1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org
I. 270-130=270-(100+30)=(270-100)-30=170-30=140
270-130=(200+70)-(100+30)=(200-100)+(70-30)=100+40=140
II. 340-60=340-(40+20)=(340-40)-20=300-20=280
340-160=340-(100+60)=(340-100)-60=240-60=180
Qo`shish va ayirishning yozma usullari. “Ming” ichida yozma qo`shish va ayirishni o`zlashtirish-bu amallarni ko`p xonali sonlar ustida muvaffaqiyatli bajarish imkonini yaratadi. Yozma qo`shish va ayirish ketma-ket o`rganiladi. Yozma hisoblash ko`nikmalari oxirida avtomatizmga yetkazilishi nazarda tutiladi.
Yig`indini yig`indiga qo`shish qoidasi yozma qo`shish (ustun qilib qo`shish) ga nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. Shu sababli, o`quvchilarga 2 xonali qanday qo`shilganligini tushuntirib berish so`raladi:
35+42=(30+5)=(40+2)=(30+40)=(5+2)=70+7=77 tegishli mulohazalardan keyin shu misolni ustun shaklida yechiladi:
35
+ 42 birliklarni birliklarga, o`nliklarni o`nliklarga qo`shamiz.
77
Taxtacha yangi misol 435+142 misol yoziladi va uni ham avvalgiga o`xshash yechilishi tushu ntiriladi.
435+142=(400+30+5)+(100+40+2)=(400+100)+(30+40)+(5+2)=500+70+7=577.
Bu yerda yuzliklar, o`nliklar, birliklar bir-biri bilan ho`shilganligini tushuntirilib, so`ngra uni ustun shaklida yoziladi: agar qo`shiluvchilarni birining ostiga ikkinchisini, ya'ni birliklarni yuzliklar ostiga ustun qilib yozilsa, uch xonali sonlarni qo`shish oson bajariladi; ustundagi mos sonlar qo`shiladi. Yozma qo`shishda hisoblash birliklar xonasidan boshlanishiga e'tiborini qaratish kerak.
O`quvchilarga sonlarni birining ostiga ikkinchisi to`g`ri yozdirish uchun 3 xonali songa 2 xonali sonlarni qo`shishini bajarishga doir mashqlar bajarish foydali. Chunki, o`quvchilar misollarni ustun hilib yozishda xatoga yo`l qo`yishlari mumkin. Masalan: 246
+ 35
596
Bunday xatolikning oldini olish maqsadida yozma qo`shish quyidagi tartibda foydali.
1) Birliklar yig`indisi va o`nliklar yig`indisi 10 dan kichik bo`lgan hollar.
2) Birliklar yig`indisi yoki o`nliklar yig`indisi 10 ga teng bo`lgan hollar.
3) Birliklar yig`indi yoki o`nliklar yig`indisi 10 dan katta bo`lgan hollar.