Sintetik shakl. Sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar orqali kitobni (о‘qidim), kitobdan (о‘qidim) hamda shakl yasovchi qо‘shimchalar
orqali: kо‘kish, kо‘kroq, kо‘kimtir hosil bо‘ladi.
Analitik shakl. Mazkur shakl mustaqil sо‘zlarning yordamchi sо‘zlar bilan birgalikda ishlatilishi orqali yuzaga keladi: bolalar uchun, zavq bilan, o`qib tur, o`qib ko`r kabi.
Analitik-sintetik shakl.Grammatik shaklning vujudga kelishida qо‘shimchalar ham, yordamchi sо‘zlar ham katnashsa analitik-sintetik shakl vujudga keladi: uyga tomon, kо‘pdan-kо‘p, yо‘lga qadar, toqqa tomon va boshqalar.
Juft va takroriy shakl. Ikki so`zni juftlash yoki bir so`zni takrorlash bilan ham grammatik shakl yasaladiki, bunday shakl juft
va takroriy shakl deb yuritiladi: tog`-tosh, katta-kichik juft shakli umumlashtirish ma’nosini, savat-savat (non), tog`-tog` (paxta) takrorlash shakli ko`plik, mo`llik ma’nosini ifodalaydi, katta-katta, tez-tez takroriy shakl ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi.
grammatik kategoriyalarning to`rt turi farqlanadi: 1) so`zning grammatik kategoriyalari; 2) so`z shakllarning grammatik kategoriyalari; 3) so`z o`rinlarining grammatik kategoriyalari; 4) so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari.
So`z va so`z shakllarning grammatik kategoriyalari tizimi tilning morfologiyasini tashkil etsa, so`z o`rinlari va so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari tizimi tilning sintaksisini tashkil etadi.
Grammatik kategoriya morfologik kategoriyalar: ot, sifat, son, fe’l , son, egalik, kelishik kategoriyalari, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayli, zamon, shaxs-son sintaktik kategoriyalar: ega, kesim, to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol Sо‘zlar lug‘aviy ma’nolari, morfologik belgilari, gapda bajaradigan sintaktik xususiyatlariga kо‘ra о‘zaro farqlanuvchi turli guruhlarni tashkil qiladi. Sо‘zlarning lug‘aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga kо‘ra turli guruhlarga bо‘linishi