1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


O`qituvchi boshchiligida bajariladigan ishlari. O`quvchilarning mustaqil ishlari



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə14/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

3. O`qituvchi boshchiligida bajariladigan ishlari. O`quvchilarning mustaqil ishlari.
Boshlang`ich sinflarda, ayniqsa o`qitishning dastlabki bosqichida o`qituvchining bevosita boshchiligida bajariladigan o`quv ishlaridan keng foydalaniladi, o`qituvchi o`quvchilarning ishlarini kerakli izga mohirlik bilan yo`naltirilib turadi.
Har bir yangi tushunchalar ilgari o`zlashtirilgan bilimlar sistemasiga qo`shilishi kerak. Shuning uchun mustahkamlash bosqichida bilimlarni sistemalashtirishga doir mashqlar kiritiladi. Masalan: birinchi o`nlik sonlarni nomerlashni o`rganib bo`lgandan so`ng, o`quvchilar o`qituvchi boshchiligida son haqidagi bilimlarni sistemalashtiradilar, bunda ular natural qatorda har bir son o`zidan keyingi sondan qanday hosil bo`lishini, u oldingi sondan nechta ortiq, keyingi sondan nechta kichik ekanligini ko`rsatadilar.
O`quvchilar matematikadan bilimlarni o`zlashtirishlaridan tashqari hisoblash, o`lchash, grafik o`quvlar va malakalarni egallashlari va masalalar yechishni o`rganishlari zarur. Bunda albatta nazariy materialdan foydalanishni o`qituvchi beradi.
Keyingi paytlarda o`qitish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi ta'sirli metod sifatida o`quvchilarning mustaqil ishlariga ko`proq e'tibor berilmoqda. O`quvchilarning mustaqil ishlari o`qitishning hamma bosqichlarida qo`llaniladi.
Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasini har xil ta'riflanadi. B.P. Yesipov bergan ta'rif eng to`g`ri deb tan olingan:
T: O`quvchilarning o`qitish jarayonida mustaqil ishlari – bu o`qituvchining bevosita qatnashuvsiz, maxsus ajratilgan vaqt davomida aniq topshiriqlar bo`yicha bajariladigan ishdir: bunda o`quvchilar topshiriqda qo`yilgan maqsadga erishishga o`z kuchlarini sarflaydilar, aqliy yoki jismoniy harakatlar natijasini biror formada ifodalab, ongli ravishda intiladilar.
Mustaqil ishlar quyidagilarga ko`ra o`zaro farq qilinadi: a) didaktik maqsad bo`yicha. Bu ishlar o`quvchilarni yangi materialni qabul qilishga (idrok) tayyorlashga, yangi bilimlarni o`zlashtirishga, mustahkamlashga, ilgari o`tilgan materialni takrorlashga yo`naltirilgan bo`lishi mumkin: b) o`quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo`yicha: darslik, didaktik material, bosma asosli daftarlar bilan ishlash.
v) o`quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xaraktyeri bo`yicha: bu nuqtai nazardan ishlarni berilgan namuna bo`yicha, qoida bo`yicha farq qilinadi.
g) Tashkil qilinish usuli bo`yicha: umumiy sinf ishi, bunda sinfning hamma o`quvchilari bitta ishning o`zini bajaradi; gruppaviy ish, bunda o`quvchilarning har xil guruhlari har xil topshiriqlar ustida ishlashadi, individual ish, bunda har bir o`quvchi maxsus topshiriq ustida ishlaydi.


4. alga oshiriladi. Muammoli o`qitish deganda nimani tushuniladi?
Hozirgi vaqtda uning yagona ta'rifi yo`q. Ammo N.M. Skatkin, T.I. Shamova, L.Sh.Levenberg kabilar muammoli o`qitish yagona ta'lim sistemasining muhim tarkibiy va muammoli vaziyatlar yaratish va ularni hal qilish usullarini keng qo`llanish asosida o`quvchilarning ryeproduktiv va ijodiy faoliyatlarining tarkibiy birlashtirilishini ko`zlaydi degan yagona nuqtai nazarni bildirishmoqdalar.
Muammoli o`qitish deganda – bu muammoli vaziyatlar hosil qilish, muammoni shakllantirish, hal qilishda o`quvchilarga yordam berish va ularga boshchilik qilish kabilarni tushunamiz. (Polyak – B. Okon).
Muammoli o`qitish asosida o`quv muammosi yotadi, bu muammoning mohiyati o`quvchiga ma'lum bo`lgan bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan tushuntirmoq va tushuntirish uchun yangi faktlar zaruratidan iborat. (didaktik M.I. Maxmutov).
Demak, o`quv muammosi amaliy va nazariy qiyinchiliklarni tashkil qiladi, buni hal qilish uchun o`quvchilardan tadqiqotchilik aktivligi talab qilinadi.
Muammoli o`qitishning eng muhim xususiyati muammoli vaziyatlar yaratishdir.
Muammoli vaziyat - bunda o`qituvchi o`quvchilar oldiga ularning bilimlari yyetishmasligi sababli birdaniga to`la javob bera olmaydigan savol qo`yadi. Muammoli vaziyatning markaziy elementi o`quvchilar tomonidan yechilishi kerak bo`lgan noma'lum yoki qo`yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo`lgan bilimlardir.
Boshlang`ich sinflarda muammoli o`qitishdan foydalanish mumkinmi? Buning begumonligini M.I. Moro, A.M. Pishkalo, A.S. Sharipova kabi olimlar o`z tadqiqotlarida isbotlaganlar.
Psixolog A.M. Matyushkinning boshlang`ich sinflarda muammoli o`qitishning o`lchami va xaraktyeri haqida fikrlari diqqatga sazovordir: «Boshlang`ich sinf o`quvchilari hal intyellyektual faoliyat metodlariga ega emaslar hamda grammatika va matematik qoidalar haqida diskussiya olib borish yoki ularni tadqiq qilish uchun yetarlicha bilimga ega emaslar. Ta'limning dastlabki bosqichlarida muammoli o`qitish metodlaridan foydalanish o`quvchilar oldiga maqsadga muvofiq tanlangan, muammoli vaziyatlar hosil qiluvchi topshiriqlar berish va bu topshiriqlarni hal qilishlari uchun optimal sharoitlar yaratishni nazarda tutadi».
Misol, o`qituvchi o`quvchilarga to`rtburchaklar va beshburchaklar tasvirini ko`rsatadi, tasvirlar har xil tartibda, to`rtburchaklar qizil, beshburchaklar yashil rangga bo`yalgan. Savol beriladi: Siz nima deb o`ylaysiz, Nega qizil rangili figuralarni to`rtburchaklar, yashillarini beshburchaklar deb atash mumkinmi? Bu savolga javob topish uchun o`quvchilar kuzatishlari, taqqoslashlari, qarshi qo`yish ishlarini bajarishadi va tyerminlardagi 4 va burchak, 5 va burchak so`zlarini aniqlaydilar. Natijada qizil figuralarda 4 ta burchak, yashilida esa 5 ta burchak borligiga ishonch hosil qilishda, hamda qo`yilgan savolga javob beradigan xulosaga kelishadi.

Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin