1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


- Buxgalteriya balansini tuzish uchun ma’lumotlarni tayyorlash



Yüklə 89,22 Kb.
səhifə10/40
tarix13.02.2023
ölçüsü89,22 Kb.
#84119
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

10 - Buxgalteriya balansini tuzish uchun ma’lumotlarni tayyorlash
Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik-moliyaviy holati ishlab chiqarish, sotish, ta’minot jarayonlari bilan bog‘liq holda tashkil qilinadi. Har bir jarayonda korxonaga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar harakatida tegishli o‘zgarishlar amalga oshirilib, hisobot davrining oxiriga umumlashtirishni talab qiladi. Korxona mablag‘larining holati, ularning to‘liqligi, moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligi, tegishli hisob ko‘rsatkichlarida, moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarida ko‘rsatiladi, lekin bu ko‘rsatkichlar mablag‘lar holati bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotni ko‘rsatmaydi, balki ularning turlari bo‘yicha, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot berishi mumkin. Korxona mablag‘larining umumlashtirilgan holatdagi ma’lumoti mablag‘larning joylanishi va ularning tashkil topish manbalari bo‘yicha holati buxgalteriya balansi yordamida o‘rganiladi, balansda barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar pul o‘lchov birligida ko‘rsatiladi. Buxgalteriya balansini tuzish uchun maxsus tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Bunday tayyorgarlik ishlariga mablag‘lar to‘liqligini ta’minlash maqsadida, birinchidan, inventarizatsiya o‘tkazish va uning natijalarini tahlil qilish, ularni tegishli hisob yozuvlarida aks ettirish talab qilinsa, ikkinchidan, hisobot yilidagi xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘riligini nazorat qilish talab qilinadi, uchinchidan, hisobot davrining oxiriga barcha sintetik va analitik schotlardagi yozuvlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash va har bir schotning oylik oborotini, oxirgi qoldiq summasini aniqlash talab qilinadi. Bu vazifani bajarish uchun mablag‘lar harakatini hisobga oluvchi schotlarning boshlang‘ich qoldiqlari, oyning oborotlari va qoldiqlari hisob-kitob qilinadi. Har bir sintetik schotning ko‘rsatkichlari analitik schot ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, ularning o‘zaro tengligi ta’minlanadi. Buxgalteriya hisobida har bir schot bo‘yicha maxsus jurnal-orderlar yuritiladi, balans tuzishda ulardagi yozuvlar oy oxirida hisob-kitob qilinib, har bir jurnal-orderning ma’lumotlari hisoblab chiqiladi. Buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan ayrim ma’lumotni bevosita korxonaning o‘zidagi ma’lumotlarga asoslanib, davlat tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlarga asosan aniqlash talab qilinadi va aniqlangan summalarga tegishli buxgalteriya yozuvlari yoziladi. Bunga misol qilib hisobot davri uchun asosiy vositalarga eskirish hisoblashni keltirish mumkin. Korxona bo‘yicha asosiy vositalar summasi davlat tomonidan belgilangan, eskirish me’yorlari tasdiqlangan, faqat summalarini hisob-kitob qilish yo‘li bilan balansga tayyorgarlik ko‘riladi. Balans tuzish uchun sintetik schotlar bilan analitik schotlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash balans ma’lumotlarining aniqligini oshiradi. Shu munosabat bilan balans moddalarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar ularning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha ham o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlarni balansga tayyorlash davrida birinchi bor sintetik va analitik schotlar bo‘yicha oborot vedomosti tuziladi, ularning boshlang‘ich qoldiqlari, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiqlari debet va kredit tomonlari bo‘yicha bir-biriga tengligi ta’minlangandan keyin bu ma’lumotlar bosh daftarga ko‘chiriladi. Bosh daftardagi har bir schotning qoldig‘i balansning tegishli moddalarida ko‘rsatiladi.


Yüklə 89,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin