3. MGD-generator va uning ishlash prinsipi
1.Zamonaviy energetikada elektr energiyasini hosil qilish katta yo‘qotish va organik yoqilg‘ini ko‘p miqdorda ishlatishga asoslangan. Energiyadan bevosita elektr energiyasini olish energetika rivojlanishi-ning asosiy istiqbollaridan biri. Quyida biz ba’zi bir usullar bilan tanishib chiqamiz.
1.1Energetikaning fizika-texnika masalalaridan biri, issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib beruvchi magnitogidrodinamik generator (MGD-generator) yaratishdir. Issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirish yoqilg‘i manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Zamonaviy elektr energetikasi uchun Faradeyning elektromagnit induksiya qonuni kashf etilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonunga muvofiq magnit maydonda harakatlanayotgan o‘tkazgichda induksiyalangan elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi. Bu erda o‘tkazgich qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin.
MGD-generatorning ishlash sxemasi.
Ko‘rilayotgan sxemada kuchli magnit maydonda joylashtirilgan, metal plastinkalar orasidan, zarrachalari yo‘naltirilgan harakatdagi kinetik energiyasiga ega bo‘lgan ionlangan gaz oqimi o‘tkaziladi. Elektromagnit induksii qonuniga muvofiq, generator kanali ichida va tashqi zanjir elektrodlari orasida elektr toki hosil qiluvchi EYUK hosil bo‘ladi. Ionlashgan gazlar-plazmalar elektrodinamik kuchlar ostida tormozlanadi. Hosil bo‘layotgan energiya, mana shu tormozlovchi kuchlarni engib o‘tishda bajarilayotgan ish hisobiga sodir etiladi. MGD-generatorda ishlatilgan gazlar yonish kamerasiga uzatilayotgan havoni qizdirish uchun va so‘ngra issiqlik almashgichda bug‘ olish uchun ishlatiladi. MGD-generatoridan chiqayotgan gazlar harorati 2000°S, zamonaviy issiqlik almashgichlar esa 800°S haroratgacha ishlash imkoniyatini beradi MGD-generatorlarni yaratishda issiqlikka bardosh beradigan materiallarni olish asosiy muammolardan biri. Qo‘lga kiritilgan yutuqlarga qaramasdan MGD-generatorlar uchun ishlatiladigan material olish hozirgacha hal etilgani yo‘q.
Dostları ilə paylaş: |