1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə18/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

Misollar


Javoblar


Shifr

56+23
70-24


36:12
75x4
810:9

3
46


79
90
300

1
2


3
4
5

O`quvchilar misollarni yech degan topshiriqdan tashqari, shifrlari bilan birgalikda javoblarni oladilar. Javobgar kichik sondan kattaga qarab joylatiriladi. O`quvchi birinchi misolni yechgach, javobni solishtiradi. Topgan javobni yozadi, yechilgan misolni qarshisiga shifrni qo`yadi. Agar o`quvchi misolni noto`g`ri ishlasa javobni topolmaydi. Keyingi paytlarda misollarni nazorat qilishning yangi shakli test maktablarga kirib keldi. Bunda kartochkaga topshiriq va javoblar yoziladi. O`quvchi hamma mumkin bo`lgan javoblardan to`g`risini tanlashi kerak.

Bunday o`qitishning kuchli tomoni o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida to`g`ri va teskari aloqa qilishdir. Ilg`or o`qituvchilar teskari aloqani amalga oshiruvchi har xil manbalardan, ya'ni nazorat ishi, matematik diktant va boshqalardan foydalaniladi:.
Matematika darslarida teskari aloqa signallari (raqamlar, amal ishoralari, cho`plar…) keng qo`llaniladi, bunda o`qitish o`ziga xos matematik diktant tarzida boradi. Misollar:
-qo`limda nechta doiracha bo`lsa, shuncha cho`p ko`rsat.
- 2 ta o`nlik va 6 ta birlikdan iborat son.
- ifodani oxirgi amalni ko`rsat: 75-49+4g’7
Masala yechishda ham qo`llash mumkin. M: 4+3=7
Signal kartochkalariga yozilganlardan javob kodi sifatida ham foy-di.
1) 81-27; 2) 16g’4; 3) 90:3; 4) 38+27;
O`qituvchi 64 desa, o`quvchi 2 ni ko`rsatadi.
Teskari aloqani amalga oshirish maqsadida signal doirachalaridan ham foydalanish mumkin, bu diametri 6 sm, bir tomoni yashil, ikkinchi tomoni qizil rangga bo`yalgan karton doirachalardir. Yashil rang to`g`ri javob signali, qizil rang esa noto`g`ri javob signali bo`lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, signal chizg`ichlardan ham foydalanish mumkin: chizg`ichning bir tomonining yarmi qizil, ikkinchi yarim ko`k, orqasi esa sariq rangga bo`yaladi. Qizil rang – «yordam kerak», ko`k rang «qo`shimcha topshiriq kerak», sariq rang esa «konsultatsiya kerak» signalini bildiradi.
Signal kartochka, doiracha, chizg`ichlarini qo`llanishi har bir o`quvchining mustaqilligini aktivlashtirish, xatolarini o`z vaqtida tuzatish, o`quv vaqtidan unumli foydalanish va ko`pchilik o`quvchilar bilimlarini oz vaqt ichida tekshirish imkonini beradi.
Perfopapka va Perfakartalardan foydalanish ham programmalashtirilgan o`qitish elementlari jumlasiga kiradi. Buning uchun N.F. Vapnerning «2- sinf matematika darsligiga topshiriqlar» nomli kitob nashr qilingan. (1974 y). Shu kitobdan misollar:
Perfokarta bilan ishlashdan oldin daftarning bir satriga topshiriq nomyerlarini, ustuniga esa perfokartaning chap ustunidagi ishoralar, sonlar, so`zlarni yoziladi.



1



2



3



4



5



6





























+



















































-



















































X



















































:



























Ishni quyidagi tartibda bajariladi:
1) Perfokartadan topshiriqni o`qish.
2) Birinchi 0g’5=5 misolda qanday ishora qo`yilmaganligini o`ylab ko`rish, 5 hosil qilish uchun nolga 5 ni qo`shish kerak. Demak, qo`shish ishorasi «+» qo`yilmagan. Ishora turgan tomon va 1 nomyer ostiga belgisi qo`ying. Boshqa topshiriqlarni toping.





Qaysi amal ishorasi qo`yilmagan?

0*5=5

5*5=0

18*0=0

5*5=1

5*5=10

18* 18=0



1

2

3

4

5

6

+













-













x













:













Topshiriqlarni bajarishda o`z – o`zini nazorat qilishni amalga oshirish ham ta'lim – tarbiya ishida katta ahamiyatga ega. Yechimni tekshirish qatiyatlikni va ma'lum ifoda kuchini talab qiladi. Natijada o`quvchilarda mustaqillik, qat'iyatlik, javobgarlik hissi kabi xususiyatlar tarbiyalanadi, shu sababli u yoki bu mashqning yechilishini tekshirishda ular ilgari o`tilgan materialni faol takrorlaydi.



Tadqiqotchilarning aniqlashicha kichik yoshdagi o`quvchilarda o`z – o`zini nazorat qilishga hali ehtiyoj tug`ilmaydi. Shu sababli ularda bu ehtiyojni tarbiyalash kerak. Buning uchun eng oldin o`quvchilarni o`z – o`zini nazorat qilish usullariga o`rgatish kerak.
Ular 2 guruhga bo`linadi:
1) nazariy ma'lumotlarni qo`llash.
a) arifmetik amalni shu amalning o`zi yoki unga teskari amal bilan tekshirish.
b) javobni chamalash. M: 8280:8. 8000:8=1000.
v) agar misolni bir necha usul bilan yechish mumkin bo`lsa, bu usullarning biri bilan yechish ikkinchisi bilan yechishni tekshirish bo`ladi.
M: 1. (24+12):4=24:4+12:4=6+3=9
2. (24+12):4=36:4=9
2) qo`shimcha usullar.
a) «Tayanch» raqamlar bo`yicha tekshirish.
304
x 6
b) «doiraviy misollar». 16-4=12 12:3=4 4g’5=20 20-4= 16
v) javoblarning yig`indisi bilan berilgan misollarni yechish.
M: 17g’3=51
4g’7=28
3g’9=21
J: 100
Nazorat uchun savollar:
1. O`qitish metodlari tasnifini bering.
2. O`quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari tasnifini tushuntiring.
3. O`quv-bilish faoliyatini rag`barlantirish metodlaridan qanday foydalaniladi.
4. O`quv-bilish faoliyati samaradorligini nazorat qilish metodlaridan qanday foydalanish kerak.
5. Dasturlashtirilgan o`qitish metodini tushuntiring.


4 IV. BOB. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishni tashkil qilish
Reja
1-§. Boshlang`ich sinflarda dars va matematika darslari sistemasi
2-§. Matematikadan sinfdan tashqari ishlar


Foydalangan adabiyotlar [1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,13]


Asosiy tayanch tushunchalar
Dars nima, matematika darslari xususiyatlari, matematika darsi turlari; murakkab dars, yangi materialni o`rganish darsi, mustahkamlash darsi, takrorlash-umumlashtiruvchi dars, nazorat qilish darslari, andozasiz dars; sinfdan tashqarii ish mazmuni, sinfdan tashqarii ish xususiyatlari, matematik soat, matematik to`garak, matematik konkurs va olimpiada, viktorina, matematik matbuot, matematik ekskursiya.


1-§. Boshlang`ich sinflarda dars va matematika darslari sistemasi.
Ma'lumki, boshlang`ich matematika asosan uchta kursdan iborat: unda arifmetika, algebra va geometriya elementlari bayon qilinadi. Bu yo`nalishlar bir – biri bilan uzviy ravishda bog`liq holda qaraladi. Bu esa kursda o`tiladigan matematika darsi tuzilishi va metodikasiga ta'sir qiladi.
Boshlang`ich matematika kursining xususiyatlari nazariy bilimlar, amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirish va o`zlashtirishni nazarda tutadi. Shu sababli har bir darsda yangi materialni o`rganish bilan bir qatorda ko`nikma va malakalarni mukammalashtirish ishlari olib boriladi.
Matematika darslarining xususiyatlari o`quvchilarning matematik materialni o`zlashtirish xususiyatlariga ham bog`liq: materialning abstrakt xarakterda bo`lishi ko`rsatma vositalarini, o`qitish metodlarini to`g`ri tanlashni, o`quvchilarga diffyeryentsial va individual yaqinlashishni talab qiladi.
Dars. Darsni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishda eng oldin darsning asosiy maqsadlarini aniq oydinlashtirib olish zarur. Darsda nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi, Algebraik va geometrik elementlarining arifmetika bilan bog`liqligi, didaktik maqsadlar amalga oshiriladi; yangi material bilan topshiriladi va mustahkamlanadi, malaka, ko`nikmalar hosil qilishga doir ishlar o`tkaziladi. Misol'>Misol uchun «Ikki xonali sonlarni xona birliklarining yig`indisi bilan almashtirish» mavzusiga bag`ishlangan darsni qaraylik.
Dars maqsadi. 1. O`quvchilarni 2 xonali sonlarni xona birliklarining yig`indisi bilan almashtirishga o`rgatish.
2. Nollar bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirish malakalarini mustahkamlash.
3. Sonni yig`indiga qo`shish xossalarini o`rgatishga doir tayyorgarlik ishini o`tkazish.
Tematik reja (dars ishlanmasi) tuzish darsni aniq rejalashtirishga yordam beradi. Tematik reja darslarning to`la ishlanmasidan iborat bo`lmay, balki, shu dars uchun majburiy bo`lgan asosiy momyentlarini o`z ichiga oladi.
1. Dars № vaqti.
2. Mavzu:
3. Maqsadi:
4. O`tilganlarni takrorlash, yangisini o`tishga tayyorlanish.
5. Yangi materialni o`tish usuli.
6. O`rgatuchi, mashq qildiruvchi ishlar tizimi.
7. Mustaqil ish.
8. Ko`rgazmali vositalar.
9. Uyga vazifa.
Dars maqsadlarini muvoffiqiyatli amalga oshirishning to`g`ri yo`llarini topishga darsning ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini, irodani qiziqishlarini va qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vazifalarni aniqlash yordam beradi.
Dars mazmunini aniqlash uchun o`qituvchi quyidagi talablarga rioya qilishi kerak.
1. Dars mazmuni dasturiga mos kelishi va uning maqsadlaridan kelib chiqishi.
2. G`oyaviylik va e'tiqodni tarbiyalash. Darsda o`quvchilar dunyoqarashlarini kundalik axloq asoslari sifatida shakllantirish uchun eng qulay, yaxshi sharoit yaratish zarur.
3. Darsni turmush bilan, o`quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan bog`liqligi.
4. O`quv materialning o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari yyetadigan bo`lishi.
Dars mazmuniga har xil masalalar, mashqlar kiradi. O`qituvchi bularni almashtirishi mumkin. Misol. «Ko`paytirishning gruppalash qonuni» ni quyidagi masala bilan boshlash mumkin.
Zoomagazinga qushlar qamalgan qafaslar keltirildi. Qafaslarni uch qatorga har birida 5 tadan qafas qilib joylashtirildi. Har bir qafasda 2 tadan qush bor. Qafaslardagi hamma qush qancha?
Qafasni to’g’i to’rtburchak, qushni uchburchak shaklida tasvirlashga kelishib olamiz.

Grafik tasvir berilgan va izlanayotgan miqdorlar orasidagi munosabatlarni aniq ko`rsatish bilan birga o`quvchilarning muammoli vaziyat mazmunini bilib olishlariga, hamda mumkin bo`lgan yechish usullarini topishga yordam beradi.



Yechilishi:
I – usul (5g’2)g’3=10g’3=30
II- usul (5g’3)g’2=15g’2=30
III- usul (2g’3)g’5=6g’5=30 J: 30 ta qush.
Matematika darslarida bajariladigan asosiy ish turlari: a) og`zaki mashqlar, b) yozma hisoblashlar va masalalar yechish, v) yasashga va o`lchashga doir mashqlar.

Hozirgi zamonning muhim talablaridan biri o`quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini aktivlashtirishdan iborat. Har bir dars fikrlash, ijod qilishga qaratilgan bo`lishi kerak.



Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin