1. Gerontologiya haqida umumiy tushuncha Keksa aholining demografik yuki


Keksa aholining demografik yuki rivojlangan mamlakatlarda o'sib bormoqda, eng yuqori ko'rsatkichlar Yaponiya va Evropa davlatlarida kuzatilmoqda



Yüklə 72,34 Kb.
səhifə2/4
tarix12.12.2022
ölçüsü72,34 Kb.
#74134
növüReferat
1   2   3   4
Geriontologiya

Keksa aholining demografik yuki rivojlangan mamlakatlarda o'sib bormoqda, eng yuqori ko'rsatkichlar Yaponiya va Evropa davlatlarida kuzatilmoqda.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan global qarish muammosiga oid o'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, keksa aholining demografik yuki rivojlangan mamlakatlarda o'sib bormoqda, eng yuqori ko'rsatkichlar YAponiya va Evropada kuzatilmoqda.
Aholining qarishi iqtisodiyotning ko'plab tarmoqlarida, xususan, sog'liqni saqlashda kadrlar etishmasligiga olib kelmoqda. empirik hisob-kitoblar qariyalar ulushi yuqori bo'lgan mamlakatlarga immigrantlar oqimi qariyalarning qaramlik yukini 2,4 foiz kamayishiga, shuningdek, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning 4,6 foizga o'sishiga olib kelishini ko'rsatmoqda.
O'zbekistonda keksa yoshdagi aholining demografik yuki har 100 mehnatga layoqatli aholiga 7 kishini tashkil etadi, bu jahondagi o'rtacha ko'rsatkichdan past va hatto 2035 yilgi prognozlarda ham umumjahon o'rtacha ko'rsatkichlaridan past bo'lishi kutilmoqda.
O'zbekiston demografik dividend olish bo'sag'asida turibdi va jahon mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash uchun yaxshi salohiyatga ega.
Demografik inqirozga uchragan mamlakatlarda vaziyat yanada og'irlashishi kutilmoqda. Ushbu davlatlar tomonidan bir qator tizimli choralar qo'llanilishi (kasb-hunar ta'limi, til o'zlashtirish, salomatlik va xavfsiz mehnat sharoitlari bilan bog'liq qulay sharoitlar yaratish, h.k.) kelajakda bu mamlakatlarga malakali kadrlarni jalb qilishda raqobatdosh ustunlik berishi mumkin.
Geriontologiyada hamshiralik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari:
Hamshiralik ishi bo’yicha yuksak malakali mutaxassislar mavjudligi odamlar sog’lomligi va jamiyat jadal rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Respublikamizda jahon andozalariga mos, davr talabiga to’la javob bera oladigan shunday mutaxassislar tayyorlash uchun izlanishlar olib borilmoqda. Shuning uchun "Gerontologiya"da hamshiralik ishiga: "Gerontologiyada hamshiralik jarayoni", "Gerontologiyada kommunikatsiya", "Hamshiralik faoliyati falsafasi" kabi yangi tushunchalar kiritildi.
Zamon hamshiralik ishini "fan" sifatida rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bugungi hamshira kasallik belgilariga asoslanib bemorga "Hamshira tashxisi" qo’ya olishi lozim. Keksa va qari bemorlarning dardini eshita, tushuna olish, ular bilan insoniy muloqotga kirisha bilish, bemor oldida javobgarlikni to’la his etib, uning sog’ligini ijobiy tomonga o’zgartirish shu kunning talabidir. Hamshiralik ishini fan va sanoat darajasiga ko’targan amerikalik nazariyotchilardan biri V.Xenderson tibbiyot hamshiralarining noyob vazifasi- inson, sog’lom odam yoki bemorga o’zining sog’ligini tiklashi, mustahkamlashi, umrini osoyishta yashab o’tishga ko’mak bera oladigan darajada malaka va bilimga ega bo’lishdan iborat deb hisoblaydi. Demak, gerontologiyada hamshiralik ishining maqsadi quyidagilardan iborat: 1. Keksa va qari yoshdagi kishilarning asosiy ehtiyojlarini tushunmoq. 2. Yoshi o’tgan va qari kishilarning sog’lom bo’lishiga, sog’ligini saqlashga va tiklashga erishish. 3. Keksa va qari yoshdagi kishilarning o’ziga-o’zi qaray olishiga erishish. 4. Vaqti soati kelgan yoki og’ir, tuzalmas kasallik bilan og’rigan insonning (keksaning)umrini osoyishta yashab o’tishiga imkoniyat yaratish. 5. Qariyalar uchun sog’lom turmush tarzini yuzaga keltirish va rivojlantirish zarur. Gerontologiyada hamshiralik jarayon -hamshira tafakkurining va harakatining alohida bir turi. Chunki keksa yoki qari kishilarga qarash, ularni davolash hamshiralardan alohida ma'suliyat, muomula-madaniyati, ilmini talab etadi. Gerontologiyada yoshi o’tgan, keksaygan shaxsning muammosini hal etishda hamshira rejali ravishda ish olib borishi zarur. Hamshiralik jarayoni - dinamik, o’sib boruvchi va o’zgaruvchan harakatli jarayondir. Keksa, qari kishi yoki bemorlarning dardi ko’p. Demak, ularning parvarishiga bo’lgan munosabat ham shunga mos ko’p qirrali bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda qariyalarni parvarishlash rejasi vaziyatga qarab muttasil o’zgarib turadi. Bu jarayon ularning ehtiyojlarida mujassamlangan. Demak, parvarish rejasi bunday bemorlarning asosiy ehtiyojlariga asoslanib tuziladi. Hamshiralik jarayoni aniq bir maqsadga yo’naltirilgan, moslashuvchan jarayon. Hamshiraning ishi shifoxonalarda, oilalarda, qariyalar uylarida, poliklinikalarda olib boriladi. Hamshira bu jarayonda o’z mutaxassisligi bo’yicha bilimi, iste'dodi, tajribasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini bemorning sog’ligini tiklash, uni parvarish qilishga, muammolarini hal etishga sarflashi zarur. Gerontologiyada hamshiralik jarayoni 5 ta bosqichdan iborat:

Yüklə 72,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin