1. Gaz holatdagi olefin uglevodorodlar. Neftni destruktiv qayta ishlash jarayoni


Gazlarni tarkibiy qismlarga ajratish



Yüklə 227,5 Kb.
səhifə8/10
tarix05.12.2023
ölçüsü227,5 Kb.
#172653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
B52333C6-AC6E-44E5-ACD5-FE08F656A84B.4-ma\'ruza

Gazlarni tarkibiy qismlarga ajratish
Neftkimyo sanoati uchun kreking, piroliz va shu kabi jarayon gazlaridan toza olefinlarni ajratib olish o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Qator jarayonlar uchun yuqori darajali tozalikka ega bo‘lgan ole­finlar ishlatish talab qilinadi. Masalan, yuqori bosim polietilen olish uchun 99,9% konsentratsiyali etilen, etil spirtini olish uchun esa eti- lenning konsentratsiyasi 97% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Hozirgi vaqtda sanoatda gazlarni ajratishning quyidagi usullari ishlatiladi:
1) kompression usul;
2) sorbsion (adsorbtsiya, absorbtsiya, xemosorbtsiya) usul;
3) quyi haroratli rektifikatsiya usuli;
4) kombinatsiyalangan usul.
Kompression usul
Kompression usul bosim orttirilganda ko‘proq og‘ir komponentlarni suyulishi natijasida uglevodorod gazlari fraksiyalanib ajralishi- ga asoslangan bo‘ladi. Ushbu usul gaz benzinini ajratib olishda keng ishlatiladi, biroq gazlarni aniq fraksiyalarga ajralishini ta’minlay olmaydi, shu sababli u boshqa usullar bilan birga kombinatsiyada ish­latiladi.
Sorbsion usul
Turli fraksiyadagi uglevodorod gazlarini ma’lum shart-sharoitlarda suyuq, adsorbentlar (absorbsiya), qattiq adsorbentlar (adsorbsiya) da yutilishiga yoki ayrim uglevodorod gaz komponentlari- ning ma’lum kimyoviy birikmalar bilan ta’sirlashuvi (xemosorbsiya) ga asoslangan.
A) Absorbsion usul neftkimyo sanoatida keng ishlatiladi. Suyuq erituvchilar sifatida turli neft distillatlari (yengil S4 - S5 uglevodo­rodlar, solyar-kerosin yoki ligroin fraksiyalari) ishlatiladi. Absorbent u yoki bu uglerod fraksiyasini ajratib olishni nazarda tutgan holda sharoitlar tanlab oladi va aynan shu yo‘l bilan gazni bir xil uglevodo­rod atomli fraksiyalari (etan - etilan, propan-propilen va boshqalar) ga to‘la ajratish mumkin. Ushbu usul bilan fraksiya ichidagi uglevo­dorodlarni bir-biridan ajratish mumkin emas, shuning uchun boshqa usullar bilan birga olib boriladi.
B) Adsorbsion usul - qattiq adsorbentda turli molekular og‘irlikdagi uglevodorodlarni turlicha adsorbsiyalanishiga asoslangan. Uglevodorod molekular og‘irligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha oson adsorbsiyalanadi. Ko‘pincha adsorbent sifatida faollangan ko‘mir ishlatiladi. Ko‘mirga adsorbsiyalangan quyi molekular uglevodorod­lar kattaroq molekular og‘irlikka ega bo‘lgan uglevodorodlar bilan siqib chiqariladi, oxirgilari o‘z navbatida suv bug‘lari bilan siqib chiqarilishi mumkin.

Yüklə 227,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin