3-§. Matematika darslarida o`qitishning texnik vositalari
Boshlang`ich sinflarda texnik vosita sifatida ekran qo`llanmalar keng qo`llaniladi:
1. Dinamik va 2. Statik qo`llanmalarga bo`linadi.
1. Dinamik qo`llanmalarga kinolavha, kinofilm, videotasvir kabi harakatli vositalar kiradi. Lekin davlat tomonidan boshlang`ich matematika uchun ular tayyorlanmagan.
2. Statik qo`llanmalarga diafilm, diapozitivlar, kiradi.
«O`zbekkinoxronika» studiyasi o`zbek tilida bir qator diafilm ishlab chiqargan.
Diafilm – 36-40 kadrli uzluksiz lentadan iborat bo`lib, har bir kadrga tushurilgan teksti (subtitr) berilgan va kadrlar ma'lum tartibda joylashtirilgan. Diafilmlar asosan, o`tilgan materialni mustahkamlash, takrorlash, o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi har xil mustaqil ishlarni o`tkazishda foydalanishni ko`zda tutib tuziladi.
Diapozitivlarning diafilmdan farqi shuki, diapozitivlar bir – biri bilan bog`lanmagan alohida (topshiriq, savol, masala) kadrlardan iborat. Ular mustaqil va nazorat ishi o`tkazish, so`rashni tashkil qilish imkonini beradi.
Bundan tashqarii, o`qitishning texnik vositalari Epidiaskop va kodoskoplardan keng foydalaniladi.
Epidiaskop – darslik, qo`llanmalardagi rasmlarni ko`rsatadi. Undan foydalanish uchun sinf xonasini butunlay qorong`u holatga keltirish zarur.
Kodoskop esa oyna, ryentgyen plyonkasi, syellofon, polietilyen kabi materiallarga rangi siyohlarda yozilgan tasvirlarni ko`rsatadi. Kodoskopdan foydalanish uchun bir oz qorong`ulashtirilgan yoki yorug` xonadan ham foydalanish mumkin. Tayyorlangan o`quv materiallari kodopozitivlar deb ataladi.
O`qituvchi misollar, chizmalar, uy vazifalari namunalarini kodopozitivda tayyorlab, vaqtni bekor ketishini oldin oladi.
Og`zaki hisoblash uchun mo`ljallangan topshiriqlar.
26 15
9
Nazorat uchun savollar:
1. O`qitish vositalari turlari va ularga qo`yiladigan umumiy talablarni tushuntirish.
2. Boshlang`ich sinflar matematika darsliklari, o`quv qo`llanmalari va boshqa adabiyotlar tuzilishi va ulardan foydalanish uslublarini ayting.
3. Matematikadan ko`rsatma qo`llanmalar turlarini izohlang.
4. Matematika darslarida o`qitishning qanday texnik vositalaridan qay tarzda foydalanish mumkin, ularning afzalliklari va noqulayliklari nimada?
Dostları ilə paylaş: |