O`quv - metodik adabiyotlarda, ilg`or o`qituvchilar tajribalarida boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishda muammoli vaziyatlar hosil qilish usullaridan 8 tasi keng tarqalgan. 1-usul. O`quvchilarni predmet va hodisalarning umumiy tomonlarini aniqlash va faktlarni oldindan umumlashtirish maqsadida kuzatishlar, taqqoslash, qarshi qo`yishga undash.
2- usul. O`quvchilar uchun yangi shartlar yaratish, bu shartlar ma'lum usullar bilan o`zgartirilishi mumkin.
3-usul. O`quvchilarni amaliy masalalar bilan tanishtirish bu masalalar ularni bilimlar sistemasi bilan yangi masalalarni yechishda ulardan qilinadigan talablar orasidagi mos kelmaslik faktlarini analiz qilishga undaydi.
4-usul. O`quvchilarning amaliy masalalarni mustaqil yechishda paydo bo`ladigan hayotiy vaziyatlardan foydalanish va muammoni hal qilishda bu vaziyatlarni tahlil qilish.
5-usul.O`quvchilarni oldin olingan bilimlardan foydalanishning yangi amaliy shartlari bilan to`qnashtirish bu holda bolalar qilayotgan ishlarni yangi vaziy atga o`tkazish imkoniyatlarini tushunishlari kerak.
6 -usul.O`rganilayotgan materialni tegishli bir qator faktlarni hisoblash yoki masala yechishning ratsional usulini topish maqsadida jalb qilish.
7-usul. Ma'lumotlari yyetishmaydigan masalalarda foydalanish.
8-usul. Aniq masala shartiga qo`yilgan savol ham muammoli vaziyat hosil qiladi.
Izoh:1. 2 – usulga. 5g’x=10 va 5g’x=40-30
2. 8-usulga. Qavssiz ifodalarda ikkinchi bosqich amallari berilayotganda amallarni bajarish tartibi qoidalari bilan tanishtirishni sonli misollardan boshlash tavsiya qilinadi.
3g’5+6g’4, 65+21:3, 40-4g’7, 25:4-4g’2.
O`quvchilardan ifodalarda qanday amallar ko`rsatilganini aytish so`raladi va shundan keyin amallarni bajarish qoidasi o`rganiladi bunday ifodalarning qiymatini topish uchun oldin ko`paytirish va bo`lish, keyin qo`shish va ayirish amallarini tartib bilan bajariladi.
Shu material ustida ishlashni matnli masalalarni yechish bilan amalga oshirish mumkin. «Bufyetga har birida 10 kg dan olma bo`lgan 2 yashik olma va 18 kg uzum keltirishdi. Bufyetga hammasi bo`lib qancha myeva keltirishgan?» 10g’2+18 3. Sonni yig`indiga qo`shishga oid darsda (5+3)+1 ni 3 xil usulda yechishni talab qilinadi. Buni predmetlar yordamida hal qilinadi.