1. Gaz holatdagi olefin uglevodorodlar. Neftni destruktiv qayta ishlash jarayoni



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə7/10
tarix05.12.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#172653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
B52333C6-AC6E-44E5-ACD5-FE08F656A84B.4-ma\'ruza

Gazlarni quritish
Gazlardan suv bug‘larini ajratib olish zaruriy operatsiya bo‘lib, bunda gazlarni komponentlarga ajaratish jarayoni ko‘pincha juda past haroratda (- 100°C da) amalga oshiriladi. Suv ayrim katalizatorlarni zaharlaydi, u uglevodorodlar bilan quvurlarga tiqilib qoluvchi kristallogidrad hosil qiladi.
Quritish suyuq va qattiq qurituvchilar yordamida amalga oshi­riladi. Suyuq qurituvchilar sifatida ko‘p atomli spirtlar – di va trietilenglikollar ishlatiladi. Quritish jarayoni qarama-qarshi oqimda harakatlanuvchi gaz va qurituvchi vositasida kolonnada amalga oshi­riladi. Jarayon normal sharoitda olib boriladi. Q‘uritilgan gaz kolonnalarning yuqorisidan qattiq adsorbentlarda oxirigacha quritish uchun yo‘naladi, qurituvchi esa regeneratsiyaga yuboriladi. Suyuq qurituvchilarning ishlatilishi yetarli darajada yaxshi quritilgan gaz olishga imkon bermaydi, undan tashqari, suyuq qurituvchilar agressivdirlar.
Hozirgi vaqtda tobora keng doirada qattiq adsorbentlar aluminiy oksidi, alyumogellar, silikagellar, turli tabiiy va sintetik alyumosilikatlar ishlatila boshladi.
Quritish jarayoni gaz oqimini adsorbent bilan to‘ldirilgan kolonnadan o‘tkazish orqali odatdagi yoki yuqoriroq haroratda amal­ga oshiriladi. Regeneratsiya tabiiy adsorbentlar uchun 140°C haro­ratda, sintetik adsorbentlar uchun esa 270-300°C da issiq metan- vodorod aralashmasi oqimi bilan amalga oshiriladi. Ushbu adsor­bentlar kamchiliklari sifatida ularning past o‘tkazish qobiliyati, yu­qori bo‘lmagan namlik sig‘imi (5-8%) va C3-C4 uglevodorodlarini g‘ovaklarini to‘ldirib qo‘yadigan va kokslashga olib keluvchi polimerlash qobiliyatini ko‘rsatish mumkin. Keyingi vaqtlarda moleku­lar elaklar yoki seolitlar deb nomlangan sorbentlar muvaffaqiyatli ishlatila boshlandi. Bundan tashqari, seolitlar 100°C haroratgacha ishlash va ular regeneratsiyasini adsorbent strukturasini 400°C ha­roratgacha buzmay o‘tkazish mumkin. Seolitlarning katta afzalligi H2S va CO2 larning bir qismini adsorbsiyalashi va buning natijasida gazlarni qo‘shimchalardan tozalanishidadir.

Yüklə 227,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin