IV-Bosqich. a-5, a-6, a-7, a-8, a-9 ko`rinishdagi hollar.
Bu hollarda hisoblash usullari yig`indi bilan qo`shiluvchi orasidagi bog`lanishlarni bilganlikka asoslangan va bu bog`lanish sanoq materiallari bilan amaliy ishlar bajarish, hamda grafik tasvirlar yordamida ochib beriladi. Masalan:
Shunga o`xshash bir necha mashq bajarilgandan keyin o`quvchilar xulosa chiqaradilar: agar ikki qo`shiluvchining yig`indisidan bu qo`shiluvchilarning biri ayrilsa, ikkinchi hosil bo`ladi.
Mustahkamlash uchun mashqlar:
a) berilgan qo`shishga oid misoldan ayirishga doir ikkita misol tuzing.
(5+3=8, 8-3=5, 8-5=3).
b) berilgan 3 ta sondan qo`shishga doir ikkita va ayirishga doir 2 ta misol tuzing.
(3, 6, 9)
(6+3=9, 3+6=9, 9-6=3, 9-3=6).
v) qo`shish jadvali bilan ishlash.
5, 6, 7, 8, 9 sonlarni ayirishni o`rganishda sonlar tarkibini va noma'lum qo`shiluvchini topish qoidasini takrorlash kerak.
Shu maqsadda 5+3, 6-2, 5-2, 7-5 kabi misollarni yechish taklif etiladi. Oxirgi 7-5 misolni yechishga bolalar qiynalib qolishadi, chunki ular bu kabi hisoblash usuli bilan tanish emas. O`qituvchi 7 sonini 2 qo`shiluvchining yig`indisi shaklda yozishni aytadi. 7=6+1, 7=5+2, 7=4+3. Bulardan shuni tanlaymizki bunda qo`shiluvchilardan biri berilgan ayirishga doir misolga kiradigan bo`lsin. Chunonki, 7=5+2, demak, 7-5=2 chunki 2 qo`shiluvchi yig`indisidan 7, qo`shiluvchilardan biri-5, ayirilsa ikkinchi-2 hosil bo`ladi. Bu mulohazalar tegishli Ko`rsatmalilik bilan mustahkamlanishi mumkin.
14 «Yuzlik» ichida arifmetik amallarni o`rganish.
100 ichida qo`shish va ayirish.
Reja
I. Bosqich
II. Bosqich
III. Bosqich
IV. Bosqich
Boshlang`ich sinflar uchun dastur talablariga binoan 100 ichida sonlarni qo`shish va ayirishni o`rganishda o`quvchilar hisoblash usullari bilan bir qatorda, nazariy bilimlarning ham ma'lum komplyeksini o`rganishlari kerak. O`quvchilar 1- sinfda o`rgangan amal xossalari asosida, 100 ichida qo`shish va ayirishning barcha hollari uchun hisoblash usullari kiritiladi. Xossalar va tegishli hisoblash usullarini ochib berishda avval tayyorgarlik ishini bajarish kerak. Bunda o`quvchilar sonlar yig`indisi va sonlar ayirmasi ifodalarini o`zlashtirib, qo`sh tengliklar bilan tanishadilar, ifodalarni qavslar yordamida yozishni o`rganishadi, shuningdek, 2 xonali sonlarni ularning xona qo`shiluvchilari yig`indisiga almashtirishni bilib olishadi.
10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishdayoq hisoblash usullari yozma tushintirish maqsadida ikkita tenglik ishoralari bilan yozishdan foydalanish maqsadga muvofiq. M: 5+4=5+2+2=9, 8-3=8-2-1=5, bunday yozish keyinchalik xossalarni va hisoblash usullarni asoslashning yozilishini tushunishga, tayyorlashga hizmat qiladi.34+4=(30+4)+4=30=(4+4)=38
Qavs belgisini tushuntirishda bunday ish tutiladi: “5 va 3 sonlarning yig`indisiga 2 ni qo`shing”! sonni aytilgan yig`indiga qo`shish kerakligini ko`rsatish uchun yig`indini qavslar ichiga olish kerak: (5+3)+2.
O`quvchilarni qavsli ifodalarni to`g`ri o`qish va didaktik ostida yozishga o`rgatish kerak: 10-(3+4)-10 sonidan 3 va 4 sonlar yig`indisini ayirish kerak.
Shu vaqtda o`quvchilarni ikki xonali sonlarni ularning xona qo`shiluvchilari yig`indisi bilan almashtirish o`rgatiladi: 35=30+5……
Bu materiallarni o`zlashtirib olish hisoblash usullarini ochib berishga asos bo`ladigan qoidalarni muvaffaqiyatli o`zlashtirishga zaruriy sharoit yaratadi.
Qo`shish va ayirishni o`rganish quyidagi tartibda olib boriladi.
-nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirish.
-sonni yig`indiga qo`shish va shunga mos hisoblash usullari.
-sonni yig`indisidan ayirish, yig`indini songa qo`shish va yig`indini sondan ayirish.
Nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirishni ochib berishda, bir xonali sonlarni qo`shish va ayirish takrorlanib, u shunga o`xshash bajarilishi ko`rsatiladi. Masalan: 60+20yig`indini topish uchun 6 ta o`nlikka 2 ta o`nlikni qo`shish yetarli, 60-20 ayirmani topish uchun 6 ta o`nlikdan 2 ta o`nlikni ayirish yetarli:
Ya'ni: 60+20=? 60-20=?
6 o’n +2 o’n= 8o’n. 6 o’n-2 o’n=4 o’n
60+20=80 60-20=40
Xossa (qoida) ni o`rganish quyidagicha o`rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |