1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari


Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning zararli ta`siri



Yüklə 149 Kb.
səhifə17/25
tarix12.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#111901
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tark

35. Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning zararli ta`siri.

Sanoatda, qishloq xo’jaligida bajariladigan ishlarning hammasida, transport vositalarining ishlatilishida changlar xosil bo’ladi va ajraladi. Bunday changlar kelib chiqish manbalariga ko’ra: tabiiy va sun’iy changlarga bo’linadi.Tabiiy changlar - inson faoliyatiga bog’liq bo’lmagan xolda xosil bo’ladigan changlar. Bunday changlar shamol va kuchli bo’ronlar ta’sirida qum va tuproq yemirilgan qatlamlarining uchishi, o’simlik va hayvonot olamida paydo bo’ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan keladigan changlar (kosmik jismlarning yerga tushishi, yonib ketishidan xosil bo’ladigan changlar) kiradi. Tabiiy changlarning miqdori tabiiy sharoitga, havoning xolatiga, yil fasliga, aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqada joylashganligiga bog’liq. Masalan, atmosferadagi changlar miqdori shimoliy tumanlarga nisbatan janubiy tumanlarda, o’rmon zonalariga qaraganda cho’l zonalarida, qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko’proq bo’lishi ma’lum.


Ma’lumotlarga qaraganda, har bir kubometr havo tarkibida katta shahar hududlarida 6 ming atrofida, avtomobil vositalaridan ajraladigan qurum va tutunlarni ham qo’shib hisodlaganda 30 ming atrofida har xil kattalikdagi chang zarralarini tashkil etadi.Sun’iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida xosil bo’ladigan changlar kiradi. Jumladan, cho’yan va po’lat ishlab chiqarish pechlaridan, issiqlik elektr stansiyalarida (IES) ko’mir yoqilishidan, qurilish ishlarida yer qazish ish-lari, portlatish ishlari, sement ishlab chiqarish, tog’lardan ma’danlarni qa-zib olish ishlari va boshqa ishlarda juda ko’p miqdorda changlar ajraladiki, bu changlarni atrof muhitga chiqarib yuborish natijasida tabiatga halokatli ta’sir ko’rsatishi ma’lum. Shuningdek, sanoatning ba’zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida xavfli sanoat changlari ajralib, ularning chiqa¬rib yuborilishi fojiali xolatlarni vujudga keltiradi. Changlarning zararli ta’sirlari ularning kimyoviy tarkibiga bog’liq.
Changlar kattaligi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:
1 - yirik changlar (kattaligi 10 mkm dan katta bo’lgan changlar). Bunday changlar o’z og’irligi ta’sirida yerga tushadi;
2 - mayda changlar (kattaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo’lgan changlar) bunday changlar yomg’ir, qor yog’ishi natijasida yerga tushishi mumkin;
3- ultramikroskopik changlar (kattaligi 0,25 mkm dan kichik changlar, ular yerga qo’nmaydi). Ishlab chiqarish changlarining inson organizmiga ta’siri ko’p omillarga bog’liq. Ularga chang zarrachalarining kattaligi, shakli, lining havodagi miqdori, ta’sir etish muddati, ularning fizik-kimyoviy xossalari. ish jarayonining muhiti va boshqa ta’sirlar kiradi. Masalan, tashqi harorat ko’tarilganda kishi jismoniy mehnat bilan shug’ullanganda tez-tez nafas olishi natijasi¬da organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollarning bo’lishi va havodagi boshqa gazlarning ta’siri changning organizmga zararli ta’sirini kuchaytiradi. Chang zarrachalarining gigiyenik ta’siridan tashqari yana boshqa salbiy ta’sirlari ham bor, jumladan:
a) changlar texnologik jixozlarning yemirilishini tezlashtiradi; qimmatbaxo materiallarni yaroqsiz xolatga keltirib, iqtisodiy zarar yetkazadi;
b) texnosferada changlarning tarqalishi sanitariya xolatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi jixozlarning ifloslanishi oqibatida yorug’likni kamaytiradi;
d) ko’mir, yog’och, solyar moyi changlari yong’in va portlashlarning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. Changlarn¬ing kimyoviv tarkibi, eruvchanligi, katta-kichikligi, shakli, ularning tuzilishi (kristall yoki amorf), elektr o’tkazuvchanligi va boshqa xususiyatlari ularning organizmga ta’sir qilishida muhim rol o’ynaydi. Changlarning katta-kichikligi ularning havodagi turg’unligi, nafas yo’llariga kirishi va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. Masalan, 10-20 mkm kattalikdagi zarrachalar Nyuton qonuniga bo’ysungan xolda yerga tortishish kuchi ta’sirida ma’lum tezlik bilan yerga tushadi. Inson nafas olganda ular nafas yo’llarming yuqori qatlam-larida ushlanib qoladi.
Mikroskopik zarrachalar esa (0,25-10 mkm) havoda ancha turg’un bo’lib, bir xil tezlikda yerga tushadi. Nafas olinganda asosan ularning 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari nafas yo’liariga kiradi. Ultramikroskopik zarrachalar kattaligi 0,25-0,1 mkm va undan kichik bo’lgan zarrachalar Broun harakatiga bo’ysunganligidan havoda uzoq vaqt turadi. Ular o’zaro harakatlanganda bir-biri bilan to’qnashishilari natijasida yiriklashib, yerga tushadi. Bunday muhitda nafas olingan havodagi ultramikroskopik zarrachalarining 60-70% i o’pkada ushlanib qoladi. Bu zarrachalarning massasi katta bo’lmaganligidan changli shikastlanishning rivojlanishi katta bo’lmaydi. Chang zarrachalarining shakli har xil bo’lishi mumkin: sferik, yassi, turli shaklli. Aerozollar xosil bo’lishida chang zarralari miqdorining ko’p qismi sferik shaklga ega bo’ladi.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin