7 V. BOB. Matematika o`qitish vositalarining mohiyati. O`qitish vositalarining k lassifikatsiyasi.
Reja
1-§. Boshlang`ich sinflar uchun matematikadan stabil darsliklar va o`quv qo`llanmalari
2-§. Matematikadan ko`rsatma qo`llanmalar (k.m)
3-§. Matematika darslarida o`qitishning texnik vositalari
Asosiy tayanch tushunchalar
O`qitish vositalari tasnifi va mohiyati; model, modellashtirish, ideal modellar, material-predmetlar modellari, stabil darsliklar, o`quv qo`llanma, ko`rsatma qo`llanmalar, natural ko`rsatmalar, tasviriy ko`rsatmalar, o`qitishda texnik vositalar ahamiyati, dinamik va statik qo`llanmalar.
O`qitish faoliyati – bu turli tabiatli modellar majmunidir. Adabiyotlarda model va modellashtirishning har xil ta'riflari berikdi. Model deyilganda har qanday tabiatli Obyekt tushunilib, u o`rganilayotgan ob'ektning o`rnini shunday bosmog’i lozimki, bu Obyektni o`rganish natijasida o`rganilayotgan obyekt haqida yangi informatsiyalar bersin. Modellashtirish deb esa shunday yasashlar va Obyektlar haqida yangi bilimlar olish maqsadida modellarni o`rganishga aytiladi.
Demak, o`qitish vositalarining ob'ektlar to`plami sifatida xaraktyerli xususiyati shundan iboratki, ularning har biri:
a) o`rganilayotgan tushunchani to`la tasvirlaydi yoki qisman almashtiradi.
b) o`rganilayotgan tushuncha haqida yangi informatsiyalar beradi.
O`qitish vositalarini asosan 2 sinfga bo`lishi mumkin: ideal modellar va material predmetlari modellari sinflari.
Ideal modellar: darsliklar, o`quv qo`llanmalar, didaktik materiallar, uslubiy tavsiya nomalar… -
Material – predmetlar modellari: sannoq cho`plari, predmet kartinalar, geometrik figuralar modellari, jadvallar, instrumyentlar, diafilyem, diapozitivlar.
1-§. Boshlang`ich sinflar uchun matematikadan stabil darsliklar va o`quv qo`llanmalari
Darslik – bu asosiy mazmuni jiddiy sistemada tushunarli qilib bayon qilingan kitob. Darslikning asosiy vazifasi o`quvchilarga mustaqil bilim olishlarida yordam berishdir. Darslik – o`quvchilar uchun mo`ljallangan asosiy va zaruriy o`qitish vositasidir. Matematika darsligi dasturga mos tuzilib, uning talabiga javob beradi va har qaysi masala qay darajada qaralishi kerakligi ko`rsatiladi.
Darslik tuzilishi, asosan, dastur bo`yicha aniqlanadi, darslikdagi bilimlar dasturda ajratilgan bo`limlarga asosan mos keladi. Bo`limlar esa mavzularga ajratiladi. Ishni darslik bo`yicha rejalashtirishda shuni nazarda tutish kerakki, darslikda hamma darslar sonining 3/4 qismi alohida dars ko`rinishida ishlab chiqilgan. Qolgan darslarda «Mustahkamlash uchun mashqlar» va boshqa manbalardan foydalanish kerak.
Darslik bilan ishlashni o`rgatish asosan 2 yo`nalishda olib boriladi. 1
. Tashkiliy xarakterdagi ish.
2. Darslik bilan uning mazmuni va mohiyati bo`yicha ishlash.
1. Maktabda 1- darslardanoq o`quvchilar darslik bilan ishlashga o`rganishlari lozim. Uni avaylab saqlash uning tegishli sahifasini topa olish malakalarini egallashlari kerak. Keyinroq mashqlarni nomerlash, kitob bo`limlarini ajratish, sarlovhalar bilan tanishadilar. O`quvchilar eng boshidan boshlaboq darslikka hech narsa yozmaslik kerakligi tushuntiriladi.
2. Matematika darsligida nazariy va amaliy materiallar ham beriladi. Shu sababli darslikdan darsning turli bosqichlarida foydalanish mumkin.
Dastlabki vaqtlarda darslik bo`yicha ishlashdan og`zaki tushuntirishlarni mustahkamlash uchun foydalaniladi. Masalan. 34+20 va 34+2 ko`rinishdagi hollar uchun qo`shish usullari bilan o`quvchilarni tanishtirishda illyustratsiyalardan va o`qituvchining barcha amallarni to`la yozgandan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shundan keyingina mustahkamlash sifatida rasmlarga va shunday misollar yechimlarining darslikdagi yozilishiga murojaat qilish mumkin.
O`qish malakalarining egallanish darajasiga qarab o`quvchilarni darslikda berilgan matnlarni mustaqil o`qitish kerak. Matematik adabiyotni o`qishga o`rgatishdagi 1- qadam bu masala matnini o`qishdir.
Matematika darsligida berilgan material ayrim tarbiyaviy masalalarni ham hal qiladi. M: rasmlar orqali, estyetik tarbiya, masalalarni yechish orqali iqtisodiy savodxonlik kabi tarbiyalar amalga oshadi. Darslik bilan mustaqil ishlash malakasini tarbiyalash katta ahamiyatga ega, chunki darslik mustaqil ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Matematika o`qitish jarayoning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o`quv metodik komplyeksi yaratiladi. Bu komplyeks tarkibida darslikdan tashqari o`quvchilar va o`qituvchilarga moslab yozilgan metodik qo`llanmalar, kartochkalar, bosma asosli daftarlar, mashqlar to`plamlari va boshqalar chop etiladi.
Metodik qo`llanmalarda kursning har qaysi bo`limi, uchun rejalashtirish, o`quvchilarga qo`yilgan talablar, og`zaki va yozma mashqlar uchun materiallar hamda ayrim darslarga doir metodik ko`rsatmalar beriladi.
Kartochkalar – darsliklarga qo`shimcha tariqasida nashr etiladi. Uning asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo`yicha o`quvchilar mustaqil ishlarini tashkil qilishda, dasturning asosiy materiallarini puxta o`zlashtirishda yordam beradi.
Bosma asosli matematika daftari asosan o`quvchilarning frontal mustaqil ishlarini tashkil qilishga mo`ljallangan. Bu daftar matnlarni myexanik ravishda ko`chirib yozishdan ozod qiladi va shu bilan o`quv vaqtidan yaxshi foydalanish imkonini beradi.
«Boshlang`ich ta'lim», «Xalq ta'limi», «Ma'rifat» kabi Gazeta va jurnalardan ham juda ko`p foydali bilim, maslahat va tavsiyalar olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |