3-§. O`quv – bilish faoliyatini rag`barlantirish metodlari
Rag`barlantirish va ta'limotni asoslash metodlari jumlasiga bilish xarakterdagi o`yinlar, o`qishda muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratish, mukofotlash va boshqalarni kiritish mumkin. O`quv – bilish faoliyatini rag`barlantirish va o`quv predmetiga qiziqish uyg`otishda o`yin alohida ahamitga egadir.
Qiziqarlilik elementlarini, o`yinlarni o`uvchilarning jiddiy o`quv mehnati qatoriga qo`shish mumkin. Bu o`quv ishini yanada unumliroq qilish imkonini beradi.
Kichik maktab yoshdagi bolalarda o`yinlarga bo`lgan talab darajasi katta bo`ladi. o`yinlar ijodiy, harakatli,didaktik o`yinlarga bo`linadi.
Boshlang`ich ta'limda o`rgatuvchi yoki didaktik o`yinlar muhim ahamiyatga ega. Bunday o`yinlar asosida o`quvchining masalani yechishga yo`naltirilgan bilish xarakterdagi mazmuni, aqliy va iroda kuchi, o`yin qoidalari yotadi. Didaktik o`yinlarda fikrlashning asosiy jarayonlari – analiz, taqqoslash, xulosa chiqarish va h.k rivojlantiriladi.
Didaktik o`yinlar o`rgatish maqsadlarida o`ylab topiladi va o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga xizmat qiladi. O`yin vaqtida paydo bo`ladigan ijobiy emotsiyalar o`quvchilar faoliyatini aktivlashtiradi, ularning erkli diqqatlarini, xotiralarini rivojlantiradi. O`yinda o`zlari payqamagan holda juda ko`p matematik amallarni, mashqlarni bajaradilar, sanashni mashq qiladilar, taqqoslaydilar, masalalarni yechadilar va h.k. Ular diqqati o`yinga, uning maqsadlarini bajarishga qaratiladi, ammo shu vaqtda matematik xarakterdagi ishlarni bajaradi, bor bilimlarini yangi sharoitga o`tkazadi.
M: O`qituvchi yosh iztoparlar shifrlangan xat topib olganliklarini, ularga bu shifrni yechishni yordamlashish kerakligini aytadi. Bu ishni berilgan bir ustun misollarni yechib, javoblarda chiqqan raqamlar o`rniga kerakli harf qo`yilsa, bajarish mumkinligi aytiladi. Ular aqalli bitta misolini noto`g`ri yechsalar ham, xat shifrini ocha olmasliklarini bildiradilar va mashqni yechishda kuchli emotsiya hosil bo`ladi. Bu ularni aktivlashtiradi, erkin diqqatlarini to`playdi, o`zlagshtirishda yangi natijalarga erishish imkonini beradi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematikadan miqdoriy, fazoviy tasavvurlarini rivojlantiruvchi ko`p miqdorda didaktik o`yinlar yaratilgan. Misol, qilib «Arifmetik loto», «Domino», «Doiraviy misollar», «Zinacha», «Jim», «Tirik raqamlar», kabilarni keltirish mumkin.
Matematik mazmunli o`yinlarni tanlashda ma'lum izchillika amal qilish muhimdir: qiyinroq matematik topshiriqni o`yinlardan oldin bu o`yinlarni o`tkazish uchun tayyorlaydigan soddarroq topshiriqli o`yinlar o`tkazilishi kerak.
Didaktik o`yinlarni o`tkazish metodikasi o`qituvchidan katta pedagogik mahorat talab etadi. Ya’ni didaktik o`yin bilan tanishtirish puxta o`ylangan bo`lishi kerak, u ermakka aylanib qolmasligi muhimdir.