Bug‘ qozonli MGD-generatorning prinsipial sxemasi; 1-yonish kamerasi; 2-issiqlik almashgich; 3-MGD-generator; 4-elektromagnit o‘rami; 5-bug‘ qozoni; 6-turbina; 7-generator; 8-kondensator; 9-nasos.
4.Energetika tizimi Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari ularni tabiiy manbalar — oʻtin, koʻmir, torf va boshqalar yoqilgʻilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (mas, shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur qildi. Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli 20-asrning 2-yarmidan boshlab asosan elektr energiyasiga ehtiyoj juda oshib ketdi. Ana shu omillar E.ni jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika taraqqayoti energiya ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbobuskunalar va texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. Energetika fani tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli va foydali energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiytexnik muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi. Energetikaning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft, tabiiy gaz, torf, oʻtin, slanets, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va quyosh energiyasi Energetika resurslari hisoblanadi. Energetika resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, slanets, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq E. resurslari tiklanmaydigan, yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi.
5. Energrtika atrof muhit Insoniyat faoliyati natijasida har yili atmosferaga (350-400)106 tonna chang chiqarib yuboriladi, tabiiy ofatlar natijasida esa bu ko‘rsatkichdan 10 barobar ko‘p chang chiqarilib yuboriladi. Atmosferaga chiqarilib yuborilayotgan chang va boshqa chiqindilar koinotimiz bo‘ylab notekis tarqalgan. SHahar joylarining changlanganligi qishloq joylariga qaraganda 9-10 marotaba yuqori. Masalan, okean ustidagi havoning changlanganligi 1 sm3 da 500 ta zarrachani tashkil etadi, shaharda esa 1 sm3 da 105 zarrachani tashkil etadi. Energetikani rivojlanishi natijasida erning yuza qismi ham ifloslanmoqda. Toshko‘mirda ishlovchi IES va qozon qurilmalari katta kultepalar hosil qilinib, 1 GVt quvvatga ega IES yiliga yuzasi 0,5 km2 va balandligi 2 metr bo‘lgan kultepa hosil qiladi. Kultepalarni kulini qurilish materiallari sifatida foydalanish hozirgi davrda eng muhim masalalaridan biri. IES ning atrof muhitga zararli ta’siri avvalo katta miqdordagi kislorodni, yoqilg‘ini yoqish uchun foydalanish va atmosferaga SO2 gazini chiqarib yuborish, shuningdek atmosfera haroratini ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari IES lar kul va zaharli gaz chiqindilari chiqaradi. IES chiqindilarida radioaktiv moddalar mavjud, masalan, radiy izotoplari. SHuning uchun IES atrofidagi radiatsion nurlanish AES atrofidagidan yuqori. IES va AES atrof-muhitga zararli ta’sirlardan yana biri, kondensatordan chiqayotgan sovutish suvni suv havzalariga tashlab yuborishda sodir bo‘ladi. Bu esa suv havzasining haroratini oshirishga va o‘z navbatida mikroklimatini o‘zgartirishga olib keladi, suvdagi tirik mavjudodlar hayotiga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Elektr stansiyasidan chiqayotgan oqava suvlarni tozalash ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun oqava suvlarni suv havzalariga tashlashdan oldin maxsus tozalash qurilmalarda yaxshilab tozalash zarur. Bu muammolarga ahamiyat bermaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, G‘arbiy Evropa mamlakatlardan oqib o‘tuvchi Dunay va Reyn daryolari suvlarining ifloslanganlik darajasi juda yuqori va bu erda yashaydigan aholi salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda. Hozirgi kunda insoniyat oldida kelajak avlodlar uchun atrof-muhitni toza holda saqlab qolish muammosi turibdi. Buning uchun organik yoqig‘ilardan foydalanib ishlab chiqariladigan energiya miqdorini kamaytirish hamda ekologik toza energiya ishlab chiqarishdan iboratdir. SHuning uchun dunyo mamlakatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib toza ekologik energiya ishlab chiqarishga qiziqish tabora oshib bormoqda