16 4- §. «Minglik» ichida arifmetik amallarni o`rganish. Boshlanich ta'lim standartlariga ko`ra o`quvchilar ikki va uch xonali sonlarni 1000 ichida qo`shish va ayirishning og`zaki va yozma usullarini egallashlari, shuningdek 100 ichida amallarni bajarishga keltiriladigan hollarda 1000 ichida hisoblashlarni to`g`ri bajara olishlari kerak. «Minglik» mavzusida oldin qo`shish va ayirishning og`zaki, keyin yozma usullari o`rganiladi.
Qo`shish va ayirishning og`zaki usullari. Nomerlashni o`rganishda o`quvchilar xona qo`shiluvchilardan 3 xonali sonlar hosil qilish bilan va sonlarni xona qo`shiluvchilarga ajratish bilan bevosita bog`liq qo`shish va ayirishning eng sodda hollari bilan tanishishgan edi. Endi ming ichida og`zaki qo`shish va ayirishning qolgan hollarini qarab chiqish kerak. 1000 ichida qo`shish va ayirishning og`zaki usullarini o`rganish metodikasi bilan 100 ichida qo`shish va ayirish ustida ishlash metodikasining ko`pgina o`xshash tomonlari bor.
1000 ichida qo`shish va ayirishning og`zaki usullari o`quvchilarga oldindan tanish bo`lgan qoidalar, xossalar (sonni yig`indiga qo`shish, yig`indini songa qo`shish, yig`indini yig`indiga qo`shish, yig`indidan sonni ayirish, sondan yig`indini ayirish, yig`indidan yig`indini ayirish) ga asoslanadi. Bu usullarni bilish, o`quvchilarga 1000 ichida qo`shish va ayirishning hisoblash usullarini o`rganishda, ularning mustaqil ishlay olishlari uchun asos bo`la oladi. 1000 ichida qo`shish va ayirishning og`zaki usullari quyidagi tartibda o`rganiladi.
1. 250 30 520 300 hollari.
+Bu hollarda hisoblash usullari sonni yig`indiga qo`shish va yig`indidan sonni ayirish qoidalariga asoslanadi. Bundan tashqari 3 xonali sonning xona bo`laklaridan iborat tartibini takrorlash kerak. So`ngra uni yangi sohaga tatbiq qilish mumkin. 250+30=(200+50)+30=200+(50+30)=200+80=280
250-30=(200+50)-30=200+(50-30)=200+20=220
520+300=(500+20)+300=(500+300)+20=800+20=820
520-300=(500+20)-300=(500-300)+20=200+20=220
Bu yerda ko`rsatma-qo`llanma sifatida 100 lik kvadratlardan foydalanish mumkin. Tyegishli hisoblash usullari o`rganilgandan keyin, ularni ikkitadan bir-biri bilan taqqoslash va ular nimalari bilan o`xshash, nimalari bilan farq qilishini aniqlash muhimdir.
Qaralayotgan hollar uchun o`nliklar sonini ifodalovchi sonlarni qo`shish va ayirishga keltiriladigan usuli bilan tanishtirish maqsadga muvofiq:
Bu usuldan foydalanish o`quvchilarni 1000 ichida ko`paytirish va bo`lishning og`zaki usullarini o`rganishga tayyorlaydi.
2. 84+60, 700-80 hollari.
Bunda qo`shish usuli yanglik emas, o`nliklar yig`indisi yuzlikni hosil qiladi, uni yuzliklarga qo`shiladi:
840+60=(800+40)+60=800+(40+60)=800+100=900 tayyorgarlik sifatida 84+6 holni eslash kifoya. 700-80 holni o`rganishga tayyorgarlik sifatida 70-8 holni takrorlash va quyidagicha maxsus mashqlar bajariladi.
- sonlarni namunadagiga o`xshash yig`indi bilan almashtiring.
400+300=100, 500=…., 700=…., so`ngra 700-80=(600+100)-80=600+(100-80)=600+20=620 ko`rinishdagi misollar yechiladi.
O`rganilgan hollarga oid hisoblash usullarini mustahkamlashda quyidagicha misollardan foydalanish kerak:
453+400, 263+4, 763-200 357-4…. Bu misollarning yechimlari ham yig`indiga sonni qo`shish va yig`indidan sonni ayirish qoidalarini qo`llanishga asoslanadi.
3. 700+200, 430+260, 90+60, 380+70, 270+350
Bu hollar uchun qo`shish usullari sonni yig`indiga qo`shish qoidasiga asoslangan:
700+230=700+(200+30)=(700+200)+30=900+30=930
430+260 hol uchun hisoblashning boshqa usuli ya'ni yig`indini yig`indiga qo`shish qoidasiga asoslangan xonama-xona qo`shish usulidan ham foydalanish mumkin:
430+260=(400+30)+(200+60)=(400+200)+(30+60)=600+90=690
430+260=430+(200+60)=(430+200)+60=630+60=690
90+60=90+(10+50)=(90=10)+50=100+50=150
380+70=380+(20+50)=(380+20)+50=400+50=450
270+350=270+(300+50)=(270+300)+50=570+50=620
Hisoblashning bu usulidan foydalanish o`quvchilarni yozma qo`shish usuli bilan tanishtirishga asos bo`lib xizmat qilishi mumkin. Shu sababli, bu usulga katta e'tibor berish kerak.
4. Sondan yig`indini ayirish qoidasining qo`llanishiga asoslangan hollari.
500-140=500-(100+40)=(500-100)-40=400-40=360