Ikkinchi noto`la bo`linuvchini hosil qilamiz. 2 yuzlik bu 20 o`nlik unga 6 o`nlikni qo`shamiz, 26 o`nlik hosil bo`ladi. Uni yozamiz. Bo`linmada nechta o`nlik bo`lishini aniqlaymiz. 26 o`nlikni 3 ga bo`lamiz 8 chiqadi. Nechta o`nlikni bo`lganimizni aniqlaymiz. 8 ni 3 ga ko`paytirib natijani (24) 26 ning tagiga yozib ayiramiz, 2 o`nlik qoladi, 2 o`nlikni 3 ga o`nliklar chiqadigan qilib bo`lib bo`lmaydi, demak 8 raqami to`g`ri tanlangan.
Uchinchi noto`la bo`linuvchini hosil qilamiz. 2 o`nlik bu birlik, unga 7 ni qo`shamiz, 27 birlik hosil bo`ladi. Bo`linmada nechta birlik bo`lishini aniqlaymiz. 27 birlikni 3 ga bo`lamiz, 9 hosil bo`ladi. Nechta birlikni bo`lganimizni aniqlaymiz 9 ni 3 ga ko`paytirsak 27 bo`ladi. Demak, hamma birliklarni bo`lamiz. Bo`linma 289. Tekshiramiz: 289x3=867
Shundan keyin mustahkamlash maqsadi birinchi noto`la bo`linuvchiga 2 ta raqam kiradigan va bo`linmada bo`linuvchidan bir xona kam son chiqadigan hollar (316:4) qaraladi.
Ayniqsa bo`linmaning o`rtasida yoki oxirida nollar paydo bo`ladigan hollarga alohida e'tibor berish kerak: 1506 3 23240 4
- 15 502 - 20 5810
006 32
- 6 - 32
0 4
- 4
0
Keyinchali o`quvchilarga qisqa yozilishi bilan tanishtiriladi.
O`quvchilarni yozma bo`lish algoritmini o`zlashtirishlarini osonlashtirish uchun amallarni bajarish tartibi. “Esdaliklardan” foydalanish tavsiya qilinadi:
Misolni o`qi va yoz.
Birinchi noto`la bo`linuvchini ajrat, bo`linmaning yuqori xona va raqamlari sonini aniqla.
Bo`linmaning yuqori xonasi birligini topish uchun bo`lishni bajar.
Bu xonaning nechta birligi bo`linganini bilish uchun ko`paytirishni bajar.
Bu xonaning nechta birligini bo`lish kerakligini bilish uchun ayirishni bajar.
Bo`linmaning rahami to`g`ri tanlanganini tekshir.
7. Agar qoldiq qolsa, uni shu xonadan keyin keladigan xona birligi orqali ifodala va unga bo`linmaning shu xona birliklarini qo`sh.
8. Misolni yechib bo`lguncha bo`lishni shunday davom ettir.
9. Natijani tekshir.
Shundan keyin turli o`lchov birliklarida ifodalanadigan ismli sonlarni bir xonali songa bo`lish qaraladi. Bu holda ismli son bir xil nomli birliklarda ifodalanib, so`ngra hisoblash bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |