1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


- §. Oz komplektli maktabda matematika darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish xususiyatlari



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə31/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

2. - §. Oz komplektli maktabda matematika darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish xususiyatlari.
Kyeltirilgan misoldan mustaqil ishlar oz komplektli maktabda har bir darsning zaruriy qismi ekanligi ayon bo`lib qoldi.
Mustaqil ish darsning asosiy qismini o`z ichiga oladi. Demak, o`quvchilarni mustaqil ish usullari bilan tanishtirish, matematik material ustida ishlash metodlari shakllanishi bilan bog`liq maqsadga muvofiq ishlarning ahamiyati kattadir.
Agar mustaqil ish maqsadi va bajarish usullari o`quvchilarga ravshan bo`lsa, ish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Shu sababli ishni bajarishga oid yo`l – yo`riqlar muhimdir. Ular qisqa, aniq bo`lishi lozim. Masalan: masala yechishga oid yo`l – yo`riq quyidagicha bo`lishi mumkin: masala shartining qisqa yozuvini bajaring va uning yechilishini amallar bilan izoqlab bering. Boshqa usullar bilan yechib, yechimni tekshiring.
Ishni mustaqil bajarishda o`quvchilarga yordam berishda kartochkalardan foydalanish kerak.
1) Sinf o`quvchilari individual topshiriqni bajarishda tayyorlaydi: a) o`quvchilar masala yechayotganda qisqa yozuvni bajaradi. b) masalani yechayotgan o`quvchi yechimni boshqa varaqqa yozadi.
Tarqatma material hosil qilishda o`quvchilar tuzgan misollardan ham foydalanish mumkin.


3 - §. Oz komplektli maktab sharoitida o`quv jarayonini ta'minlash xususiyatlari.
Oz komplektli maktablarda ham asosan umumta'lim maktablardagi kabi jihozlari qo`llaniladi.

Ammo ayrim hollarda maxsus qo`llanmalar qo`llaniladi. Masalan, bunday maktablarda sinf doskasi o`lchami kattaroq bo`lish kerak. Buning sababi, bir necha sinf bilan ishlash sharoitda doskaga topshiriqlar har bir sinf uchun alohida yoziladi.


Katakli taxtacha zarur jihozdir, chunki undan foydalanish vaqtni sarfini tyejaydi. Har xil yig`ma kartochkalar bo`lsa, ularni taxtachaga qo`yib qisqa yozuvlarni, ifodalarni, tenglamalarni tez tuziladi. Bir necha sekund ichida yangi topshiriq berilishi mumkin.
Topshiriqlar berishda magnitli doska, har xil (ma'lumotlar, instruktiv, o`rgatuvchi jadvallar) ham katta foyda beradi.
Bu maktablarda diafilm, diapoztiv, magnitofondan foydalanish qulay emas.


Nazorat uchun savollar:
1. Oz komplektli maktabda matematika o`qitishning o`ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
2. Oz komplektli maktabda matematikadan mustaqil ishlarni tashkil qilish xususiyatlarini misollar bilan tushuntiring.
3. Oz komplektli maktabda o`qitishning ijobiy va salbiy tomonlarini ayting.



Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin