M: Nega? Buni qanda tushunish kerak? v) H i k o ya bilimlarni tushuntirish hikoya tarzida amalga oshirilishi mumkin. Bundan asosan matematika tarixining rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni berishda foydalaniladi.
g) O`quvchilarning kitob bilan ishlashlari.O`qish malakalarini egallashlariga qarab o`quvchilarni kitobda berilgan matnni mustaqil o`qishga jalb qilish zarur, ammo matematik matnni o`qish o`quvchilar uchun yangi va qiyin ishdir. O`quvchi darslikdan nimani o`qimasin, u tushungan yoki tushunmaganini tekshirish kerak.
Darsliklarda har xil mashqlardan oldin berilgan ko`rsatmalarni o`qishga e'tibor berish zarur. Rasmlar, chizmalar, sxyemalarni o`qish malakasi ham katta ahamiyatga ega.
Bunday ishning yakuni rasm, chizma, og`zaki ifodalar, matematik yozuvlar yordamida yangi bilimlarni mustaqil egallash uchun darslik ochib beradigan imkoniyatlarning hammasidan foydalanishdan iborat bo`lishi kerak.
1. Ko`rsatmali metodlar. O`qitishning Ko`rsatmali metodlari – o`quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol formasidir, bundan o`qitishda keng foydalaniladi. Atrof – borliqdagi predmet va hodisalar, ularning turli – tuman modellari, (har xil tipdagi ko`rsatma - qo`llanmalar) kuzatish Obyektlari hisoblanadi.
O`qitishning Ko`rsatmali va og`zaki metodlari o`zaro chambarchas bog`liqdir. Ko`rsatma - qo`llanmalarni namoyish qilishni har doim o`quvchilar va o`qituvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi va uning tadqiqotlarda aniqlanishicha 4 ta asosiy shakl mavjud.
1. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2. Og`zaki tushuntirish uning yordamida Obyektning bevosita ko`rinmaydigan tomonlari haqida ma'lumotlar beriladi.
3. Ko`rsatma - qo`llanmalar – og`zaki tushuntirishlarni tasdiqlaydi va aniqlashtiruvchi illyustratsiya bo`ladi.
4. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.