Mavzu: Grammatika, uning qismlari. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot Ot turkumining ta’rifi, leksik-grammatik xususiyatlari, ma’no turlari. Otlarning aloqa-munosabat kategoriyalari. Otlardagi kelishik kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot. : Otlarning yasalishi, tuzilish jihatdan turlari. Otlarda modal ma’no REJA: 1. Grammatika haqida umumiy ma’lumot. So‘zning shakli va grammatik ma’no.
2. Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari. So‘zning grammatik shakli. 3. Grammatik kategoriya. So‘z turkumlariga ajratish tamoyillari. 4.Otning leksik-grammatik xususiyatlari. Otning ma’no turlari. Atoqli otlarning turlari 5.Turdosh otlarning turlari. Ot turkumining son kategoriyasi 6.Otlarning yasalishi. Tuzilish jihatdan turlari. Otlarda modal ma’no. TAYANCH TUSHUNCHALAR: grammatika, so’z shakli, grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik kategoriya, morfologiya, so’z turkumi Grammatika ( yunoncha o‘qish va yozish haqidagi bilim ) tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, nutqda so‘zlarning o‘zgarishi, o‘zaro birikib gap hosil qilishi haqidagi bilimdir. Grammatika atamasining ikki ma’nosi mavjud. Birinchidan, grammatika tilning muayyan tarkibiy qismi grammatik qurilishini ifodalasa, ikkinchidan, shu grammatik qurilishga xos qoidalarni umumlashtirib, uni ilmiy asosda о‘rganuvchi fanni bildiradi.
Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyaqismidaso`z turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida baxs yuritilsa, sintaksis qismidaso`zlarning bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil qilishi tekshiriladi.
Ko`rinadiki, grammatika ham leksikologiya singari so`zni o`rganadi. Ammo leksikologiya leksik so`zni – leksemani o`rgansa, grammatika grammatik so`zni – so`zning shaklini tekshiradi.
Lug‘aviy ma’nosо‘zlarning birlamchi, asosiy ma’nosi hisoblanadi. Sо‘zning lug‘aviy ma’nosi uning nutqdan tashqaridagi ma’nosi bо‘lib, shu ma’nosiga qarab sо‘zlar obyektiv borliqdan olinadigan narsa-hodisalar haqidagi tushunchalarni ifodalaydi, Tushuncha esa narsa-hodisalarning kishi ongida aks etishi asosida vujudga keladi.
Sо‘zlar nutqda о‘zaro birikishi, bog‘lanishi natijasida turli qо‘shimcha ma’nolarni ifodalaydi. Turli munosabatlarni bildiruvchi bunday ma’nolar lug‘aviy ma’nodan tashqaridagi qо‘shimcha ma’nolardir. Grammatik ma’no sо‘zning shakliy ma’nosidir.
О‘zbek tilida quyidagilar grammatik ma’no hosil qiluvchi vositalardir: