1. Gaz holatdagi olefin uglevodorodlar. Neftni destruktiv qayta ishlash jarayoni


АQSH neftkimyosi uchun olefinlarni ishlatish o‘sish ko‘rsatkichlari, mln.t/y



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə2/10
tarix05.12.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#172653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
B52333C6-AC6E-44E5-ACD5-FE08F656A84B.4-ma\'ruza

АQSH neftkimyosi uchun olefinlarni ishlatish o‘sish ko‘rsatkichlari, mln.t/y.
Y i l l a r

1971

1975

1980

2000

13,2

20,5

37,5

60,0

Gaz holidagi olefin uglevodorodlar qatoriga etilen, propilen, butilenlar (butilen-1; butilen-2, izobutilen) kiradi. Ushbu uglevodorod­larni olish uchun xomashyo sifatida tabiiy va yo‘ldosh gazlar hamda suyuq neft mahsulotlaridan foydalaniladi.
Gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish usullari
Gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish usullarini 2 asosiy turga bo‘lish mumkin:
A. Termik va katalitik kreking usuli bo‘lib, bunda olefin neftni destruktiv qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan gazlardan ajratib oli­nadi. Ushbu jarayonlarda gaz yonaki mahsulotdir.
B. Ishlab chiqarishning maxsus usullarida esa gaz holidagi parafin uglevodorodlarni degidrogenlash, gaz holidagi va suyuq neft mahsulotlarini piroliz qilish orqali olefin uglevoddorodlar ajratib oli­nadi. Ushbu jarayonlarda olefinlar ajratib olish maqsadga muvofiqdir.
Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari
Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari kreking va riforming nomi bilan ataladi.
Krekingning 2 xil - termik va katalitik turi mavjud.
Destruktiv qayta ishlashga berilayotgan dastlabki xomashyoga va jarayonni olib borish sharoitiga qarab gazning miqdori va tarkibi keng doirada o‘zgarib turishi mumkin.
Termik kreking «xom» neft fraksiyasi faqat termik yo‘l bilan destruktsiya qilinadi, bunda xomashyo sifatida ko‘pincha gazoil deb ataladigan 200-400°C fraktsiya ishlatiladi. Bunga ikki yo‘l bilan: bug‘ fazada (t=580-650°C, P=5-10 atmosfera) kreking yo‘li bilan va aralash fazada (t=350-500°C, P=25-70 atmosfera) kreking bi­lan erishish mumkin. Birinchi holida olefinlarga boy bo‘lgan xomashyoga nisbatan 30% gacha gaz hosil bo‘ladi; ikkinchi holida gazning salmog‘i xomashyoga nisbatan kamroq 10-12%, u 15% kamroq olefinlardan iborat bo‘ladi.
Termik krekingning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lgan va benzinlarni antidetonatsion xususiyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan yuqo­ri qaynovchi benzin fraksiyalarini termik riformingidir. Uni 550-­600 °C haroratda va 40 atmosfera bosimda olib boriladi. Gazlar ter­mik riformingda (boshlang‘ich xomashyoga nisbatan) ancha ko‘p miqdorda, o‘rtacha 16-17% og‘irlikda hosil bo‘ladi.
Termik kreking o‘z o‘rnini yuqoriroq oktan sonli benzin olib beruvchi katalitik krekingga bo‘shatib bermoqda. Jarayon t=450°C haroratda va 1-15 atmosfera bosimda alyumosilikat katalizatorlari (Al2O3*SiO2) ishtirokida olib boriladi. Katalitik kreking gazlarida ayrim hollarda termik krekingdagiga nisbatan ancha ko‘p olefin uglevodorodlar mavjud bo‘ladi. Katalitik krekingda C3 va C4 uglevodo­rodlar va izotuzilishga ega bo‘lgan uglevodorodlar ko‘proq bo‘ladi.
Katalitik krekingning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lgan katalitik riforming gazlari asosan vodorod (90% gacha) va to‘yingan uglevodorodlardan iborat, shu sababli u gaz holidagi olefinlar olish manbai bo‘lib xizmat qila olmaydi. Ushbu jarayon benzinlarni antideto­natsion xususiyatlarini yaxshilashga va aromatik uglevodorodlarni olishga yo‘naltirilgan. Shunday qilib, neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish uchun xizmat qilishi mumkin, biroq gazlardagi etilen miqdori kam bo‘lganligi bois neftni destruktiv qayta ishlash gazlaridan etilen ajratib olish maqsadga muvofiq emas.
Olefin uglevodorodlar olishning maxsus usullari neftkimyo uchun ko‘proq ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 227,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin