1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


Yozma qo`shishning bu usullari ustida yetarlicha ishlash natijasida o`quvchilarda tez va to`g`ri hisoblash ko`nikmalari hosil qilishga erishish kerak



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə57/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

Yozma qo`shishning bu usullari ustida yetarlicha ishlash natijasida o`quvchilarda tez va to`g`ri hisoblash ko`nikmalari hosil qilishga erishish kerak.
Yozma ayirishning har xil usullari qo`shishga o`xshash amalga oshiriladi: oldin yig`indidan yig`indini ayirish qoidasi qaraladi, so`ngra yozma ayirish usuli ochib beriladi.
469-127, 865-642 hollari.
Bunda avval o`quvchilardan yig`indidan yig`indini ayirish qoidasiga asosan ayirishni bajarish so`raladi:
469-127=(400+60+9)-(100+20+7)=(400-100)+(60-20)+(9-7)=300+40+2=342.
865-642=(800+60+5)-(600+40+2)=(800-600)+(60-40)+(5-2)=200+20+3=223.
Shunda keyin ko`pchilik o`quvchilar agar ayiriluvchi kamayuvchining ostiga, ya'ni birliklarni birliklar, o`nliklarni o`nliklar, yuzliklarni yuzliklar ostiga ustun qilib yozilsa, 3 xonali sonlarni ayirish oson bo`lishini payqay oladilar:
469 865
-127 - 642

342 223
Dastlabki, vaqtlarda 3 xonali sonlarni ayirish mukammal tushuntirishni talab qiladi, keyin qisqa tushuntirish ham kifoya.


570-236, 805-632 hollari.
570
- 236
334
Shundan keyin ayirishning quyidagi tartiblari qaraladi:
1) Kamayuuvchining birligi ayriluvchi birligidan kichik bo`lgan hollari.
2) Kamayuvchining o`nliklari ayriluvchining o`nliklaridan kichik bo`gan hollari.
3) Kamayuvchining birlik va o`nliklari ayriluvchining birlik va o`nliklaridan kichik bo`lgan hollari.
1) 873 2) 837 3) 935
- 358 - 354 - 278

315 483 657



800-358, 700-206, 1000-427 hollari.
Bu hollar eng qiyin ayirish hollari hisoblanadi. Bunda qiyinchi liklar xona birliklarini bir necha marta maydalash tufayli kelib chiqadi. Bunday ko`rinishdagi misollarni yechishda dastlab 100 lik va 10 liklardan «qarz olish» da nol ustiga nuqta qo`yish foydali:
800 1000 700
-358 - 427 -206
442 573 494
Yozma ayirishni hisoblash malakalarini hosil qiluvchi yetarlicha mashqlar bajarish natijasida o`quvchilar mulohazalarini qisqa, hisoblashni tez va to`g`ri topishni o`rganishlari kerak.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o`quvchi berilgan misolni og`zaki yechishga kuchi yetadigan hamma hollarda og`zaki hisoblashga afzallik bergan ma'qul, yechimni yozish faqat u o`zini oqlagandagina yaxshi.

Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin