1. Grammatika haqida umumiy ma’lumot. So‘zning shakli va grammatik ma’no



Yüklə 183,95 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü183,95 Kb.
#167559
1   2   3   4
1-mavzu

Sintetik shakl. Sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar orqali kitobni (о‘qidim), kitobdan (о‘qidim) hamda shakl yasovchi qо‘shimchalar
orqali: kо‘kish, kо‘kroq, kо‘kimtir hosil bо‘ladi.
Analitik shakl. Mazkur shakl mustaqil sо‘zlarning yordamchi sо‘zlar bilan birgalikda ishlatilishi orqali yuzaga keladi: bolalar uchun, zavq bilan, o`qib tur, o`qib ko`r kabi.
Analitik-sintetik shakl. Grammatik shaklning vujudga kelishida qо‘shimchalar ham, yordamchi sо‘zlar ham katnashsa analitik-sintetik shakl vujudga keladi: uyga tomon, kо‘pdan-kо‘p, yо‘lga qadar, toqqa tomon va boshqalar.
Juft va takroriy shakl. Ikki so`zni juftlash yoki bir so`zni takrorlash bilan ham grammatik shakl yasaladiki, bunday shakl juft
va takroriy shakl deb yuritiladi: tog`-tosh, katta-kichik juft shakli umumlashtirish ma’nosini, savat-savat (non), tog`-tog` (paxta) takrorlash shakli ko`plik, mo`llik ma’nosini ifodalaydi, katta-katta, tez-tez takroriy shakl ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi.
grammatik kategoriyalarning to`rt turi farqlanadi: 1) so`zning grammatik kategoriyalari; 2) so`z shakllarning grammatik kategoriyalari; 3) so`z o`rinlarining grammatik kategoriyalari; 4) so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari.
So`z va so`z shakllarning grammatik kategoriyalari tizimi tilning morfologiyasini tashkil etsa, so`z o`rinlari va so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari tizimi tilning sintaksisini tashkil etadi.
Grammatik kategoriya
morfologik kategoriyalar:
ot, sifat, son, fe’l , son, egalik, kelishik kategoriyalari, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayli, zamon, shaxs-son
sintaktik kategoriyalar:
ega, kesim, to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol
Sо‘zlar lug‘aviy ma’nolari, morfologik belgilari, gapda bajaradigan sintaktik xususiyatlariga kо‘ra о‘zaro farqlanuvchi turli guruhlarni tashkil qiladi. Sо‘zlarning lug‘aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga kо‘ra turli guruhlarga bо‘linishi
Yüklə 183,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin