Arifmetik amallarni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.
2. “O`nlik” ichida arifmetik amallarni o`rganish. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida arifmetik amallarni o`rganish hamda og`zaki va yozma hisoblash ko`nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Arifmetik amallarni o`rganishdan oldin o`quvchilar ongiga uning ma'nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu ish narsalarning har xil t o`plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o`tkaziladi. Xususan, o`quvchilarni qo`shish va ayirish amallarining ma'nosi bilan tanishtirish ikki to`plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to`plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy operatsiyalar asosida olib boriladi. Yaxshi o`zlashtirilgan qo`shish amali-ko`paytirish uchun asos bo`lib xizmat qilishi kerak. Ko`paytirishni, uning komponentalari bilan natijalari orasidagi bog`lanishlarni o`rganish o`z navbatida bo`lish amalini o`rganishga asos bo`lib xizmat qiladi.
Bunda ko`rib turibmizki, o`qitishning bir bosqichida abstrakt bo`lgan narsa, navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirishga asos bo`lib xizmat qilmoqda. Bu esa o`quvchilarning bilish faoliyatlarini, tafakkurlarini rivojlantiradi. O`quvchilarni og`zaki va yozma hisoblash usullarini ongli o`zlashtirishida arifmetik amallarning ba'zi xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Masalan: I sinfda 10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda o`quvchilar qo`shishning o`rin almashtirish xossasi bilan tanishadilar; 100 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda sonni yig`indiga qo`shish va yig`indini songa qo`shish, yig`indidan sonni ayirish va yig`indini sondan ayirish bilan tanishadilar. O`rganilgan xossa va qoidalar hisoblashni soddalashtirish imkoniyatini beradi. M: 3+7, 2+8….
Bundan tashqari dasturda arifmetik amallar orasidagi mavjud bo g`lanishlar, amal hadlari va uning natijalari orasidagi munosabatlar bilan tanishtirish nazarda tutiladi. Bu bilimlardan hisoblashlarda va amallar to`g`ri bajarilganini tekshirishda foydalaniladi. Masalan: ko`paytirish holi asosida bo`lishning tegishli hollarini hosil qilinadi: 6x4=24 dan 24:6=4 va 24:4=6 hosil bo`ladi.
Arifmetik amallarni o`rganishda og`zaki hisoblashlarning asosiy ko`nikmalari “O`nlik” va “Yuzlik” mavzusida shakllanadi. “Minglik” mavzusida esa yozma hisoblashlar ustida ish boshlanadi va davom etadi. Yozma hisoblashlar bilan birga og`zaki hisoblashlar ham takomillasha boradi, chunki og`zaki hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy element sifatida kiradi. Og`zaki hisoblash ko`nikmalariga ega bo`lish yozma hisoblashlarda ko`proq muvaffaqiyatlarga erishishni ta'minlaydi.
Ammo og`zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor:
№ Og`zaki hisoblashlar:
№ Yozma hisoblashlar:
1. Hisoblashlar yozuvlarsiz yoki yozuvlar bilan tushuntirib berilishi mumkin. Bunda yechimlarni:
a) tushuntirishlarni to`la yozish bilan berish mumkin. Masalan: 23+4=(20+3)+4=20+(3+4)=27
b) berilganlarni va natijani yozish mumkin. M: 23+4=27…
v) hisoblash natijalarini nomyerlab yozish mumkin Masalan: 1) 27 2) …
3) …
2. Hisoblashlar yuqori xona birligidan boshlab bajariladi. Masalan:
430-210=(400+30)-(200+10)=(400-00)+
(30-10)=200+20=220.
3. Oraliq natijalar xotirada saqlanadi.
4. Hisoblashlar har xil usullar bilan bajarilishi mumkin.Masalan: 26x12=26x(10+2)=26x10+26x2=260+52=312
26x12=(20+6)x12=201
2+6x12=240+72=312
5.Amallar 10 va 100, yengilroq hollarda 1000 va ko`p xonali sonlar ichida hisoblashlarning og`zaki usullaridan foydalanib bajariladi. Masalan: 54024:6=9004.
1. Hisoblashlar yozma bo`ladi. Yozma hisoblashlarda yechimni ustun qilib yoziladi. Masalan: 245
+ 352
597
2. Hisoblashlar quyi xona birliklaridan boshlanadi. (bo`lishdan boshqa) Masalan:
967
- 436
531
3. Oraliq natijalar darhol yoziladi.
4. Hisoblashlar o`rnatilgan qoidalar bo`yicha, shu bilan birga bitta yagona usul bilan bajariladi. Masalan:
245
x 13
735
- 245
3185
5.100 ichida va ko`p xonali sonlar ustida amallar hisoblashlarning yozma usullardan foydalanib bajariladi. Masalan:
384 4
- 36 96
24
- 24
0
Ba'zi misollarni og`zaki ham yozma ham hisoblash mumkin, bu holda o`quvchilar yechimlarni taqqoslab, amallar mazmunini yaxshi tushunib oladilar. Boshlang`ich sinflarda arifmetik amallarning jadval hollarini o`zlashtirishni avtomatizmga yetkazish kerak.
“O`nlik” ichida arifmetik amallarni o`rganish. Bu mavzu ustida ishlashda quyidagi asosiy maqsadlar amalga oshiriladi:
1. O`quvchilarni qo`shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtiriladi.
2. Hisoblash usullaridan o`quvchilarning ongli foydalanishlarini ta'minlash:
a) “sonni qismlari bo`yicha” qo`shish va ayirish usuli.
b) “o`rin almashtirish” xossasidan foydalanib qo`shish usuli.
v) sonlarni ayirishda (8-5), qo`shishning tegishli holini (8=5+3) bilishdan yoki yig`indi va qo`shiluvchilardan biri bo`yicha ikkinchi qo`shiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan holda yig`indi va qo`shiluvchilar orasidagi bog`lanishlarni bilganlikka asoslangan ayirish usuli.
3.10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini avtomatizmga yetkazish.
10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishni o`zaro bog`langan bir necha bosqichga bo`lish mumkin.