablar, shu jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga doir aniq talablar;
xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga o‘zgartishlar kiritish va ularni tugatish hollarini, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish — tegishli faoliyatni (harakatni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan shunday talab mavjud bo‘lgan taqdirda;
faoliyatning litsenziyalanadigan turining yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa litsenziya va ruxsat berish talablari va shartlari.
Litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga rioya etilishini vakolatli organlar tomonidan nazorat qilish “xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.
25-modda. Litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]

Talabgorlarning litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish to‘g‘risidagi arizalari, shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar maxsus elektron tizim vositasida yoki YIDXP orqali qabul qilinishi mumkin.
Davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish to‘g‘risidagi arizalar vakolatli organlar tomonidan qabul qilinishi va bevosita ularga berilishi mumkin.
Ariza hamda unga ilova qilingan hujjatlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga kelib tushgan paytdan e’tiboran ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan deb hisoblanadi.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda talabgorga yuboriladi (beriladi).
Arizani qabul qilishni vakolatli organ tomonidan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Elektron shaklda berilgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar manfaatdor shaxslar tomonidan maxsus elektron tizim vositasida qog‘ozda chop etilishi mumkin. Bunda qog‘ozda chop etilgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar elektron shaklda berilgan litsenziyalarga va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga tenglashtiriladi.
Talabgor maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali ariza bilan murojaat etganda, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilangan tartibda taqsimlanadigan davlat boji va yig‘imning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
LexUZ sharhi
Talabgorlarning biror-bir faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjat olish uchun arizalarni vakolatli organga maxsus elektron tizim vositasida yoki YIDXP orqali berishlari mumkinligi qayd etilgan., Agar litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjat olish uchun arizada davlat siri yoki foydalanilishi cheklangan axborot mavjud bo‘lsa, ushbu arizalar to‘g‘ridan to‘g‘ri vakolatli organga berilishi mumkin va ushbu arizalar vakolatli organga kelib tushgan paytdan boshlab ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanadi. Bunda arizaning vakolatli organ tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat yoki belgi avtomatik tarzda talabgorga yuboriladi yoki beriladi.
26-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]

Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi ariza bilan ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda murojaat qilgan taqdirda, talabgor tomonidan quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxs uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
talabgor amalga oshirish niyatida bo‘lgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda — mazkur faoliyatning kichik turi;
qonunchilikda nazarda tutilgan litsenziya yoki ruxsat berish talablari hamda shartlari talabgor tomonidan bajarilishi mumkinligini tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlar.
Talabgor tomonidan taqdim etilgan, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, vakolatli organ aksini isbotlaguniga qadar, barcha hollarda to‘g‘ri deb hisoblanadi.
Talabgordan ushbu moddada hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza talabgor tomonidan maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida yuborilgan taqdirda, u elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Talabgor noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Talabgor tomonidan ariza qog‘oz shaklda emas, balki maxsus elektron tizim orqali yoki YIDXP orqali yuborilgan taqdirda ariza manfaatdor shaxs tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
27-modda. Litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularning to‘g‘riligini tekshirish
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi, bundan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq maxsus qog‘oz blankalarida rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlar mustasno.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarori bilan tasdiqlangan “Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankasini hamda litsenziya blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
Barcha turdagi litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning to‘g‘riligini tekshirish mazkur hujjatlarga tushiriladigan yagona QR-kodni (matrik shtrixli kodni) tegishli reyestrda ko‘rsatilgan axborot bilan solishtirib ko‘rish orqali amalga oshiriladi. Bunda qog‘oz shaklidagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
28-modda. Talabgorlarning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda amalga oshiriladi, bundan davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari mustasno.
Talabgorning arizasi ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan sanadan e’tiboran vakolatli organ tomonidan uni ko‘rib chiqish, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish muddati yigirma ish kunidan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatning ayrim litsenziyalanadigan turlari va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish zarur bo‘lgan faoliyat (harakatlar) turlari uchun ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda talabgorlarning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddatlarini yigirma ish kunidan ortiq etib belgilashi mumkin.
Vakolatli organ, zarur bo‘lgan taqdirda, o‘z mablag‘lari hisobidan tegishli xulosalarni tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishga haqli.
Vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay uni maxsus elektron tizimga joylashtiradi va talabgorni mazkur qaror joylashtirilgan paytdan e’tiboran bir ish soatidan oshmagan muddatda maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda xabardor qiladi.
Agar vakolatli organ talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida talabgorga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bermasa va uni berishni rad etmasa, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tganidan keyin talabgor amalga oshirilishi uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish niyatida bo‘lgan faoliyatni (harakatni) amalga oshirish huquqiga, bu haqda vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida elektron shaklda xabardor qilgan holda, ega bo‘ladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda talabgor belgilangan davlat bojini yoki yig‘imni to‘laganidan keyin maxsus elektron tizim vositasida unga litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat beriladi. Bunda talabgor litsenziyasiz va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda vakolatli organlar ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.
29-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
talabgorning litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy hamda texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoxud boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan quyidagi hollarda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmaganda.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi va ikkinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek talabgor ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek litsenziyalarni hamda ruxsat etish xususiyatiga ega o‘zga hujjatlarni olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam ko‘rsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorlar taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.
Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati to‘xtatib turiladi.
Hujjatlar xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yuboriladi. Talabgorlar rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi elektron xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Talabgor litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan oshmaydigan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Talabgorlarning arizalarini takroran ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organlar tomonidan talabgorga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi mustasno.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin talabgor tomonidan berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Talabgor litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Qonunning 7-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi va ikkinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
30-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) faoliyat turlari bo‘yicha o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;

2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]

Jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun litsenziyasi yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki bir nechta faoliyat turlari birlashtirilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar talabgor tomonidan ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda beriladi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilguniga qadar, tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi asosida unda ko‘rsatilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiradi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilayotganda vakolatli organ litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlariga tegishli o‘zgartishlar kiritadi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish hamda berish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilayotganda talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
31-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni o‘zgartirish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar litsenziatning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsning arizasi asosida vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin:
litsenziya asosida amalga oshirilayotgan faoliyat turi litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirilganda;
filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslarga berilgan litsenziyaga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga muvofiq ushbu filiallar va vakolatxonalar tomonidan faoliyatni amalga oshirish boshlanganda;
yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatni amalga oshirish manzili o‘zgarganda, agar uning joylashgan eriga nisbatan litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari belgilangan bo‘lsa.
Litsenziyalarga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziya o‘zgartirilgan taqdirda davlat boji, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat o‘zgartirilganda esa yig‘im tegishincha litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida undiriladi.
32-modda. Litsenziyaning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;

3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlarining buzilganligi aniqlanganda;
litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan vakolatli organning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini uning zimmasiga yuklovchi qarori bajarilmaganda.
Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini o‘n kungacha muddatga to‘xtatib turish vakolatli organ tomonidan, o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga esa — sud tomonidan amalga oshiriladi.
Vakolatli organning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yetkaziladi.
Sudning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Vakolatli organlar yoki sud litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda ko‘rsatilgan muddat litsenziat yoki ruxsat beruvchi hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam va olti oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Sudning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida tegishli vakolatli organga qonunda belgilangan tartibda yetkaziladi. Bunda vakolatli organ esa litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni maxsus elektron tizimga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi.
Agar vakolatli organ litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash haqida yoki qayta tiklashni rad etish to‘g‘risida uch ish kuni ichida qaror qabul qilmasa, litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs mazkur muddat o‘tgandan so‘ng vakolatli organni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qilgan holda o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, sud litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Vakolatli organning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, vakolatli organlar litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs oldida ular ko‘rgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Bunda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat amal qilishining to‘xtatib turilishi sud tomonidan asossiz deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi.
Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs o‘z faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgan taqdirda litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Agar litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi to‘xtatib turilganidan keyin olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida vakolatli organga ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa, litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatiladi.
Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida maxsus elektron tizimga joylashtirilishi kerak.
33-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]

Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi hollarda bekor qilinadi:
litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini yoki harakatlarni (faoliyatni) amalga oshirish uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
litsenziya berilganligi uchun davlat boji yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im belgilangan muddatda to‘lanmaganda;
litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishiga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
vakolatli organning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning bekor qilinishiga asos bo‘ladigan qo‘pol qoidabuzarliklarning ro‘yxati faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilanadi;
litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu modda birinchi qismining yettinchi — o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi. Vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yetkazadi.
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ular berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Sudning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga hamda vakolatli organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yetkazadi.
Vakolatli organ bekor qilingan litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risidagi axborotni bir ish kuni ichida maxsus elektron tizim vositasida tegishincha litsenziyalar reyestriga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritadi.
34-modda. Litsenziyaning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini tugatish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]

Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
litsenziyalash tartibi yoki ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinganda;
litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugaganda;
bajarilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan bir martalik harakat bajarilganda;
litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga ega bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etganda;
litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan vakolatli organga litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan ilgari murojaat etilgan bo‘lib, mazkur muddat ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida vakolatli organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda.
Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilgan hollarda vakolatli organ tomonidan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
35-modda. Talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im
Talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilangan hollarda hamda miqdorlarda undiriladi. Yig‘im miqdori vakolatli organning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun qilgan xarajatlari doirasida belgilanadi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni talabgorga berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, shuningdek talabgor bergan arizasidan voz kechgan taqdirda talabgorning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
5-bob. Xabardor qilish tartib-taomillari
36-modda. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar)
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) faoliyatni (harakatlarni) boshlash uchun vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishini talab etmaydigan, biroq davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash, shuningdek tegishli faoliyat bilan shug‘ullanayotgan subyektlarning hisobini yuritish va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar hamda shartlarga rioya etish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar o‘z zimmasiga majburiyatlar qabul qilishi orqali amalga oshiriladigan faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu Qonunning 3-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun bu haqda vakolatli organni xabardor qilish talab etiladi. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) ushbu Qonunda nazarda tutilmagan yangi turlarini (kichik turlarini) joriy etish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari (kichik turlari) bilan vakolatli organni xabardor qilmasdan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Xabardor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomda nazarda tutiladi.
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) o‘ziga xos qoidalari va xususiyatlari xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga ilovalar hisoblanuvchi pasportlarda belgilanadi.
37-modda. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablar va shartlar
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablar va shartlar xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) har bir turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomda va pasportlarda ko‘rsatiladi.
Xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomda va pasportlarda quyidagi talablar hamda shartlar ko‘rsatiladi:
pasportlarda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilishi shartligi hamda ularni bajarish bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga olish;
faoliyatni boshlash haqidagi xabarnomada (bundan buyon matnda xabarnoma deb yuritiladi) ko‘rsatilgan axborotning ishonchliligini ta’minlash;
xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalari tuzilganligi, shartnomalarga o‘zgartishlar kiritilganligi va ular tugatilganligi hollarini, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish — tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan shunday talab mavjud bo‘lgan taqdirda;
xabardor qiluvchining nomi, joylashgan eri (yashash manzili) o‘zgarganligi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng yoki filial va vakolatxona ochilganidan so‘ng vakolatli organni o‘n ish kuni ichida xabardor qilish;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa talablar va shartlar.
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablar va shartlarni muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol buzilishi hollarining ro‘yxati pasportlarda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 2-bobi.
38-modda. Xabarnoma yuborish va uni hisobga olish tartibi
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;

4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.02.00 Baholash faoliyatini litsenziyalash]

Xabardor qiluvchi (uning nomidan ish yuritishga vakolatli shaxs) vakolatli organga elektron raqamli imzodan foydalangan holda maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida xabarnoma yuboradi.
Xabarnomani yuborishda pasportlarda nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi va hujjatlar ilova qilinadi.
Pasportlarda nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xabardor qiluvchilar xabarnoma yuborish orqali xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun ushbu Qonunning 37-moddasida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi.
Xabardor qilish talab etiladigan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizigacha miqdorda yig‘im undiriladi, bundan alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni va alkogol mahsulotlarini umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilishni boshlash haqidagi xabarnomalar mustasno.
Xabardor qiluvchilar vakolatli organga yuborilgan xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgardir. Xabarnomaga kiritilgan ma’lumotlar maxsus elektron tizim vositasida idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud bo‘lgan axborot asosida avtomatik ravishda tekshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiluvchi tomonidan maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida xabarnoma yuborilganda, pasportlarda belgilangan tartibda taqsimlanadigan yig‘imning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 3-bobi.
39-modda. Xabarnomaning qabul qilinmasligi
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Xabarnoma quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan qabul qilinmaydi:
noto‘g‘ri yoki yolg‘on axborot kiritilganligi maxsus elektron tizim vositasida aniqlanganda;
xabarnoma yuborganlik uchun yig‘im to‘lanmaganda;
faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlarga rioya etilganligi hamda ular bajarilganligi tasdiqlanmaganda;
agar xabardor qiluvchi avval xabarnomalar reyestriga ayni o‘sha faoliyat (harakatlar) bo‘yicha kiritilgan bo‘lsa va uning faoliyati (harakatlari) amal qilayotgan bo‘lsa;
vakolatli organ yoki sud tomonidan xabardor qiluvchining faoliyati (harakatlari) muayyan muddatga to‘xtatib turilganda;
xabardor qiluvchi tomonidan tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish sudning qaroriga asosan taqiqlanganda.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan hollardan tashqari boshqa asoslar bo‘yicha xabarnomani qabul qilmaslik taqiqlanadi.
40-modda. Xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Ushbu Qonunda, shuningdek xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomda va xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga ilovalar hisoblanuvchi pasportlarda belgilangan talablarga va shartlarga rioya qilingan holda yuborilgan xabarnoma maxsus elektron tizim vositasida avtomatik ravishda qabul qilinadi va xabardor qiluvchiga xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuboriladi.
Tasdiqnoma yuborilgan xabardor qiluvchilar to‘g‘risidagi axborot xabarnomalar reyestrida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
41-modda. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish asoslari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) quyidagi asoslarga ko‘ra muayyan muddatga to‘xtatib turiladi:
vakolatli organning tashabbusiga binoan;
xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish to‘g‘risidagi ish sudda ko‘rib chiqilganda, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 21 — 30-bandlari.
42-modda. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) vakolatli organning tashabbusiga binoan to‘xtatib turish tartibi
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Vakolatli organ xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga ilovalar hisoblanuvchi pasportlarda nazarda tutilgan talablar va shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishi mumkin.
Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ dalolatnoma tuzadi va xabardor qiluvchini ushbu dalolatnoma bilan tanishtiradi.
Dalolatnoma tuzilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida vakolatli organ xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turadi va aniqlangan kamchiliklarni xabardor qiluvchining faoliyati (harakatlari) to‘xtatib turilgan muddatda bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani o‘z ichiga olgan qarorni qabul qiladi.
Vakolatli organ xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni unga maxsus elektron tizim vositasida bir ish kuni ichida yuboradi va shu kunning o‘zida xabarnomalar reyestriga xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) to‘xtatib turilganligi to‘g‘risidagi axborotni kiritadi.
43-modda. Xabardor qiluvchining vakolatli organ tomonidan to‘xtatib turilgan, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) qayta tiklash
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Xabardor qiluvchi o‘zining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni belgilangan tartibda olganidan keyin u qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va bu haqdagi axborotni vakolatli organga asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborishi kerak.
Vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi axborotni olgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida ushbu axborotni tahlil qilishi va zarur bo‘lganda, olingan axborotni joyiga chiqqan holda o‘rganishi kerak. Bunda vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi va uni xabardor qiluvchiga maxsus elektron tizim vositasida yuboradi.
Vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yuborilganidan keyin bir ish kuni ichida:
xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi;
xabardor qiluvchiga uning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni maxsus elektron tizim vositasida yuborishi;
xabarnomalar reyestriga xabardor qiluvchining faoliyati (harakatlari) qayta tiklanganligi to‘g‘risida belgi qo‘yishi kerak.
Xabardor qiluvchi tomonidan o‘zining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, vakolatli organ xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) tugatish choralarini ko‘radi.
Agar vakolatli organ ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rmasa, xabardor qiluvchi vakolatli organni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qilgan holda o‘z faoliyatini (harakatlarini) davom ettirishi mumkin.
44-modda. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish asoslari
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari):
xabardor qiluvchi tomonidan o‘z faoliyatini (harakatlarini) tugatish to‘g‘risida vakolatli organga yuborgan xabarnomaga;
xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish to‘g‘risidagi sudning qaroriga asosan tugatiladi.
45-modda. Xabardor qiluvchi o‘zining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatishi
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Xabardor qiluvchi o‘zining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatganligi to‘g‘risida maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida vakolatli organni xabardor qilishi kerak.
Xabardor qiluvchi o‘zining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish to‘g‘risidagi xabarnomani yuborganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Xabardor qiluvchi o‘zining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish to‘g‘risidagi xabarnoma yuborganidan keyin uning faoliyati (harakatlari) xabarnomada ko‘rsatilgan sanadan e’tiboran tugatilgan deb hisoblanadi va xabarnomalar reyestriga bu haqda avtomatik tarzda belgi qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 32 — 39-bandlari.
46-modda. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) sud tomonidan tugatish
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish to‘g‘risidagi ariza sudga vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda beriladi:
xabardor qiluvchi tomonidan faoliyatni (harakatlarni) boshlash to‘g‘risida yuborilgan xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning yolg‘on yoki noto‘g‘riligi aniqlanganda;
xabardor qiluvchi belgilangan talablar va shartlarning buzilishi bilan bog‘liq kamchiliklar vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda;
belgilangan talablar va shartlar muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda vakolatli organ dalolatnoma tuzadi va bir ish kuni ichida uni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qiluvchiga yuboradi. Dalolatnoma tuzilganidan keyin vakolatli organ besh ish kuni ichida sudga xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish haqida ariza beradi.
Vakolatli organning xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish to‘g‘risidagi ariza sud tomonidan qanoatlantirilmagan taqdirda, vakolatli organ xabardor qiluvchi oldida xabardor qiluvchiga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
Vakolatli organ xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) tugatilganligi to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin uch ish kuni ichida xabarnomalar reyestriga belgi qo‘yadi.
Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra tugatilgan taqdirda, bu faoliyat xabardor qiluvchi tomonidan xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran tugatilgan deb hisoblanadi.
Faoliyati (harakatlari) sud tartibida tugatilgan shaxslar maxsus elektron tizimdagi alohida ro‘yxatga kiritiladi.
47-modda. Xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishni taqiqlash
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish]

Vakolatli organ xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) tugatish to‘g‘risidagi arizada xabardor qiluvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikning ahamiyatini hisobga olgan holda, ushbu Qonunning 3-ilovasiga kiritilgan faoliyat (harakatlar) turlarini (kichik turlarini) xabardor qiluvchi tomonidan amalga oshirishni uch oygacha bo‘lgan muddatga taqiqlash to‘g‘risidagi talabni nazarda tutishi mumkin. Bunda xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishni taqiqlashning aniq muddati sud tomonidan qonunga muvofiq aniqlanadi.
6-bob. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi davlat nazorati
48-modda. Vakolatli organlarning litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish chog‘idagi huquqlari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]

Litsenziatlarning, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshirayotgan shaxslarning, xabardor etuvchilarning faoliyati vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinadi.
Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotganda vakolatli organlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga jismoniy va yuridik shaxslarning rioya etishini tekshirishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda o‘tkazish;
litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshiruvlar natijalari asosida jismoniy va yuridik shaxslar yo‘l qo‘ygan litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga doir qoidabuzarliklarni ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
jismoniy va yuridik shaxslar zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
xabardor qiluvchilarning faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularning faoliyatini tugatish to‘g‘risida, shuningdek xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishni taqiqlash to‘g‘risida sudga ariza berish;
ushbu Qonunga muvofiq litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima (bundan buyon matnda jarima deb yuritiladi) solish to‘g‘risida sudga ariza berish;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish uchun sudga davlat boji to‘lamasdan arizalar berish.
Vakolatli organlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarsiz, shuningdek xabarnoma yubormasdan faoliyat bilan shug‘ullanilishi hollarini aniqlash uchun belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini o‘tkazishga haqli. Bunda vakolatli organlar tomonidan faqat tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi va xabarnoma yuborilganligi tekshiriladi. Boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Nazoratni amalga oshirish bilan bog‘liq holda o‘tkaziladigan tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 5-bobi.
49-modda. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratining shakllari
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
maxsus elektron tizim vositasida litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan masofaviy nazorat (bundan buyon matnda masofaviy nazorat deb yuritiladi);
litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
litsenziatlarning, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslarning, xabardor qiluvchilarning faoliyati bilan bog‘liq statistik axborotni hamda ulardan so‘rab olinadigan ma’lumotlarni tahlil qilish.
Ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlari bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish, tekshirish hamda ularni litsenziatlardan, faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslardan, xabardor qiluvchilardan so‘rab olish taqiqlanadi.
Vakolatli organlarga litsenziatlar, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslar, xabardor qiluvchilar faoliyatini nazorat qilish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida tegishli pasportlarda nazarda tutilmagan talablar va shartlarning bajarilishini tekshirishga yoki ulardan ushbu shartlar va talablarning bajarilishini talab qilish taqiqlanadi.
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlarining buzilishlari aniqlangan taqdirda bu haqda vakolatli organlarga xabar beradi.
50-modda. Masofaviy nazorat
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Vakolatli organ masofaviy nazoratni maxsus elektron tizim imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda litsenziatlarning, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslarning, xabardor qiluvchilarning xodimlari to‘g‘risida, litsenziya, ruxsat etish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi haqida taqdim etilgan axborot, shuningdek boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan olingan axborot asosida amalga oshiradi.
Masofaviy nazoratni amalga oshirish chog‘ida litsenziatlar, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslar, xabardor qiluvchilar belgilangan talablar hamda shartlarni buzish hollari to‘g‘risida maxsus elektron tizim vositasida avtomatik ravishda kelib tushadigan xabarlar vakolatli organning maxsus elektron tizimdagi “shaxsiy kabineti”ga yuboriladi. Kelib tushayotgan xabarlar asosida vakolatli organ jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini tahlil qiladi va o‘rganadi. Bunda vakolatli organ litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlarining buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma berishi shart.
Litsenziatlar, faoliyatni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiruvchi shaxslar, xabardor qiluvchilar masofaviy nazorat asosida vakolatli organ tomonidan berilgan ko‘rsatmada bayon etilgan talablarni o‘n ish kuni ichida bajarishi va bu haqda vakolatli organga xabar berishi shart. Ko‘rsatma bajarilmagan yoki o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda vakolatli organ “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida ularning faoliyatini tekshirishdan o‘tkazishi mumkin.
Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlarini masofaviy nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan doimiy asosda amalga oshiriladi.
51-modda. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bo‘linmalar hamda kengash va maslahat organlar;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
“xavfni tahlil etish” tizimi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari;
jismoniy shaxslarning litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikning buzilishi hollari to‘g‘risida maxsus elektron tizim orqali yuborilgan ma’lumotlari.
Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishini joyga chiqqan holda tekshirish o‘n kungacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.
Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz, shuningdek xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish holatlari bilan bog‘liq buzilishlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan taqdirda, bu haqda vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy va yuridik shaxslar huquqbuzarlik tasdiqlanganda, undirilgan jarimaning o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
52-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik asoslari
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.17.00 Ma’muriy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro qilish]

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jismoniy shaxslar qonunga muvofiq jinoiy va (yoki) ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi quyidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar solinadi:
faoliyat bilan litsenziyasiz, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz va vakolatli organni xabardor etmasdan shug‘ullanish;
litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish;
xabardor qilish tartibidagi faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlarning bajarilishi to‘g‘risida vakolatli organga yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etish.
Jarimalar vakolatli organlar tomonidan ushbu Qonun 48-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari asosida solinadi. Bunda nazorat tadbiri davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha vakolatli organning va yuridik shaxs bo‘lgan huquqbuzar (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
LexUZ sharhi
Jarimalar solishda nazorat tadbiri davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha vakolatli organning va yuridik shaxs bo‘lgan huquqbuzar (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, vakolatli organning mansabdor shaxsi ushbu faktni ko‘rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi lozim bo‘ladi. Xolislar malga oshirilgan harakatlar yuzasidan dalolatnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan fikr-mulohazalar bildirishga haqli va ular zarurat bo‘lganda so‘roq ham qilinishi mumkin.
Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, vakolatli organning mansabdor shaxsi ushbu faktni ko‘rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak. Xolislar o‘zining hozirligida amalga oshirilgan harakatlar fakti, mazmuni va natijalarini dalolatnomada tasdiqlashi shart. Ular amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan dalolatnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Zarur bo‘lgan taqdirda, xolislar ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi mumkin.
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.02.00 Ma’muriy huquqbuzarlik;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]

Yuridik shaxsning ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda uning mansabdor shaxslarini ma’muriy, jinoiy yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165, 1763, 2415-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190, 1925-moddasi.
53-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish muddati
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.17.00 Ma’muriy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro qilish]

Jarima solish uchun asos bo‘lgan huquqbuzarlik aniqlanganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida vakolatli organ jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror vakolatli organning birinchi rahbari (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.
54-modda. Jarima miqdori
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.17.00 Ma’muriy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro qilish]

Jarimalar miqdorlari amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) har bir turi bo‘yicha xavf darajasi hamda muddatdan kelib chiqqan holda ushbu Qonunning 4-ilovasida belgilanadi.
Undirilgan jarima miqdorining o‘n foizi vakolatli organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
LexUZ sharhi
Jarimalar miqdorlari amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) har bir turi bo‘yicha xavf darajasi hamda muddatdan kelib chiqqan holda ushbu Qonunning ilovasida har bir faoliyatning (harakatlarning) turi uchun alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Undirilgan jarima miqdorining o‘n foizi vakolatli organning budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu Qonunning 51-moddasi to‘rtinchi qismida belgilanganidek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan huquqbuzarliklar tufayli undirilgan jarimaning o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi.
55-modda. Jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.04.00 Jarima jazosini ijro qilish]

Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan hamda litsenziyani, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki xabarnoma yuborish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qilingan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda vakolatli organ tomonidan huquqbuzarning o‘z faoliyatini qonunchilik hamda litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi hamda yordam ko‘rsatiladi.
56-modda. Jarimani sud tartibida undirish
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.04.00 Jarima jazosini ijro qilish]

Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, vakolatli organ jarimani undirish to‘g‘risidagi arizani sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida kiritadi.
Sudning jarimani undirish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarorini ijro etish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
57-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]

Huquqbuzar vakolatli organning jarima solish to‘g‘risidagi qarori ustidan ushbu Qonunning 7-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
7-bob. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlarning qarorlari (harakatlari) ustidan shikoyat qilish tartibi
58-modda. Vakolatli organlarning va ular mansabdor shaxslarining qarorlari (harakatlari) ustidan shikoyat qilish
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]

Jismoniy va yuridik shaxslar vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining o‘z faoliyatiga taalluqli bo‘lgan qarorlari (harakatlari) ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Shikoyat:
hududiy darajadagi vakolatli organga nisbatan — uning yuqori turuvchi organiga;
respublika darajasidagi vakolatli organga nisbatan — ushbu organda tashkil etilgan apellatsiya kengashiga beriladi. Apellatsiya kengashini tashkil etish qoidalari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomda faoliyatning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qarorlari (harakatlari) ustidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shikoyat jismoniy va yuridik shaxslar qaror to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilingan paytdan e’tiboran yoki ularga vakolatli organning yoxud uning mansabdor shaxslarining harakatlari haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona nizomning 7-bobi.
59-modda. Shikoyatning shakli va mazmuni
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]

Shikoyat yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda beriladi va unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan vakolatli organning nomi;
shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa uning nomi va joylashgan eri (pochta manzili);
shikoyat bergan shaxsning talablari;
ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati (mavjud bo‘lgan taqdirda);
shikoyat berilgan sana.
Shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxs (uning vakili) tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Jismoniy shaxs og‘zaki shikoyat qilayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa — o‘z vakolatlarini va shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi kerak.
Elektron shaklda beriladigan shikoyatda jismoniy yoki yuridik shaxsning elektron manzili hamda yagona identifikatori, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa — raqamli imzosi va boshqa rekvizitlari ko‘rsatiladi.
60-modda. Shikoyatni ko‘rib chiqish
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]

Shikoyatni olgan yuqori turuvchi vakolatli organ va apellatsiya kengashi ustidan shikoyat berilayotgan qaror, harakatlar to‘g‘risidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida so‘rab oladi.
Yuqori turuvchi vakolatli organ yoki apellatsiya kengashi shikoyat bo‘yicha o‘n besh ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
Yuqori turuvchi vakolatli organ yoki apellatsiya kengashi shikoyat bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni o‘zgarishsiz qoldirish;
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorga o‘zgartishlar kiritish;
qarorni bekor qilish va zarur bo‘lgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati bo‘yicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
Shikoyat bo‘yicha apellatsiya kengashining qarori barcha a’zolar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Bunda apellatsiya kengashi a’zolaridan birortasi ham ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Vakolatli organning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda shikoyat yuqori turuvchi vakolatli organda yoki apellatsiya kengashida ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran:
qarorning amal qilishi va ijro etilishi to‘xtatib turiladi, bundan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini yoxud xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish hollari mustasno;
jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lash muddati to‘xtatib turiladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]

61-modda. Litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini qayta ko‘rib chiqishning davriyligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi besh yilda kamida bir marta ushbu Qonunda nazarda tutilgan har bir litsenziyalash tartibi, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomilining uni qo‘llash natijasida erishilgan maqsadlar, ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va texnologik rivojlanishning joriy holati, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining xarajatlari baholangan holda qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
62-modda. Nizolarni hal etish
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
63-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.02.00 Ma’muriy huquqbuzarlik;

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165, 1763, 2415-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190, 1925-moddasi.
64-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
[OKOZ:

1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]

Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi 71-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 142-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 72-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 143-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda);
4) O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-447-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 8-modda) XXIV va XXV bo‘limlari;
5) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-aprelda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-28-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) 7 va 8-moddalari;
6) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-59-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 28-moddasi;
7) O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli Qarorining 1-ilovasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-102-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 323-modda);
8) O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazishni tartibga solish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-109-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 416-modda) 5-moddasi;
9) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-216-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda) 8-moddasi;
10) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-255-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 330-modda) 9-moddasi;
11) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-sentabrda qabul qilingan “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-261-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 331-modda) 3-moddasi;
12) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli Qarorining 1-ilovasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘RQ-270-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 470-modda);
13) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 7-sentabrda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-292-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 245-modda);
14) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-312-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda) 6-moddasi;
15) O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-aprelda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-321-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 105-modda) 5-moddasi;
16) O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 20-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-341-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 332-modda);
17) O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-345-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 336-modda) 12-moddasi;
18) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-352-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 33 va 36-moddalari;
19) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-381-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 343-modda) 16, 19 va 22-moddalari;
20) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-391-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 24 va 42-moddalari;
21) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-396-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda) 20 va 33-moddalari;
22) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-418-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 385-modda) 8-moddasi;
23) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-429-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 137-modda) 10 va 17-moddalari;
24) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-456-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 23-moddasi;
25) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-459-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 4-modda) 12-moddasi;
26) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyulda qabul qilingan “Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-486-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 431-modda) 21-moddasi;
27) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-494-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 670-modda) 2 va 3-moddalari;
28) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘RQ-501-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 677-modda) 30-moddasining 3-bandi;
29) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-551-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 389-modda) 1-moddasi;
30) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-avgustda qabul qilingan “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-560-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 8, 471-modda) 3-moddasi;
31) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrda qabul qilingan “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-583-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 791-modda) 9-moddasi;
32) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-584-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 792-modda) 6-moddasi;
33) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-586-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 880-modda) 29-moddasi;
34) O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda) 28-moddasining 8-bandi;
35) O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-602-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 3-modda) 5-moddasi;
36) O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-603-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 4-modda) 8-moddasi;
37) O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-612-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 203-modda) 4-moddasi.
65-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
66-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonundan kelib chiqadigan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
67-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 48-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi hamda uchinchi qismi, shuningdek 49 — 57-moddalari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-iyul,
O‘RQ-701-son
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
1-ILOVA
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlari
Oldingi tahrirga qarang.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin