1. Grammatika haqida umumiy ma’lumot. So‘zning shakli va grammatik ma’no



Yüklə 183,95 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü183,95 Kb.
#167559
1   2   3   4
1-mavzu

sо‘z turkumlari deyiladi. Sо‘zlarning turkumlarga ajratilishida quyidagi uch xususiyat asos bо‘ladi. Sо‘zlar ifodalaydigan lug‘aviy ma’no turkumlarga ajratishdagi muhim belgilardir.
Sо‘z turkumlarini ajratishda morfologik belgi ham muhimdir. Bu xususiyat sо‘z turkumlariga maxsus qо‘shimchalar tizimi mavjudligini, ularni asosan shu turkumga xoslanganligini kо‘rsatadi. Masalan: ot turkumi kо‘plik, kelishik, egalik qо‘shimchalariga ega bо‘lganidek, boshqa turkumlardan farqli
ravishda ularda kichraytirish - erkalash shakllari ham bor. Shunga kо‘ra otlar kо‘plikda keladi, predmetning kimga qarashliligini bildiradi, turlanadi. Shuning dek, maxsus ot yasovchi qо‘shimchalarning mavjudligi ot turkumini morfologik jihatdan tо‘la shakllanganligini kо‘rsatadi.
Sо‘z turkumlariga ajratishdagi belgilardan biri sо‘zning gapdagi sintaktik vazifasi bilan bog‘liq. Masalan: ot о‘z ma’nosidan kelib chiqqan holda gapda asosan ega bо‘lib keladi.
Sо‘zlarning gapda qanday vazifa bajarishi ma’nosi, grammatik shakli bilan bog‘liq. Masalan: bosh kelishikdagi ot ega vazifasini bajarsa, qaratqich kelishigidagi ot - aniqlovchi, boshqa kelishikdagi otlar -tо‘ldiruvchi va hol vazifalarida keladi.
Sо‘z turkumlarining sintaktik vazifalari, shu turkumdagi sо‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga mos holda asosan qaysi bо‘lak bо‘lib kelishi bilan belgilanadi.
О‘zbek tilidagi sо‘zlarni yuqorida sanab о‘tilgan uch belgisiga kо‘ra quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:
1 . Mustaqil sо‘zlar. 2. Yordamchi sо‘zlar. 3. Oraliq sо‘zlar.
Lug‘aviy va grammatik ma’noga ega bо‘lib, gapda biror gap bо‘lagi vazifasini bajaradigan sо‘zlar mustaqil sо‘zlar deyiladi.
Lug‘aviy ma’noga ega bо‘lmagan sо‘z va gaplarni о‘zaro bog‘lash, ularga qо‘shimcha ma’no berish uchun ishlatilib, gapda biror gap bо‘lagi vazifasida qulla-nilmaydigan sо‘zlar yordamchi sо‘zlar deyiladi. yordamchi sо‘zlarga kо‘makchi, bog‘lovchi va yuklamalar kiradi.
Uchinchi sо‘zlar guruhi oraliq turkum deb nomlashda bu sо‘zlarda ayrim mustaqil ayrim yordamchi sо‘zlarga xos xususiyatlar mavjudligi hisobga olindi. Modal sо‘zlar, undov va taqlid sо‘zlar shu guruhga mansubdir.
Yüklə 183,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin