1.Qо‘shimchalar. Sо‘zlarning о‘zak yoki negiziga turli qо‘shimchalar qо‘shish orqali grammatik ma’no hosil bо‘ladi. Masalan: kitoblar, uydan, ishga, yozgin kabi. Sо‘z о‘zgartiruvchi va shakl yasovchi qо‘shimchalar grammatik ma’no hosil qiluvchilardir. Sо‘z yasovchi qо‘shimchalar yangi sо‘z yasaydi. Shuning uchun ular grammatik ma’no hosil qilmaydi. Masalan: paxtakor…
2.Yordamchi sо‘zlar:yordamchi sо‘zlar, asosan, kо‘makchilar, mustaqil sо‘zlar bilan birikib, grammatik ma’no ifodalaydi. Masalan: Otabek Rahmatning bu sо‘zini samimiyat bilan qarshiladi. (A.Q.).
3.Sо‘z tartibi: Sо‘zlarning gapda о‘rin almashishi ham grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Masalan: Uzoqdan katta uy kо‘rindi, uzoqdan uy katta kо‘rindi.
4.Sо‘zlarni takrorlash: Nutqda sо‘zlarni takror holda ishlatish orqali grammatik ma’no hosil bо‘ladi. Olcha va shaftolilar g‘ij- g‘ij, shoxlarining boshlari yerda (O.)
5.Ohang: Gap yoki sо‘zlarni turli ohanglar bilan aytilishi ham grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Masalan: Aziza keldi. (darak gap), Aziza keldi? (sо‘roq gap), Aziza keldi! (his-hayajon gap).
6.Supletivizm (tо‘ldirish): Bir tizimdagi grammatik ma’nolarni ifodalash uchun alohida-alohida sо‘zlarni yо‘llash supletivizm hisoblanadi. Bir grammatik tizimni tashkil etuvchi birinchi shaxsning birligi men, kо‘pligi biz olmoshlari bilan ifodalanishi supletivizmdir. Shuningdek, sо‘zlarni juftlash va sо‘z urg‘usini о‘zgartirish ham grammatik ma’no hosil qiladi. Masalan: katta-kichik, yaxshi- yomon
Lug‘aviy ma’noga qо‘shiladigan grammatik ma’no hamda grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar grammatik shaklni tashkil etadi. Sо‘zning grammatik shakli lug‘aviy va grammatik ma’nolar bilan bog‘liq. Sо‘zning grammatik shakli deyilganda ma’lum sо‘zning о‘z lug‘aviy ma’nosini yо‘qotgan, о‘zgartirmagan holda turli shakllarda qо‘llanilishi tushuniladi. Masalan: kishining, kishiga, kishida kabi. Grammatik shakl grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiluvchi muhim qismdir.
Grammatik shakl lug‘aviy ma’noli qism bilan birgalikda unga qо‘shiladigan grammatik ma’no orqali hosil bо‘ladi.
Sо‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan birgalikda borliqqa yoki nutqdagi boshqa sо‘zlarga munosabatini ifodalaydigan qо‘shimcha ma’noga mos holati sо‘zning grammatik shakli deyiladi. Sо‘zning grammatik shakli ikki xil: sо‘zning modal shakli va sо‘z о‘zgartirish shakli. Sо‘zning modal shakli lug‘aviy ma’noga mos keladigan, turli munosabatlarni ifodalovchi shaklidir.
Hozirgi o`zbek tilida so`zlarning grammatik shakllari affikslar, yordamchi so`zlar vositasida, so`zlarni juftlash yoki takrorlash orqali hosil qilinadi. Shunga ko`ra so`zlarning quyidagi grammatik shakllari farqlanadi: