III. Bosqich. a+5, a+6, a+7, a+8, a+9 ko`rinishdagi hollar.
Bu hollar asosida yig`indining o`rin almashtirish xossasidan foydalanib ikki sonni qo`shish usuli yotadi. Yig`indining o`rin almashtirish xossasi bu hollarni ilgari o`rganilgan hollarga keltirishga yordam beradi. (M: 2+7, 7+2). Shu yerda o`quvchilar qo`shish va ayrish kompyutyerlari va natijasining nomlari bilan tanishtiriladi. Biz qo`shadigan sonlar qo`shiluvchilar, qo`shish natijasida hosil bo`lgan son esa yig`indi deb atalishi aytiladi. Buni eslab qolish uchun ko`plab mashqlar bajariladi.
1) 5+2 (o`qiladi, 5 plyus 2) 5 qo`shuv 2, birinchi qo`shiluvchi 5, 2- qo`shiluvchi 2, yig`indini toping. 5 va 2 sonlarning yig`indisini toping…..
Qo`shiluvchi
|
4
|
6
|
7
|
3
|
2
|
2
|
3
|
Qo`shiluvchi
|
2
|
2
|
2
|
4
|
5
|
4
|
5
|
yig`indi
|
|
|
|
|
|
|
|
ko`rinishdagi jadvalni to`ldiring.
Qo`shishning o`rin almashtirish xossasi bilan tanishtirish amaliy ish orqali bajarilsa yaxshi: Katakli taxtada o`quvchi 5 ta qizil va 2 ta ko`k doirani qo`yadi, ularni yaqinlashtiradi 5+2=7 misoli tuziladi. Shu doiralardan foydalanib 2+5=7 ni aniqlanadi. Yana bir qancha misollar turli didaktik materiallardan foydalanib bajariladi va quyidagi mis ollar juftlarni yozishadi:
4+2=6 5+3=8 2+1=3
2+4=6 3+5=8 1+2=3
O`quvchilar bu misollarning o`xshash va farqli tomonlarni aniqlashadi, hamda xulosa chiqariladi: qo`shiluvchilarning o`rnini almashtirish bilan yig`indi o`zgarmaydi. Bunga bog`liq mashqlar bajarish natijasida o`quvchilar katta songa kichik sonni qo`shish oson ekan, degan hulosaga kelishadi. Shundan keyin a+6, a+7, a+8, a+9 ko`rinishdagi misollar yechiladi. O`quvchilar taxminan bunday mulohazalar yuritishi mumkni: 6+2 ni topish uchun qo`shiluvchilarning o`rnini almashtirib 6+2 ni hisoblaymiz (bunday qo`shish oson!) 6+2=8, demak, 2+6=8.
Bu kabi misollardan keyin qaralgan qo`shish hollari sistemaga solinib ushbu jadval tuziladi.
1+5= 6= +
2+5, 1+6= 7= +
3+5, 2+6, 1+7= 8= +
4+5, 3+6, 2+7, 1+8= 9= +
5+5, 4+6, 3+7, 2+8, 1+9 10= +
Jadvalni gorizagtal bo`yicha qarash oldin bajarilishi maqsadga muvofiq. Masalan: 2+5=7, 1+6=7, 7= + so`ngra ustinlar bo`yicha qaraladi. Natijada o`quvchilar birinchi o`nlik sonlarning tarkibini yaxshi, asosli o`zlashtirib olishlari ta'minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |