1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


- Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi



Yüklə 89,22 Kb.
səhifə31/40
tarix13.02.2023
ölçüsü89,22 Kb.
#84119
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

31- Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi
Mulk shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlar o‘zlariga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar holatini, ularning to‘liqligini aniqlash maqsadida yillik buxgalteriya hisoboti va balansini topshirishdan oldin to‘liq inventarizatsiya o‘tkazishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26.03.164-sonli „ O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash hamda buxgalteriya hisob-schotlar tizimini takomillashtirish haqida“ gi qarorida ko‘rsatilganidir. Inventarizatsiya o‘tkazish yordamida tegishli hisobdor shaxs zimmasida tovar va moddiy boyliklar son va sifat jihatdan o‘rganilib, pul ifodasida hisob-kitob qilinadi va natijalari aniqlanadi. Yuqoridagi qarorga asosan, quyidagi hollarda ashyoviy ro‘yxat (inventarizatsiya) dan o‘tkazish majburiydir:
— mulkni ijaraga berishda va davlat tasarrufidan chiqarishda;
— yillik buxgalteriya hisobotini tuzish oldidan, hisob yilining birinchi oktabridan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulk bundan mustasnodir.
Binolar, inshootlar va asosiy vositalarning boshqa ko‘chma obyektlari, ashyoviy ro‘yxatdan ikki-uch yilda bir marta o‘tkazilishi mumkin. Pul mablag‘lari, hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobda turadigan rasmiy ish qog‘ozlari oyda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Har bir tarmoq o‘z xususiyatlarini hisobga olib, tarmoq ichida inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida yo‘riqnomalar ishlab chiqishi mumkin. Inventarizatsiya o‘tkazishda mulk egasi, rahbar maxsus buyruq, farmoyish beradi. Farmoyish qachon, qayerda inventarizatsiya o‘tkazilishi, komissiya a’zolarining tarkibi, moddiy javobgar shaxslarning ismi, familiyalari belgilanadi. Inventarizatsiya boshlanish va tugatilish kunlari ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya yordamida moddiy javobgar shaxs tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, tovarmoddiy boyliklardagi yo‘qotishlar, kamomad va xiyonatlarni aniqlash imkoniyati yaratiladi. Inventarizatsiyaning maqsadi BHMA ning 19-sonida ko‘rsatilgan. Korxona va tashkilotlarda doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi. Bu komissiyaga a’zo qilib korxona rahbarining muovinlari, huquqshunos, tovarshunos, iqtisodchilar, muhandislar kiritilishi mumkin. Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasining tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan tegishli buyruq bilan hisobot yilining boshida tashkil qilinadi.Buxgalteriya hisobi milliy andozasining 19-sonida ko‘rsatilishicha, inventarizatsiya paytida komissiya a’zolaridan birortasining ishtirok etmasligi, inventarizatsiya natijalarining haqiqiy emas deb hisoblanishiga olib kelishi ko‘rsatilgan. Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari o‘z faoliyati davomida moddiy javobgar shaxslarning ish faoliyatini nazorat qilib boradi, inventarizatsiya o‘tkazishni tashkil qiladi, inventarizatsiya komissiyasi a’zolariga tovarmoddiy boyliklarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini beradi. Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari inventarizatsiya ishlarining to‘g‘ri o‘tkazilganligini aniqlash maqsadida nazorat tekshirishlarini o‘tkazib boradilar va bu to‘g‘ridagi dalolatnomani tuzadilar. Agar inventarizatsiya o‘tkazishda jiddiy xato va kamchiliklar aniqlansa, inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan qoidalar buzilgan deb hisoblansa, qayta inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida o‘z takliflarini beradi.

Yüklə 89,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin