1. Gaz holatdagi olefin uglevodorodlar. Neftni destruktiv qayta ishlash jarayoni


Gaz holidagi uglevodorodlar aralashmasidan olefinlarni ajratib olish



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə6/10
tarix05.12.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#172653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
B52333C6-AC6E-44E5-ACD5-FE08F656A84B.4-ma\'ruza

Gaz holidagi uglevodorodlar aralashmasidan olefinlarni ajratib olish
Neftkimyo sintezi sanoati olefin uglevodorodlarning sifatiga juda katta talablar qo‘yadi. Shu sababli olefin tarkibli gazlar qanday usul bilan olinishidan qat’i nazar ajratish jarayonidan avval xomashyoni neftkimyo sinteziga tayyorlaydigan ma’lum operatsiyalarga uchratilishi lozim.
Хomashyoni neftkimyoviy jarayonlarga tayyorlash
Odatda, dastlabki tayyorlash quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi:
a) mexanik qo‘shimchalardan tozalash;
b) qo‘lansa hidli birikmalardan tozalash;
d) quritish.
Mexanik qo‘shimchalardan tozalash
Gazlar temir oksidi va sulfidi hamda boshqa mahsulotlarni o‘z ichida saqlashi mumkin. Ular apparaturani korroziyasi oqibatida ho­sil bo‘lishi mumkin. Gazlardan mexanik qo‘shimchalarni chiqarib yuborishning turli usullari mavjud:
1) mexanik qo‘shimcha zarralarini og‘irlik kuchlari yoki mar- kazdan qochma kuchlar ta’sirida cho‘ktirish;
2) g‘ovak materiallar orqali gazlarni filtratsiya qilish;
3) yuqori kuchlanish maydonida elektr yordamida cho‘ktirish;
4) moy qatlami orqali gazni borbataj qilish yoki eng ko‘p ishlatiladigan usulda yoki moy bilan gazni qarama-qarshi oqimda yuvish.
Mexanik qo‘shimcha zarralarini va suyuqlik tomchilarini olib chiqib ketilishining oldini oluvchi mukammal usuli - bu gazni metall turdan tayyorlangan matlar orqali o‘tkazish. Qalinligi 10-12 sm qilib tayyorlangan bunday matlar gaz o‘tkaziluvchi kolonnalarga bir necha qavat qilib o‘rnatiladi.
Qo‘lansa hidli kimyoviy birikmalardan tozalash
Piroliz gazlarida yoki neftni qayta ishlash jarayonlarida ajralib chiqadigan gazlarda ko‘pgina hollarda vodorod sulfid va uglerod II oksid mavjud bo‘ladi. Ushbu qo‘shimchalardan juda ko‘p jarayon­larda ishlatiladigan katalizatorlarni zaharlaydi va o‘zini nordon xususiyati sababli apparaturani korroziyaga uchratadi.
Neftkimyoda ilgarilari gazni H2S va SO2 lardan to‘la tozalash jarayonida ishqordan keng foydalaniladi. Ishqor yordamida tozalash ikki bosqich - sovuq va qaynoq ishqor vositasiada - ya’ni I bosqich 50°C da 11,6 % li ishqor eritmasida; II - bosqich 85°C, 40 atmosfera bosim va o‘sha kontsentratsiyali ishqor.
Hozirgi vaqtda etanolamin yordamida tozalash keng tarqalgan bo‘lib, eng ko‘p monoetanolamin (H2NCH2CH2OH) foydalani­ladi. Bundan tashqari, dietanolamin HN(CH2CH2OH )2va trietanolamin N(CH2CH2OH)3lar ham ishlatiladi. Odatda, etanolaminlarning 10-30% li suv eritmalari ishlatiladi.
Tozalashga quyidagi reaksiyalar sabab bo‘ladi:

Reaksiyalar monoetanolamin bilan t = 25 - 40°C da chapdan o‘ngga t = 105 - 110°C da esa o‘ngdan chapga (erituvchini regeneratsiyasi) boradi.
Agar CO2 ga tegmagan holda faqat vodorod sulfid ajratilsa, CO2 bilan o‘zaro reaksiyaga kirishmaydigan trietanolamin ishlatiladi. Etanolaminlar yordamida 34% gacha H2S va 5% gacha CO2 bo‘lgan gazlar muvaffaqiyat bilan tozalanadi. Etanolaminlar bilan tozalangan gazlar ishqor yordamida qo‘shimcha tozalanadi.
Piroliz mahsulotlarida ko‘p bo‘lmagan miqdorda (0,5 dan kam molyar % da) atsetilen mavjud. Atsetilenni misdan tayyorlanishi mumkin bo‘lgan apparatura bilan portlovchi birikmamis atsetilenidi hosil qiladi. Undan tashqari, atsetilen yengil polimerlanadi, bu esa apparaturani tiqilib qolishiga olib keladi. Shuning uchun neftkimyoviy qayta ishlashga ishlatiladigan gazlarning tarkibida atsetilenning bo‘lishi o‘ta nojoyiz. Atsetilenni etilenga selektiv gidrogenlash yo‘li bilan yo‘qotiladi:

Gidrogenlash 200-300°C haroratda 3-25 atmosfera bosimida olib boriladi. Katalizator sifatida yoyuvchidagi nikel (5% Ni, 95% Cr2O3), silikageldagi palladiy (Pd/SiO2) yoki aluminiy oksididagi molibden sulfid (MoS, Al2O3) ishlatiladi.
Ushbu jarayondan gazlarni komponentlarga ajratishgacha ham, ajratgandan keyin ham foydalanish mumkin. Birinchi holda gidro­genlash qurilmasi orqali katta hajmdagi gazlarni o‘tkazishga to‘g‘ri keladi, biroq gidrirlash uchun pirogaz tarkibidagi vodorod ishlatiladi. Ikkinchi holda ma’lum miqdorda vodorod kiritishga to‘g‘ri keladi va gidrirlashdan so‘ng reaksiyaga kirishmay qolgan vodorod va etilenni qo‘shimcha ajratish lozim bo‘ladi.
Atsetilenni dimetilformamid yoki atseton bilan absorbsiyalab yo‘qotish mumkin.

Yüklə 227,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin