1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org
Xulosa: 1) Agar qavslar bo`lsa, avval qavslar ichidagi amal bajariladi. 2) Tartib bilan ko`paytirish va bo`lish bajariladi. 3) Tartib bilan ho`shish va ayirish bajariladi. M: 12+2x9-(34-16)+(80-20)=72. Amallar tarkibiga doir misollar o`quvchilarning mustaqil yozma ishi uchun ham tavsiya etilishi mumkin. Bunday holda hisoblashlarni nafaqat og`zaki, balki yozma usullar bilan bajarish zarurati paydo bo`ladi.
Masalan: 987 –(109+163x4)+17x10+394=790
1) 163 ,ЭЙ 2) 109 3) 17 4) 987 5) 226 6) 396
x 4 + 652 x 10 - 761 +170 +394
652 761 170 226 396 790
qo`shish va ayirishni o`rganish yuqorida ko`rsatilgan tartibda o`rganilsa, o`qituvchi o`z o`quvchilarining hisoblash ko`nikmalarini shakllantirishda ma'lum muvaffaqiyatlarga erishish 8mumkin.
18 1 Ko`p xonali sonlarni ko`paytirish va bo`lish.
Bosqich. Bir xonali songa ko`paytirish va bo`lish.
Bosqich. Xona sonlariga ko`paytirish va bo`lish.
Bosqich. 2 va 3 xonali sonlarga ko`paytirish va bo`lish.
1. Boshlang`ich sinflarda ko`p xonali sonlarni bir xonali sonlarga ko`paytirish va bo`lishga katta e'tibor beriladi, chunki bunda olingan malaka va ko`nikmalar 2 va 3 xonali sonlarga ko`paytirish va bo`lishni o`zlashtirish uchun asos bo`ladi.
Bir xonali songa yozma ko`paytirishni o`rganishga tayyorlash maqsadida o`quvchilarning ko`paytirish amali bir xil qo`shiluvchilarni qo`shish ekanligi haqidagi bor bilimlari umumlashtiriladi. a sonini b soniga ko`paytirsh, a sonini b marta qo`shiluvchi qilib olish demakdir. Shu munosabat bilan 1 ni ko`paytirish,1 ga ko’paytirish 0 ni va 0 ga ko`paytirish o`rganishda quyidagicha xulosalarga kelinadi: agar ko`paytiruvchilardan biri 1 ga teng bo`lsa, u holda ko`paytma ikkinchi ko`paytuvchiga teng bo`ladi; agar ko`paytiuvchilardan biri 0 ga teng bo`lsa, u holda ko`paytma ham 0 ga teng bo`ladi. Bularni yozilishi:
1xa=a, ax1=a, 0xa=0, ax0=0
Yozma ko`paytirish usulini o`rganishga tayyorlash maqsadida yig`indini songa ko`paytirish qoidasini, va ikki xonali sonni bir xonali songa ko`pytirish usulini takrorlash kerak. Shundan keyin konkreti misollarda 3, 4 … ta sonlar yig`indisini ham har xil usullar bilan songa ko`paytirish mumkinligini ko`rsatish kerak. Bu o`rinda o`quvchilar bir necha son yig`indisini songa ko`pytirishni ikki qo`shiluvchi yig`indisini songa ko`paytirish qoidasi bo`yicha amalga oshirilishi mumkinligiga ishonch hosil qilishlari kerak: yig`indini topib, uni songa ko`paytirish kerak yoki bu yig`indining har bir qo`shiluvchisini songa ko`paytirib topilgan natijalarni qo`shish kerak.
Ko`paytirishning taqsimot xossasini o`quvchilar ko`p xonali sonni bir xonali songa og`zaki ko`paytirishga mustaqil tatbiq qila oladilar.